Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Ички ишлар органлари]


-modda. Fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanish


Download 298.5 Kb.
bet4/22
Sana30.01.2023
Hajmi298.5 Kb.
#1141230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
IIO qonuni lotin

12-modda. Fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanish
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanadi.
Ichki ishlar organlari jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu organlarning vakolatlariga taalluqli elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishini, shuningdek hujjatlarni qabul qilish va ro‘yxatga olishning, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni to‘g‘risidagi xabarnomalarning elektron shakllari qo‘llanilishini qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlaydi.
Ichki ishlar organlari jamoat tartibini, jamoat xavfsizligini ta’minlashda, jinoyatlar, ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olishda, ularni aniqlashda, ularga chek qo‘yishda, ularni fosh etishda, tergov qilishda hamda jinoyatlar, ma’muriy huquqbuzarliklarning sodir etilishi holatlarini, hodisalar holatlarini hujjatlashtirishda, shu jumladan jamoat joylarida, shuningdek o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlarini qayd etish uchun texnik vositalardan, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish vositalaridan foydalanishi mumkin.
Ichki ishlar organlarida davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni muhofaza qilish, shu jumladan kriptografik vositalarni qo‘llagan holda texnik jihatdan muhofaza qilish ta’minlanadi.

2-bob. Ichki ishlar organlari
13-modda. Ichki ishlar organlarining tizimi
Ichki ishlar organlarining tizimi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va transportdagi ichki ishlar boshqarmasi, tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari), tarmoq ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari), jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlarining o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlardagi bo‘linmalari, ichki ishlar organlarining shaharcha bo‘limlari, bo‘linmalari va tayanch punktlari, shuningdek ta’lim va tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa bo‘linmalar va tashkilotlardan iboratdir.
Ichki ishlar organlari tizimiga o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqlar va imtiyozlardan foydalanadigan qorovul qo‘shinlari hamda Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti ham kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘z maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, qonun hujjatlariga muvofiq ayrim masalalar bo‘yicha esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotni yiliga ikki marta O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etadi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017 y., 24-son, 487-modda)
Ichki ishlar organlarining tashkiliy-shtat tuzilishi va shtat sonining eng yuqori chegarasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling