Diazometan, CH,N2 — oddiy alifatik diazobirikma. Juda zaharli, qoʻlansa hidli, sariq rangli, tez portlaydigan gaz. Mol. m. 42,043. Suyuqlanish temperaturasi — 145°, qaynash temperaturasi —23°. Alyuminiy xlorid yoki bor ftorid ishtirokida aldegidlar bilan reaksiyaga kirishib metilketonlar hosil qiladi; ketonlar bilan oʻzaro taʼsiri na-tijasida zanjirning uzayishi yoki halqaning kengayishi sodir boʻladi. D.ni ilk bor 1894-yilda nemis olimi X. Pexman N nitrozometiluretanga ishqor taʼsir ettirib olgan. Karbon kislotalar va b. organik birikmalarni sintez qilishda, shuningdek, metillovchi modda sifatida qoʻllaniladi.
Diazobirikmalar - diazoguruhli organik moddalar. Faqat bir organik radikal bilan boglangan ikki atom azot diazoguruh deb ataladi. "D." termini turli birikmalar turkumiga taallukli. D. alifatik va aromatik D.ga boʻlinadi. Alifatik D. qizdirilganda, ultrabinafsha nurlar va kislotalar taʼsir ettirilganda parchalanadi, shuningdek, katalizator (mis va uning tuzlari) ishtirokida karbenlar hosil qiladi. Diazometan va diazosirka efiri alifatik D.ga mi-sol boʻla oladi. Aromatik D. beqaror, quruq, portlovchi, reaksiyaga kirishuvchan modda, ishqorlar taʼsirida diazotatlar hosil qiladi. Aromatik D. azo-boʻyoqlar olishda, diazotipiyada ishlatiladi. Alifatik D. — alkillovchi moddalardir.
Nitro amino va sulfobirikmalar.trotil aniline salitsil kislotasi Glikol Sut olma vino va limon kislotalari.Monosaxaridlarning fazoviy izomeriyalari
Salitsil kislota, o oksibenzoy kislota, o karboksifenol, C₇H₆O₃ — oddiy aromatik oksikislota, rangsiz kristall modda. Mol. m. 138,12. Suyuqlanish temperaturasi 159°, qaynash temperaturasi 211°, Suvda oz, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Tabiatda glikozid sifatida keng tarqalgan. Salitsil kislotani spirtlar (fenollar) bilan qizdirib, Salitsil kislota efirlari olinadi. Anilin bilan reaksiyaga kirishganda salitsilanilid hosil boʻladi. Salitsil kislota sanoatda fenolni karboksillab sintez qilinadi. Antiseptik xossaga ega boʻlganligi uchun tibbiyotda va oziq-ovqat, mevalarni konservalashda koʻplab ishlatiladi. Analitik kimyoda ham qoʻllanadi. Salitsil kislotaning metil, izoamil, benzil, fenil kabi efirlari muhim ahamiyatga ega.
Tibbiyotda antiseptik, ogʻriqni qoldiruvchi vosita sifatida, sepma (2— 5%), surtma (1 — 10%), pasta va spirtdagi eritma (1 va 2%) holida ishlatiladi. Salitsil kislota va sirka kislotaning murakkab efiri — aspirin.
Anilin (aminobenzol, fenilamin) - aromatik aminlar sinfining asoschisi bo'lgan C6H5NH2 formulali organik birikma. Bu rangsiz yog'li suyuqlik, o'ziga xos hidli, suvdan bir oz zichroq va unda yomon eriydi, organik erituvchilarda eriydi. Havoda u tezda oksidlanadi va qizil-jigarrang rangga ega bo'ladi. Juda zaharli. "Anilin" nomi indigo o'z ichiga olgan o'simliklardan biri - Indigofera anil (o'simlikning zamonaviy xalqaro nomi - Indigofera suffruticosa) nomidan kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |