Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
-bob. Bitim loyihasini tayyorlash tartibi
Download 221.84 Kb.
|
kurs ishi dasturlash
7-bob. Bitim loyihasini tayyorlash tartibi
30. Mazkur Reglamentning 5 — 29-bandlarida keltirilgan tegishli hujjatlar talab qilib olingan va ma’lumotlar tekshirilganidan so‘ng notarius, notarius yordamchisi, stajori yoki kotibi tomonidan bitim loyihasi tayyorlanadi. Oldingi tahrirga qarang. Bitim loyihasi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan mustaqil tayyorlangan va notariusga taqdim etilgan hollarda esa — notarius bitim loyihasining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi. (30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan bitimning loyihalari yoki notarial idorada tuziladigan bitimning loyihalari qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim. (30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Bitim loyihasi notarial idorada tayyorlangan hollarda taraflarning xohishiga qarab bitim matni o‘zgartirilishi yoki unga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. 31. Bitim matnida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi); bitim imzolangan sana so‘zlar bilan qayd qilinishi; bitim tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan eri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi; taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi bo‘lsa, uning fuqaroligi; bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning to‘liq nomi, joylashgan eri (pochta manzili), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — STIR), davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning nomi; avtomototransport vositasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili, ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi, agregat raqamlari, quvvati (ot kuchi); transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi; avtomototransport vositasining taraflar tomonidan kelishilgan bahosi; taraflar o‘rtasida hisob-kitob amalga oshirilgani yoki amalga oshirish muddati kechiktirilganligi; avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlamaganligi va xatlanmaganligi haqidagi ma’lumotlar; bitim necha nusxada tuzilganligi haqidagi ma’lumotlar; bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi, bitim matni bilan taraflar to‘liq tanishganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi; Oldingi tahrirga qarang. avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari va boshqa turdagi bitim notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab o‘n kun mobaynida DYHXX organlarida ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerakligi. Bunda, shartnoma matnining yakuniy qismida va tasdiqlovchi yozuvda “Ushbu shartnoma IIVning tegishli DYHXX organlarida o‘n kun ichida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Mazkur talabni bajarmaslik qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi” deb yozib qo‘yiladi. (31-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. Taraflarning ixtiyoriga ko‘ra bitimda qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ham ko‘rsatilishi mumkin. (31-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Bitimning tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi ko‘rsatilishi lozim. 32. Bitim Tizimga kiritiladi hamda har bir bitim alohida tartib raqami bilan ro‘yxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatiladi. Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi. Oldingi tahrirga qarang. 33. Bitimni rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSh ShIR) kiritilishi shart: O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan fuqarolari; O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; JSh ShIR mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha (doimiy) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; JSh ShIR mavjud bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar. 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarda JSh ShIR mavjud bo‘lmaganda Tizimga ularning tug‘ilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi. Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart. (33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son) Download 221.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling