Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]


-bob. Bitimni tasdiqlashni rad qilish tartibi


Download 221.84 Kb.
bet32/70
Sana28.03.2023
Hajmi221.84 Kb.
#1304875
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70
Bog'liq
kurs ishi dasturlash

13-bob. Bitimni tasdiqlashni rad qilish tartibi
51. Qonunning 38-moddasiga asosan notarius quyidagi hollarda bitimni tasdiqlashni rad etadi, agar:
bunday bitimni amalga oshirish qonunga zid bo‘lsa;
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil bitimni tasdiqlashni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa;
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa;
bitim qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
bitimni tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa.
(51-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Shuningdek, bitimni tasdiqlash uchun to‘lovni to‘lamaslik bitimni tasdiqlashni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Bitimni tasdiqlash rad etilgan taqdirda bitimni tasdiqlashni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Notarius bitimni tasdiqlash to‘g‘risidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
52. Notarius bitimni tasdiqlashni rad etganda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar qaytariladi.

Download 221.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling