Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Жиноий қонунчилик]


Qo‘shimcha jazolarni qo‘llash bo‘yicha


Download 199.25 Kb.
bet36/39
Sana15.03.2023
Hajmi199.25 Kb.
#1271925
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
20 11.09.1998

Qo‘shimcha jazolarni qo‘llash bo‘yicha
40. Qo‘shimcha jazo choralarining yangi jinoyatlar sodir etilishi oldini olishda katta ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, sudlarga hukm chiqarish paytida asosiy jazo bilan birga tegishli qo‘shimcha jazo qo‘llash masalasini ham muhokama qilish tavsiya qilinsin.
41. Jinoyat kodeksining 43-moddasiga muvofiq, mahkumlarga nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish hamda harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish kabi qo‘shimcha jazolar qo‘llanilishi mumkin.
Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo shaxs aybdor deb topilgan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida tayinlanadi. Agar muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, u JK 45-moddasida belgilangan asoslar va doirada, qabul qilingan qaror hukmda asoslantirilgan holda qo‘llanilishi mumkin.
Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo JK 52-moddasida ko‘rsatilgan hollardagina qo‘llanilishi mumkin.
42. Agar jinoiy qilmish kvalifikatsiya qilinayotgan qonunda qo‘shimcha jazo majburiy tarzda tayinlanishi belgilangan bo‘lsa, uni faqat JK 57-moddasida nazarda tutilgan hollar mavjud bo‘lganda qo‘llamaslik mumkin bo‘lib, bunday qaror ushbu moddaga havola qilingan holda hukmda asoslantirilishi lozim.
43. Qonun bo‘yicha tayinlanishi majburiy bo‘lgan qo‘shimcha jazoni qo‘llamaslik (JK 57-moddasi qo‘llanilgan hollar bundan mustasno), hukmda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo muddatini ko‘rsatmaslik, tayinlangan jazoga ilgarigi hukm bo‘yicha tayinlangan qo‘shimcha jazoning o‘talmagan qismini qo‘shmaslik, qo‘shimcha jazoni faqat jinoyatlar jami bo‘yicha tayinlash kabi hollar jinoyat qonuni noto‘g‘ri qo‘llanilgan deb baholanishiga va JPK 484-moddasi to‘rtinchi bandi hamda 488-moddasi talabiga ko‘ra hukmning bekor bo‘lishiga asos bo‘ladi.
44. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonunda nazarda tutilganidan ham yengilroq asosiy jazo belgilanishi yoki Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida ko‘rsatilmagan boshqa yengilroq asosiy jazo turiga o‘tilishi aybdorga nisbatan qo‘shimcha jazo tayinlash imkoniyatini istisno etmaydi.
45. Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq, aybdor o‘zi egallagan lavozim yoki xizmat faoliyati bilan bevosita bog‘liq holda jinoyat sodir etgan har bir holda, sud, jinoyatning xususiyatidan kelib chiqib, mahkumni u yoki bu mansabni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish masalasini muhokama qilishi shart. Bunday jazoni tayinlash paytida hukmning qaror qismida sudlanuvchi shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan mansab xarakteri yoki faoliyat turi aniq ko‘rsatilishi kerak.
Hukm chiqarilayotgan paytda mahkum jinoyat sodir etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan mansabni egallamasligi yoki faoliyat turi bilan shug‘ullanmasligi holati qo‘shimcha jazo qo‘llash uchun to‘siq bo‘lmaydi.
46. Bir necha jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan qo‘shimcha jazo turi va miqdori asosiy jazo singari har bir harakat uchun alohida, so‘ngra esa jinoyatlar majmui bo‘yicha uzil-kesil tayinlanishi lozim. Agar qo‘shimcha jazo jinoyatlar majmuiga kiruvchi birorta ham jinoyat uchun tayinlanmagan bo‘lsa, u jinoyatlar majmui bo‘yicha qo‘llanilishi mumkin emas.
Agar jinoyatlar majmuiga kiruvchi ikki va undan ko‘p jinoyat uchun aynan bir turdagi qo‘shimcha jazo tayinlangan bo‘lsa, uning uzil-kesil miqdori ko‘proq qo‘shimcha jazo muddatini ko‘zda tutuvchi modda sanksiyasi doirasida ularni to‘la yoki qisman qo‘shish orqali, jinoyat qonuni moddasida muddat belgilanmagan yoki qo‘shimcha jazo JK 45-moddasi asosida qo‘llanilgan bo‘lsa, ushbu jazo turi uchun belgilangan maksimal muddat doirasida belgilanadi.
47. Agar, sud muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazoni tayinlash chog‘ida mansab nomi yoki faoliyat turini hukmda aniq ko‘rsatmagan bo‘lsa, apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasi sudi mahkumning ahvolini og‘irlashtirmagan holda hukmga tegishli aniqlik kiritishga haqli.
Bunday aniqliklar hukm chiqargan sud tomonidan ham JPK 541-moddasida ko‘zda tutilgan tartibda kiritilishi mumkin.
Agar hukm uni chiqargan sud faoliyat ko‘rsatuvchi hududdan tashqarida ijro qilinayotgan bo‘lsa, ushbu masala hukm ijro qilinayotgan joydagi sud tomonidan hal qilinadi.
48. Sudlarga muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazoni, tegishli asoslar mavjud bo‘lgan hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga olgan holda, ushbu faoliyat kasb yoki tirikchilik manbai bo‘lgan shaxslarga nisbatan (masalan tadbirkorlik faoliyati, transport vositalarini boshqarish va sh.k.) qo‘llashning qanchalik maqsadga muvofiqligi masalasini muhokama qilish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Shuni nazarda tutish lozimki, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan hollar bundan mustasno (JK 45-moddasi beshinchi qismi).
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)

Download 199.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling