Oddiy moddalar
Download 1.83 Mb.
|
Kimyoviy bogʻlanish haqidagi ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kovalent bogʻlanish deb atomlarning umumiy elektron juftlari vositasida bogʻlanishiga aytiladi
Kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi atomlar orasida elektronlarning taqsimlanishiga qarab kimyoviy bogʻlanishlarni 3 turga boʻlish mumkin: kovalent, ionli, metall bogʻlanish.
Kovalent bogʻlanish nisbiy elektromanfiyligi bir xil boʻlgan metallmaslar atomi oʻrtasida sodir boʻladi. Kovalent bogʻlanish deb atomlarning umumiy elektron juftlari vositasida bogʻlanishiga aytiladi. Kovalent bogʻli moddalar odatdagi sharoitda qattiq, suyuq, gazsimon tuzilishga ega. Kovalent bogʻlanishda atom elektron bulutlarining bir-birini qoplashi natijasida hosil boʻladi. Elektron orbitallar bir-birini qancha koʻp qoplasa kimyoviy bogʻlanish shuncha puxta boʻladi. Kimyoviy bogʻlanishda ishtirok etadigan elektron juftlar shu elementning valentligini ham bildiradi. H-H vodorod 1 valentli, O=O kislorod 2 valentli, N=N azot 3 valentli. Bulardagi bogʻlanish elektromanfiyligi bir xil atomlar orasidagi bogʻlanishdir. Bunda umumiy juft elektronlar har ikkala atom uchun bir xil masofada, yani simmetrik joylashgan. Elektromanfiyligi bir xil boʻlgan atomlar orasida umumiy elektron juftlari hosil boʻlishi hisobiga vujudga keladigan kimyoviy bogʻlanish qutbsiz kovalent boglanish deyiladi. Atomlar uchun umumiy boʻlgan har bir juft elektronni 1ta chiziqcha bilan almashtirib yozish mumkin. M: O=O , N=N, H-H, Kimyoviy bogʻlanishda ishtirok etayotgan juft elektronlar shu elementning valentligini ham bildiradi. H.: H – bir valentli, O :: O – 2 valentli, N :::N -3 valentli atomlar. Yuqorida koʻrib oʻtilgan H2, O2, N2 lardagi bogʻlanish elektromanfiyligi bir xil atomlar orasidagi bogʻlanishdir. Bunda umumiy juft elektronlar har ikkala atom uchun bir xil masofada, simmetrik joylashgan. Natijada hosil boʻlgan molekula qutbsiz bogʻlanishni hosil qiladi. Qutbli kovalent bogʻlanish elektromanfiyligi bir-biridan biroz farq qiladigan atomlar orasida hosil boʻlgan umumiy elektron juftlar, elektromanfiyligi kattaroq boʻlgan xlor atomi tomon siljigan boʻladi, natijada xlor atomi qisman manfiy, elektromanfiyligi kichikroq vodorod atomi esa qisman musbat zaryadlangan boʻladi. Elektromanfiyligi bir-biridan biroz farq qiladigan atomlar orasida hosil boʻlgan kimyoviy bogʻlanish qutubli kovalent bogʻlanish deyiladi. Atomlar elektron biriktirishi yoki yoʻqotishidan hosil boʻlgan zarralar ionlar deb ataladi, ular zaryadlangan zarrachalardir. Atomlar elektron berganda yoki biriktirib olganida zaryadlangan zarrachalar hosil boʻladi. Qarama-qarshi zaryadlangan zarrachalar – ionlar bir biriga tortiladi, ionlardan hosil boʻlgan birikmalar ion birikmalar deb ataladi. Ionlar orasidagi bogʻ ion bogʻ deb ataladi. Ion bogʻlanish bilan kovalent bogʻlanish oʻrtasida keskin chegara yoʻq. Ionli birikmalarga metallarning galogenlar, O2, S bilan hosil qilgan birikmalari kiradi, tuzlardagi metall ioni bilan kislota qoldigʻi orasidagi, metal ioni bilan gidroksid guruhi orasidagi bogʻlanishlar ham ion bogʻlanishli xarakterga ega. M: Ion bogʻlanishli birikmalar odatdagi sharoitda qattiq moddalardir. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling