Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
-bob. Shartnoma loyihasini tayyorlash tartibi
Download 221.84 Kb.
|
kurs ishi dasturlash
7-bob. Shartnoma loyihasini tayyorlash tartibi
25. Mazkur Reglamentning 5 — 24-bandlarida keltirilgan tegishli hujjatlar talab qilib olingan va ma’lumotlar tekshirilganidan so‘ng notarius, notarius yordamchisi, stajori yoki kotibi tomonidan shartnoma loyihasi tayyorlanadi. Oldingi tahrirga qarang. Shartnoma loyihasi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan mustaqil tayyorlangan va notariusga taqdim etilgan hollarda esa notarius shartnoma loyihasining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi. (25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan shartnomaning loyihasi yoki notarial idorada tuziladigan shartnomaning loyihasi qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim. (25-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 26. Shartnoma matni aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi lozim, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo‘lmaganda bir marta so‘z bilan, hujjatning matnida baholar ko‘rsatilsa, raqam hamda so‘z bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) ko‘rsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisob raqam va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — STIR) ko‘rsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan (propiska qilingan) manzili to‘liq ko‘rsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan bo‘lsa, ularning fuqaroligi ham ko‘rsatib o‘tilishi kerak. Bunda shartnomaning mazmuni Tizimga aniq va to‘liq kiritilishi hamda taraflarga tushuntirilishi lozim. 27. Shartnomada quyidagilar ko‘rsatiladi: u qanday shartnoma ekanligi (shartnomaning nomi); shartnoma tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan eri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi; garovga (ipotekaga) oluvchi bilan garovga (ipotekaga) qo‘yuvchi haqidagi to‘liq ma’lumot, jumladan, taraflar yoki ularning vakillarining familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili (ishonchnoma berilgan sana, uning raqami, kim tomonidan berilganligi va tasdiqlanganligi) hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar; turgan joyi va identifikatsiya qilish uchun yetarlicha tavsifi ko‘rsatilgan holda ipoteka narsasi, uning bahosi, mohiyati, miqdori, ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyatni bajarish muddati va ipotekaga qo‘yilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida turganligi; garov (ipoteka) narsasi bo‘lgan mol-mulk garovga (ipotekaga) qo‘yuvchiga qaysi huquqqa ko‘ra tegishli ekanligi va garovga (ipotekaga) qo‘yuvchining bu huquqini ro‘yxatdan o‘tkazgan yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organ nomi; agar garov (ipoteka) narsasi garovga (ipotekaga) qo‘yuvchiga ijara huquqi asosida tegishli bo‘lsa, ijara muddati; garov (ipoteka) narsasining baholanganligi haqidagi ma’lumot; garov (ipoteka) bilan ta’minlanadigan majburiyat, uning summasi, vujudga kelish asoslari va bajarilish muddati. Bu majburiyat biron-bir boshqa shartnomaga asoslangan hollarda esa, mazkur shartnomaning taraflari, tuzilgan sanasi va joyi; agar garov (ipoteka) bilan ta’minlanadigan majburiyat summasi kelgusida aniqlanishi lozim bo‘lsa, garov (ipoteka) bilan ta’minlanadigan majburiyat summasini aniqlash tartibi va boshqa zarur shartlar; agar garov (ipoteka) bilan ta’minlanadigan majburiyat qismlarga bo‘lib bajarilishi lozim bo‘lsa, tegishli to‘lovlarning muddatlari (davriyligi) va ularning miqdorlari yoki bu miqdorlarni aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar; majburiyat ko‘rsatilgan muddatda bajarilmasligining oqibatlari; garov (ipoteka) narsasining navbatdagi garovga (ipotekaga) qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganligi, boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi; garovga (ipotekaga) qo‘yuvchi bilan garovga (ipotekaga) oluvchilarning huquq va majburiyatlari; shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanishi haqida ma’lumot; shartnoma nusxalarining soni; notariusning shartnomani tasdiqlaganligi haqida tasdiqlovchi yozuv; taraflar kelishuvga erishgan boshqa ma’lumotlar; shartnomaning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi, shartnoma matni bilan taraflar to‘liq tanishganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi. Ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalari bilan bog‘liq shartnomalarning tasdiqlovchi yozuvida gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi ko‘rsatilishi lozim. Qonunda nazarda tutilgan hollarda undiruvni ipotekaga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv asosida hal etilishi haqidagi ma’lumot ham ushbu shartnoma matnida ko‘rsatib o‘tilishi lozim. 28. Shartnoma Tizimga kiritiladi hamda har bir shartnoma alohida tartib raqami bilan ro‘yxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatiladi. Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi. Oldingi tahrirga qarang. 29. Shartnomani rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSh ShIR) kiritilishi shart: O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan fuqarolari; O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; JSh ShIR mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha (doimiy) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; JSh ShIR mavjud bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar. 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarda JSh ShIR mavjud bo‘lmaganda Tizimga ularning tug‘ilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi. Oldingi tahrirga qarang. Mazkur band talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va doimiy propiskasiz O‘zbekiston Respublikasi hududidan ko‘chmas mulk sotib olish huquqiga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi. (29-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart. (29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son) 30. Shartnomani tasdiqlashda notarius garovga (ipotekaga) qo‘yilgan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yadi. 31. Garov narsasini almashtirish zaruriyati tug‘ilgan hollarda, garov narsasi garovga (ipotekaga) oluvchining roziligi bilan almashtiriladi. Notarius garovga (ipotekaga) oluvchining garov narsasini almashtirishga roziligi haqidagi yuridik shaxsning yozma shakldagi xabarnomasi (boshqa tegishli hujjatlar), jismoniy shaxsning arizasi asosida garov narsasini almashtirish to‘g‘risida kelishuv bitimini tasdiqlaydi. Garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish munosabati bilan garov (ipoteka) shartnomasiga o‘zgartirish kiritish haqida ham kelishuv bitim tuziladi. Download 221.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling