Oddiy qo’sh va uch bog’lar. Bog’ning yo’nalganligi energiyasi uzunligi va valent burchagi. Molekula tuzilishini tasvirlash usullari. Tuzilish izomersiyasi va uning turlari. Fazoviy izomeriya


Download 53.5 Kb.
bet1/4
Sana04.05.2023
Hajmi53.5 Kb.
#1424272
  1   2   3   4
Bog'liq
organik kimyo mustaqil ish


Oddiy qo’sh va uch bog’lar.Bog’ning yo’nalganligi energiyasi uzunligi va valent burchagi.Molekula.Molekula tuzilishini tasvirlash usullari.Tuzilish izomersiyasi va uning turlari.Fazoviy izomeriya
Molekula (lot. moles — massa, molecula — «massacha») — moddaning kimyoviy xususiyatlari saqalanadigan eng kichik zarracha. Atomlardan iborat boʻladi.
Molekula (lot. moles — massa) -muayyan moddaning barcha kimyoviy xossalarini namoyon qiladigan eng kichik zarrachasi. Bir xil (oddiy moddalarda) yoki har xil (kimyoviy birikmalarda) atomlardan tashkil topishi mumkin. Mustaqil ravishda mavjud boʻla oladi. Molekulaning xossasi uning tuzilishiga — qanday atomlardan tashkil topganiga, ularning soniga, atomlarning fazoviy joylashish tartibiga, ular oʻrtasidagi tortishish kuchining tabiatiga bogʻliq.
Hozirgi vaqtda Molekulaning tuzilishini kimyoviy usullar bilan bir katorda mukammal fizik asboblar vositasida anik, bilish mumkin. Molekulalarning tuzilishi bilan ularning xossalari oʻrtasidagi bogʻlanishni bilish moʻljallangan xossaga ega boʻlgan moddalar olish yoʻllarini ancha osonlashtiradi. Molekulada atomlarning soni ikkitadan (mas, vodorod molekulasi N2, azot (P)-oksid N0) tortib bir necha mingga (mas, oqsillarda, polimerlarda) yetishi mumkin. Molekula toʻgʻrisidagi tushunchani 17-asrda ilk bor L. Gassendi aytgan, 18-asrda Molekula V. Lomonosov Molekula ("korpuskula") tushunchasini taʼrifladi. 1811-yildaA. Avogadro Molekulaning atomdan farqini, moddalarning kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi eng kichik boʻlagi ekanligini qayd qildi. Molekula tushunchasi 1860-yilda koʻpchilik olimlar tomonidan uzil-kesil eʼtirof etildi. Molekulaning mavjudligi turli hodisalar — diffuziya, Broun harakati, rentgen nurlarini difraksiyalash singari qator hodisalarda bilvosita tasdiklandi.
Kvant mexanikasi nazariyasi yordamida Molekulaning tuzilishini chuqur oʻrganish mumkin boʻldi. Molekula ilgarilama va aylanma harakatda boʻlishi bilan bir qatorda, uning tarkibiy qismlari ham turlicha harakat qiladi. Molekulani tashkil etgan atomlarning yadrosi tebranma harakatda boʻladi va yadro bu harakatida oʻzi bilan tortishib turgan elektron qatlamlarini ergashtiradi. Elek-tronlar yadroga ergashishdan tashqari, mustaqil harakatlana oladi. Bu harakatlarning hammasi kvant mexanikasi qonuniga boʻysungan holda roʻy beradi va Molekula bir necha xil kvant holatda boʻlib, potensial energiyaga ega. Molekulaning potensial energiyasi, asosan, atomlar yadrolari urtasidagi masofaga bogʻliq.
Atomning sath energiyasi birgina harakatga — elektronning atom yadrosiga nisbatan qarakatiga bogʻliq. Shunga koʻra, uning spektri ayrim chiziqlardan iborat (chiziqli spektr beradi). Molekuladagi ichki harakat bir necha xil boʻlib, anchagina murakkab. Shunga koʻra, uning spektri ham murakkabdir. Elek-tronlarning Molekulani tashkil qilgan atomlar yadrosiga nisbatan harakati bilan bir qatorda, yuqorida aytilgandek, atom yadrolari tebranma va aylanma harakatda boʻladi. Shunga qarab, Molekulaning spektri — elektron, tebranma va aylanma spektriga boʻlinadi. Shu harakatlarda sodir boʻladigan energiya oʻzgarishlari natijasida yoʻl-yoʻl spektr olinadi. Molekula spektri ultrabinafsha, koʻzga koʻrinadigan va infraqizil sohalarda koʻriladi. Molekulaning spektrlarini tekshirib, uning kanday elementlardan tashkil topgani, atomlar orasidagi bogʻlarning tabiati va mustahkamligi haqida mulohaza yuritish mumkin


Kauchukni vulkanlash.Oddiy uglevodorodlarlarning poligalogenli hosilalari.Poligalogenli birikmalrni olish usullari
Kauchuklar — elastik materiallar bo£lib, ulardan vulkanlash (oltingugurt bilan birga qizdirish) yo‘li bilan rezina olinadi. Kauchuklardan samolyot, avtomobil vavelosipedlarning g£ildiraklari uchun pokrishka va kameralar tayyorlanadi. Ular elektr izolatsiyasi uchun, sanoat mahsulotlari va tibbiyot asboblari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Tabiiy kauchuk kimyoviy tarkibiga ko£ra yuqori molekular to£yinmagan uglevodorod bo£lib, tarkibi (С5Н 8)л, bunda n 1000 dan 3000 gacha bo£ladi. Tabiiy kauchuk — izoprenning polimeri:
« с н 2 = c — c h = c h 2 —> (~ с н 2 - с = с н - с н 2- ) я CH3 CH3 izopren tabiiy kauchuk (poliizopren)
U kauchukli o £simliklarning, asosan geveyaning (Braziliya) shirasidan olinadi.
Braziliya — kauchukning vatani. Sanoat miqyosida sintetik kauchuk dastlab 1932- yilda S.V.Lebedev usuli bilan olingan. U divinilni polimerlab olinadi. Katalizator (natriy metali) ishtirokida boradigan polimerlanish jarayonini ushbu sxema bilan ifodalash mumkin:
лСН2 = CH - CH = CH2 -> (-C H 2 - CH = CH - CH2- ) tt butadiyen-1 ,3 sintetik kauchuk (polibutadiyen)
Lebedev usuli bo£yicha sintetik kauchuk olish uchun xom ashy о sifatida etil spirt ishlatiladi. Endilikda butanni katalitik degidrogenlash yo£li bilan butadiyen olish usuli ishlab chiqilgan.
Lekin butadiyen kauchuk elastikligi va yedirilishga chidamliligi jihatidan tabiiy kauchukdan keyin turadi. Hozirgi vaqtda strukturasi tabiiy kauchuknikiga o£xshash stereoregular tuzilg a n (unda metil gruppalar qat’iy muayyan tartibda joylashgan bo‘ladi) izopren kauchuk ishlab chiqarish yo‘lga qo£yilgan. Stereoregular tuzilishli butadiyen kauchuk ham olingan, u divinil kauchuk deyiladi. Stereoregular tuzilgan izopren va divinil kauchuklar xossalari jihatidan tabiiy kauchukka yaqin turadi, divinil kauchuk esa yedirilishga chidamliligi jihatidan hatto tabiiy kauchukdan ustun turadi.
Tabiiy va sintetik kauchuklarning sifatini yaxshilash uchun ular rezinaga aylantiriladi. Rezina — bu vulkanlangan kauchuk. Vulkanlashning mohiyati shundan iboratki, kauchukning chiziqsimon (ipsimon) molekulalariga qo‘shbog‘lar bor joyda oltingugurt atomlari birikadi va bu molekulalarni go‘yo bir-biriga tikadi. Vulkanlash natijasida yopishqoq va bo‘sh kauchuk elastik rezinaga aylanadi. Rezina kauchukdan puxta va temperatura o‘zgarishlariga chidamliroq bo‘ladi.
uglevodorodlarning gomologik qatori, umumiy formulasi CnH2n+2. Atsiklik birjmalar sinfiga mansub; eng oddiy vakili — metan CN4; bu qatordagi har qaysi keyingi aʼzo oʻzidan oldingi uglevoroddan CN2 guruh (gomolog) bilan farklanadi. Katorning boshlangʻich 4 aʼzosining nomi — metan CN4, etan C2N6, propan C3N8, butan C4N10; keyingi gomologlarning nomi yunoncha sanoq sonlar bilan ifodalanadi, mas., C5N]2— pentan, CgH]8— oktan, C|()N22—dekan, C16N34— setan. Barcha Toʻyingan uglevodorodlar ning nomiga „an“ qoʻshimchasi qoʻshib aytiladi. Toʻyingan uglevodorodlarning molekulalaridagi uglerod atomlari bir-biriga oddiy bogʻ bilan bogʻlangan
Oddiy va murakkab efirlar.Propargil spirit.Vinil spirit va uning hosilalari Vinilatsetat va uning asosidagi polimerlar.Skilik oddiy efirlar Tetragidrofuran 1.4-dioksan. Vinil efirlari.Olinishi .Vinil efirlari.Olinishi.Vinil efirlariining gidrolizi va polimerlanishi.
Kimyoda efir oksokislotadan olingan birikma boʻlib, unda kamida bitta gidroksil guruhi (−OH) yoki alkoksi guruhi bilan almashtiriladi (−O−), karbosiklik kislota va spirtni almashtirish reaksiyasida boʻlgani kabi, Glitseridlar - glitserinning yog' kislota eferlari bo'lib, ular biologiyada muhim ahamiyatga ega. Lipidlarning asosiy sinfiga hayvonlarning yogʻlari va o'simlik moylariningasosiy qismi hisoblanadi.
Eferlar odatda yoqimli hidga ega, past molekulyar ogʻirlikdagilari odatda xushboʻy moddalar sifatida ishlatiladi va efir moylariferomonlarda mavjud. Ular keng koʻlamli plastmassalar, plastifikatorlar, qatronlar va laklar uchun yuqori sifatli erituvchilarsifatida ishlaydi[1]. Tijorat bozorida sintetik moylash materiallarining eng katta sinflaridan biri hisoblanadi[2]. Polyeferlar muhimplastik boʻlib, monomerlarni efer qismlari bilan bogʻlangan. Fosfoeferlar DNK molekulalarining asosini tashkil qiladi. Nitrogliserinkabi nitrat eferlari portlovchi xususiyatlari bilan mashhur.
Efer soʻzini 1848-yilda nemis kimyogari Leopold Gmelin tomonidan kiritilgan[3], nemischa-Essigather soʻzini qisqarishi sifatida „sirka efirini“ ishlab chiqqan.
Eferlarning nomlari spirt va asosiy kislotadan olingan boʻlib, ikkinchisi organik yoki noorganik boʻlishi mumkin. Eng oddiy karboksilik kislotalardan olingan efirlar odatda anʼanaviy „ arzimas nomlar“ boʻyicha nomlanadi. Masalan format, atsetat, propionat va butirat, IUPAC nomenklaturasi metanoat, etanoat, propanoat va butanoatdan farqli oʻlaroq. Boshqa tomondan, murakkabroq karboksilik kislotalardan olingan eferlar, aksincha, kislota nomidan keyin qoʻshilgan IUPAC nomidan foydalangan holda koʻproq nomlanadi. Masalan, geksil kaprilat nomi bilan ham tanilgan efer oktanoat formulasi quyidagichaCH3 (CH2)6CO2 (CH2)5CH3.

Alkogoldan olingan (koʻk)karboksilik kislotada. Asil guruhidan (sariq) olingan etil asetat.
Organik eferlarning kimyoviy formulasi odatda RCO2R’ shaklni oladi, bu yerda R va R' mos ravishda karbosilik kislota va spirtning uglevodorod qismlari. Masalan, butanol va sirka kislotasidan (sistematik ravishda etanoik kislota) olingan butil asetat (tizimli butil etanoat) CH3CO2C4H9. Muqobil taqdimotlarda keng tarqalganiCH3COOC4H9.
Siklik efirlar organik yoki noorganik kislotadan olinganligidan qatʼi nazar, laktonlar deb ataladi. Organik laktonga misollardan biri γ-valerolaktondir

Diazonlarbirikmalri.Olinishi.diazogruppa tuzilishi. Diazometan.Diazoalkanlar azot ajralishi bilan boruvchi reaksiyalari.AROMATIK Diazobirikmlar.Xossalari Diazobirikmlarning reaktsion qobilyati


DIAZOBIRIKMALAR – diazoguruhli organik moddalar. Faqat bir organik radikal bilan bog’langan ikki atom azot diazoguruh deb ataladi. “Diazobirikmalar” termini turli birikmalar turkumiga taallukli. Diazobirikmalar alifatik va aromatik Diazobirikmalarga bo’linadi. Alifatik Diazobirikmalar qizdirilganda, ultrabinafsha nurlar va kislotalar ta’sir ettirilganda parchalanadi, shuningdek, katalizator (mis va uning tuzlari) ishtirokida karbenlar hosil qiladi. Diazometan va diazosirka efiri alifatik Diazobirikmalarga misol bo’la oladi. Aromatik Diazobirikmalar beqaror, quruq, portlovchi, reaktsiyaga kirishuvchan modda, ishqorlar ta’sirida diazotatlar hosil qiladi. Aromatik Diazobirikmalar azo-bo’yoqlar olishda, diazotipiyada ishlatiladi. Alifatik Diazobirikmalar — alkillovchi moddalardir.

Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling