Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Жиноий қонунчилик]


Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llash bo‘yicha


Download 199.25 Kb.
bet34/39
Sana15.03.2023
Hajmi199.25 Kb.
#1271925
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
20 11.09.1998

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llash bo‘yicha
30-1. Jinoyat kodeksi 51-moddasiga muvofiq, umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddasining ikkinchi qismi) va terrorizm (JK 155-moddasining uchinchi qismi) uchun tayinlanadi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llash masalasini hal etishda, sudlar bu turdagi jazo favqulodda jazo bo‘lib, faqat ishda javobgarlikni og‘irlashtiradigan alohida holatlar mavjud bo‘lgandagina tayinlanishi mumkinligini va mahkumni jamiyatdan muddatsiz ajratib qo‘yishdan iborat bo‘lishini hisobga olishlari lozim.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo quyidagilarga tayinlanishi mumkin emas:
ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan;
tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun.
30-2. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 50-moddasi to‘rtinchi qismida, 51-moddasi uchinchi qismida belgilangan qoidalar hukm chiqarilgan yoki ish apellatsiya instansiyasida ko‘rilgan kunda 60 yoshga to‘lgan erkaklarga nisbatan tatbiq etiladi.
(30-1-30-2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Shartli hukm qo‘llash bo‘yicha
31. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JK 72-moddasining birinchi qismiga muvofiq shartli hukm faqat axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, intizomiy qismga jo‘natish yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolar tayinlangan holda qo‘llanilishi mumkin.
Agar sud bir yoki bir necha jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan shartli hukm qo‘llash lozimligi haqida xulosaga kelsa, bunday qaror har bir jinoyat uchun alohida emas, balki jinoyatlar majmui bo‘yicha uzil-kesil jazo tayinlash paytida qabul qilinadi.
Shartli hukm faqat JK 72-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan bir yoki bir necha jazo turi tayinlangan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Agar tayinlangan jazo turidan biri qonunning ushbu normasida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sud JK 72-moddasi birinchi qismida qayd etilgan jinoyatlarga nisbatan shartli hukm qo‘llab, boshqa turdagi jazoni (masalan, muayyan huquqdan mahrum qilish, jarima) real ijro etish to‘g‘risida qaror qiladi.
32. Qonunga ko‘ra, shartli hukm qilishda qo‘shimcha jazolar ham qo‘llanilishi mumkinligini va ular real tarzda ijroga qaratilishini nazarda tutib, bu haqda hukmning qaror qismida alohida ko‘rsatish lozim.
33. Shartli hukm asoslantirilgan bo‘lishi va mahkumni axloqan tuzatish maqsadiga xizmat qilishi lozim. Shu sababli sud, shartli hukm qilingan mahkumga JK 72-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishni yuklashi mumkin.
34. Shartli hukm qo‘llanilganda, bir yildan uch yilgacha bo‘lgan sinov muddati belgilanadi va bu muddat hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Qonun sinov muddati davomiyliligini tayinlangan jazo miqdori bilan bog‘lamaydi. Bu masala sud tomonidan har safar sodir etilgan jinoyatning xususiyati va sudlanuvchining shaxsidan kelib chiqib hal etiladi.
Agar shartli hukm apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan qo‘llanilgan bo‘lsa, bunday holda ham sinov muddati hukm e’lon qilingan kundan boshlab hisoblanadi (JK 72-moddasi ikkinchi qismi).
Shartli hukm qilishda belgilangan sinov muddatini qisqartirish masalasi JPK 541-moddasining uchinchi qismiga muvofiq mahkumning yashash joyidagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi sudyasi tomonidan hal qilinadi.
35. JK 72-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud tomonidan unga yuklatilgan majburiyatlarini bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa, sud bunday shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda belgilangan jazoni ijro etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Shu bilan birga, sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyati va muayyan holatlarini, mahkumning shaxsi va sinov muddati davomidagi xulq-atvoriga doir ma’lumotlarni hisobga olib, sud shartli hukmni aslicha qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
36. Qonun bo‘yicha (JK 72-moddasining sakkizinchi qismi) shartli hukm qilingan shaxs tomonidan sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etilsa, sud unga JK 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha jazo tayinlaydi. Bunda sud, uzil-kesil jazo tayinlashdan oldin, shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasi bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, birinchi hukmning shartliligini bekor qiladi.
Bunday holda, bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash paytida sud, JK 72-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda yana shartli hukm qo‘llashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
361. Shartli hukm yuridik tabiatiga ko‘ra, jinoiy jazodan ozod qilinishining bir turi hisoblanadi. Shu sababli sudlar JK 72-moddasida shartli hukmni bekor qilish uchun asos bo‘ladigan holatlar doirasi qat’iy belgilanganligini nazarda tutishlari lozim.
Shu bilan birga, shartli hukm qilingan shaxsning shu ish bo‘yicha hukm chiqarilgunga qadar sodir etilgan boshqa jinoyatda ham aybdorligi aniqlangan xollarda, birinchi hukm bo‘yicha jazo tayinlashda aybdorning shaxsiga doir barcha holatlar sudga ma’lum bo‘lmaganligi sababli uning xulqini nazorat qilish sharoitida jazoni o‘tamasdan turib ham tuzatish mumkinligi haqida barvaqt xulosaga kelganligidan kelib chiqish lozim.
Shularni e’tiborga olib, sud birinchi hukm bo‘yicha shartli sudlanganlikni bekor qilib, JK 59-moddasining 8-qismi tartibida uzil-kesil jazo tayinlaydi.
Sudlar shuni ham nazarda tutishlari lozimki, birinchi hukm bo‘yicha shartli sudlanganlik bekor qilinganida, JKning 72-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra, sud JK 59-moddasining 8-qismi tartibida uzil-kesil tayinlangan jazoni yana shartli deb topish masalasini muhokama qilishi mumkin.
Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun JK 59-moddasining 8-qismi tartibida uzil-kesil jazo tayinlanganligi shaxsning bitta sudlanganligini nazarda tutadi, shartli deb esa JK 72-moddasiga asosan faqat uzil-kesil tayinlangan jazo topilishi mumkin. Shunga ko‘ra, bunday hollarda dastlabki sud hukmlari qonuniy kuchga kirganidan so‘ng bir yildan ko‘p bo‘lgan muddat o‘tgan holatlarda ham sud JK 72-moddasiga asosan shartli jazo asosli tayinlanganligini muhokama qilishi mumkin.
(361-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qaroriga asosan kiritilgan)

Download 199.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling