Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Download 221.84 Kb.
|
kurs ishi dasturlash
(321-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang. 33. O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan bitimlar va ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish shartnomalari quyidagi hollarda notarial tasdiqlanadi, agar sotib oluvchi tomon: (33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son) Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan bo‘lsa; Oldingi tahrirga qarang. Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan) va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olishishi huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalarining ro‘yxatining (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) 2, 3, 6 va 7-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblansa va ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining (keyingi o‘rinlarda — M va FRB) doimiy ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa. Bunda, notarius: (33-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son) Oldingi tahrirga qarang. Ro‘yxatning 2 va 3-bandlari asosida doimiy ro‘yxatga olingan shaxsning doimiy ro‘yxatga olinganligiga uning qayd varag‘i orqali uch yil to‘lganligini; (33-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son) Ro‘yxatning 6-bandi asosida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan shaxs tomonidan kamida uch yil lavozimda bo‘lganligi munosabati bilan ko‘chmas mulk sotib olinayotgan bo‘lsa, ushbu shaxsning Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil lavozimda bo‘lganligini tekshiradi. Download 221.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling