Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Download 221.84 Kb.
|
kurs ishi dasturlash
Oldingi tahrirga qarang.
34. O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan Toshkent viloyatida joylashgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan bitimlar va ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish shartnomalari quyidagi hollarda notarial tasdiqlanadi, agar sotib oluvchi tomon: (34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son) Oldingi tahrirga qarang. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan bo‘lsa; (34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son) Oldingi tahrirga qarang. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan) va Ro‘yxatning 2, 3, 6 va 7-bandlariga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblansa va MvaFRBning doimiy ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa. Bunda, notarius: (34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son) Oldingi tahrirga qarang. Ro‘yxatning 2 va 3-bandlari asosida doimiy ro‘yxatga olingan shaxsning doimiy ro‘yxatga olinganligiga uning qayd varag‘i orqali uch yil to‘lganligini; (34-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son) Ro‘yxatning 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaxs tomonidan kamida uch yil lavozimda bo‘lganligi munosabati bilan ko‘chmas mulk sotib olinayotgan bo‘lsa, ushbu shaxsning Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil lavozimda bo‘lganligini tekshiradi. Oldingi tahrirga qarang. 35. O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan ko‘chmas mulkni sotib olish bitimlarini notarial tasdiqlash ushbu shaxslar tomonidan yangi qurilgan narxi shartnoma tuzilgan sanadagi bazaviy hisoblash miqdorining 3 300 baravaridan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda amalga oshiriladi. (35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son) Download 221.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling