Oddiy qirqimlar talab qilinadigan detal chizmasini bajarish
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq\'Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid topshiriq
SHTRIXOVKA CHIZIQLARI. Qirqim yoki shtrixovka chiziqlari ob‘ekt kesilgan yuzasining ko’rinarli qismida bajariladi. Qirqim chiziqlari orasidagi masofalar bir hil bo’lishi va ingichka tutash chiziq bilan bajariladi, bu chiziqlar qiyaligi detal konturiga yoki qirqimning o’q chizig’iga nisbatan 45 0 tashkil qiladi. Qirqim chiziqlarini bajarishda quyidagi qoidalarga rioya qilinishi kerak: Qirqim chiziqlari detalning kontur chiziqlari yoki simmetriya chiziqlariga nisbatan 45 0 ostida chizilishi kerak. Qirqim chiziqlari orasidagi masofa bir hil, qirqim berilayotgan ob‘ekt yuzasining kattaligidan kelib chiqib 1mm dan 3mm gacha bo’lishi mumkin. Ob‘ekt uchun tanlangan shtrixovka qoidalari orasidagi masofa va og’ish burchagi shu detal uchun bir hil qolishi kerak. Shtrixovka chiziqlari orasidagi masofa bir hil bo’lishi uchun 45 0 uchburchak shaffof chizg’ichga chizilgan yo’naltiruvchi chiziqdan foydalanish mumkin, bu chiziq chizg’ich chetidan kerakli masofada va parallel joylashishi kerak. 45 0 uchburchak chizg’ichni bir tomonini boshqa chizg’ichga gorizontal qo’yib, qirqim chizig’ini 45 0 ostida chizib, chizg’ichni siljitganda avval chizilgan chiziq chizg’ichdagi yo’naltiruvchi chiziqqa to’g’ri kelishi kerak. Shu yo’l bilan qolgan shtrixovka chiziqlari bajariladi. Qirqimda kesuvchi tekislik, kovurg’a yoki detalning yupqa qismi bo’ylab kesib o’tsa bu yupqa qismning qalinligi haqida noto’g’ri tasavvur bo’lmasligi uchun kesuvchi takeslikka tushgan bu yupqa yuza shtrixlanmaydi. Qirqim ko’rinishida qovurg’a qirqilgandek tasvirlanadi 6- rasm. Agar kesuvchi tekislik yupqa jismning katta yuzasiga perpendikulyar joylashsa, (bunda kesilgan jismning yuzasi o’zgarmasa) shtrixovka chiziqlari qirqilgan yuzada bajariladi. 6-rasm Yig’ish chizmalarida, yonma-yon joylashgan ikki detal qirqilganda, qirqim chiziqlari birinchi detal konturiga nisbatan 45 0 ostida va ikkinchi detalda unga qarama-qarshi yo’nalishda bajariladi. Agar 3-detal ham ikki detal yonida joylashsa, unda shtrix chiziqlar 45 0 ostida bajarilib, chiziqlar orasidagi masofa o’zgaradi. Odatda, qirqilgan kichik yuzaning shtrix chiziqlari orasidagi masofa kichik va katta yuzalarda bu masofa katta olinadi (7-rasm). 7-rasm Turli materiallarning shtrixjvkasi- farqlanishi uchun, qirqim chizig’ining turli standartlari mavjud 8- rasmda Hindiston standartlari tomonidan tavsiya etilgan shtrixlash turlari ko’rsatilgan. 1 1 M.B.Shah, B.C.Rana. Engineering Drawing, India by Sai Print-O-Pac Pvt.Ltd, India, 260-262 b., mazmunidan foydalanildi. 8-rasm Mavzuga oid topshiriq Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling