Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
-bob. Bitimni o‘zgartirish va bekor qilish tartibi
Download 221.84 Kb.
|
kurs ishi dasturlash
12-bob. Bitimni o‘zgartirish va bekor qilish tartibi
59. Bitimdagi qo‘shimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (bitim ishtirokchilarining) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, o‘chirilgan barcha so‘zlarni va raqamlarni boshlang‘ich matnda o‘qish imkoni bo‘lishi lozim. 60. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda) o‘chirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qo‘yilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Reglamentning 59-bandi asosida izohlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni bo‘lgan shtamplar ishlatilishi mumkin. Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sig‘magan taqdirda, u hujjatga biriktirib qo‘yilgan alohida qog‘oz varag‘ida davom ettirilishi yoki to‘la bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi. 61. Notarial tasdiqlangan bitimni o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish asosiy bitimga qo‘shimcha kelishuv tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 62. Notarial tasdiqlangan bitimni bekor qilish uchun alohida kelishuv tuziladi. Agar bitimda bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaxs bo‘lsa, bitimni bekor qilish vaqtida yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab bitimni bekor qilish haqidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrug‘i va h.k.) olinadi. Bitimning barcha nusxalariga bitim bekor qilinganligi haqida yozib qo‘yiladi, unga notariusning imzosi va muhri qo‘yiladi hamda Tizimga bu haqida ma’lumot kiritiladi. Bitimning taraflarga berilgan nusxalarini taqdim etish imkoni bo‘lmagan (yo‘qolgan yoki boshqa) hollarda bu haqida ariza olinadi. Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bitimni bekor qilishda bitim predmeti ko‘chmas mulk bo‘lib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, Tizim orqali yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organning bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi ma’lumotnomasi olinadi hamda ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi tekshiriladi. Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bitimni bekor qilishda, agar mulk er-xotinning birgalikdagi mulki bo‘lsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) bitimni bekor qilishga rozi ekanligi to‘g‘risidagi notarius, Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizasini talab qiladi. Notarius bitimni haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimini olgan taqdirda, bu haqda bitimning notarial idora yig‘majildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, o‘z imzosi va muhrini qo‘yadi va Tizimga ma’lumot kiritadi. Bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganda yoki taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinganda notarial idorada saqlanayotgan bitim predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasini qoldirib, asl nusxasini mulkdorga yoki uning merosxo‘rlariga yoxud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan bitimning kseronusxasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaxs imzo qo‘yadi. Bitimning asl nusxasi merosxo‘rlarga berilgan taqdirda, ularning merosxo‘r ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusxalari notarial idorada qoldiriladi. Bitim bekor qilingan vaqtda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar qaytarilmaydi. 63. Notarius yo‘l qo‘ygan xatosi natijasida o‘zi rasmiylashtirgan bitimning noto‘g‘riligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu bitimni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini ko‘rish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi to‘g‘risida tegishli hududiy adliya organlarini xabardor qiladi. Download 221.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling