Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
-bob. Bitimni videokonferensaloqa rejimida tasdiqlash tartibi
Download 221.84 Kb.
|
kurs ishi dasturlash
11-bob. Bitimni videokonferensaloqa rejimida tasdiqlash tartibi
44. Taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib videokonferensaloqa rejimida bitimni notarial tasdiqlashi mumkin va bunday bitim ularning birgalikdagi ishtirokisiz amalga oshirilayotgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida taraflar notariuslar huzurida bo‘lishi shart. Mazkur tartib asosida barcha turdagi bitimlarni tasdiqlash mumkin. Bu kabi bitimlarni tasdiqlashda tegishliligiga qarab bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalari qo‘llaniladi. Bitimni notarial tasdiqlash taraflarning tegishli notariusga beriladigan arizasiga asosan amalga oshiriladi va ariza notarial tartibda shahodatlantirilmaydi. Bunda bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: bitimning birinchi tarafi tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, shaxsini tasdiqlovchi (bitimning ikkinchi tarafining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi) va boshqa hujjatlarning qonuniyligini o‘rganib chiqadi; videokonferensaloqa orqali bitimni tasdiqlashda tegishli bitim kartochkasini yaratadi va ma’lumotlarni Tizimga kiritadi; bitimning birinchi tarafi bilan o‘zaro muloqotda notarius tomonidan qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar o‘rtasida hisob-kitob bo‘lganligini aniqlaydi hamda hujjat matni bilan taraflar to‘liq tanishib, notarius tomonidan ovoz chiqarib o‘qib berilgan holda bitimning birinchi tarafi tomonidan imzolanadi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda to‘liq qayd etadi; taraflar hamda ularning o‘zaro kelishilgan boshqa shartlari haqidagi ma’lumotlar asosida bitim loyihasini elektron shaklda tuzadi; Tizimda joylashtirilgan bitim loyihasini chop etadi va bitimning tegishli qismiga bitimning birinchi tarafiga imzo qo‘ydiradi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda to‘liq qayd etadi va bitim bilan birga saqlaydi. Bitimda tasdiqlovchi yozuv ko‘rsatilishi lozim. Misol: Men Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Tinchlik ko‘chasi, 1-uyda joylashgan, Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V., fuqaro B.A.G.ning mening huzurimda qo‘ygan imzosini haqiqiyligini shahodatlayman. Sotuvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, ya’ni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tug‘ilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas. Oldingi tahrirga qarang. Shartnoma sotuvchining xohish-irodasi va amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida videokonferensaloqa orqali masofadan turib rasmiylashtirilayotganligini tasdiqlayman. Avtomototransport vositasi sotuvchiga tegishliligi tekshirildi, bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali to‘liq qayd etildi. (44-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Sotuvchi fuqaro B.A.G. tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasida saqlanadi. Ushbu hujjat, avtomototransport vositasi oldi-sotdi shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, mazkur shartnoma Toshkent shahar, M. Ulug‘bek tumani, Baraka ko‘chasida joylashgan, M. Ulug‘bek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. tomonidan videokonferensaloqa orqali tasdiqlangan. Notarius bitimni imzolab, muhr bilan tasdiqlaydi va mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlarni skaner qilib Tizimga joylashtiradi. Bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: Tizimga joylashtirilgan bitim bilan bog‘liq hujjatlarni yuklab oladi va chop etadi; Tizim orqali bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius bilan videokonferensaloqa orqali videomuloqot o‘rnatadi, bunda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi taraflar tasvirga to‘liq tushirilishi shart. Shuningdek, notarius bitimning ikkinchi tarafiga qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar o‘rtasida hisob-kitob bo‘lganligini aniqlaydi hamda hujjat matnini sotib oluvchiga to‘liq tanishtirib, ovoz chiqarib o‘qib beradi. Bitimning ikkinchi tarafi tomonidan bitim imzolangandan so‘ng, uning barmoq izlarini skaner qilish jarayoni videokonferensaloqa orqali Tizimda to‘liq qayd etiladi. Bitimda tasdiqlovchi yozuv ko‘rsatilishi lozim. Misol: Ushbu shartnomani, men Toshkent shahar, M. Ulug‘bek tumani, Baraka ko‘chasida joylashgan, M. Ulug‘bek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. taraflarning xohish-irodasi va amaldagi qonunlarga asosan sotuvchi — B.A.G. Nurafshon shahar 1-son DNIda bo‘lgan holda videokonferensaloqa orqali masofadan turib tasdiqladim. Bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali to‘liq qayd etildi. Sotuvchi B.A.G.ning shaxsi Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V. tomonidan aniqlandi va sotib oluvchi A.A.V.ning shaxsi men, M. Ulug‘bek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. aniqladim. Sotib oluvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, ya’ni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tug‘ilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas. Elektron shaklda berilgan hujjat qog‘ozda berilgan hujjat bilan teng yuridik kuchga ega. Taraflar tomonidan imzolangan hujjatlar bitta yig‘majild shakliga keltiriladi, bunda maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi va tegishli yozuv kiritiladi. Yaxlit holga keltirilgan bitim bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius tomonidan skaner qilinib Tizimda shu reyestr raqam qayd qilingan kartochkaga joylashtiriladi. Bitim ikki nusxada tuziladi, bir nusxasi bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarial idorada saqlanadi va ikkinchi nusxasi bitimning ikkinchi tarafiga beriladi. Bitimning ikkinchi tarafiga uning so‘roviga ko‘ra bitimning nusxasi o‘zi murojaat qilgan notarius tomonidan chop etib berilishi mumkin. 45. O‘zbekiston Respublikasi hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatni amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ushbu hujjatning asl nusxasi taqdim etilmasdan, uning o‘rniga notarial harakatning noyob raqami bilan murojaat qilinganda notarius tomonidan ushbu hujjatlar Tizim orqali noyob raqam yoki murojaat qiluvchining JSh ShIR orqali tekshiriladi va shu asosda notarial harakat amalga oshiriladi. Hujjat va uning noyob raqami shubha tug‘dirgan taqdirda notarius ushbu hujjatni tasdiqlagan notariusga yoki idoraviy notarial arxivga murojaat qilish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritishi mumkin. Mazkur bandning qoidalari 2020-yil 1-yanvardan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi. Download 221.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling