Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Жиноий қонунчилик]


Download 199.25 Kb.
bet38/39
Sana15.03.2023
Hajmi199.25 Kb.
#1271925
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
20 11.09.1998

(53-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qarori tahririda)
JK 59-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq tayinlangan uzil-kesil jazo muddatini belgilashda birinchi hukm bo‘yicha o‘talgan jazo hisobga olinadi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
54. Jinoyat kodeksining 60-moddasida nazarda tutilgan bir necha hukmlar bo‘yicha jazo tayinlash qoidalari birinchi hukm e’lon qilinganidan so‘ng, lekin o‘sha hukm bo‘yicha tayinlangan asosiy va qo‘shimcha jazolar to‘liq o‘talganga qadar mahkum tomonidan yangi jinoyatni sodir etilgan hollarda qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ayblov hukmi e’lon qilingan shaxs tayinlangan asosiy va qushimcha jazoni to‘liq o‘taguniga qadar yangi jinoyat sodir etsa va ushbu jinoyat uchun jazo tayinlash paytiga kelib, avvalgi hukm bo‘yicha tayinlangan jazoni to‘liq o‘tab bo‘lsa, uzil-kesil jazo Jinoyat kodeksining 60-moddasi tartibida tayinlanmaydi.
Bunday holda, sud ilgari qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangandan keyin Jinoyat kodeksining 56-moddasining “n” bandiga asosan sodir etilgan jinoyatni takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi deb, jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida inobatga olishi lozim.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
55. Sudlar shuni hisobga olishlari kerakki, hukmlar majmui bo‘yicha belgilangan jazo yangi jinoyat uchun belgilangan jazo muddatidan ham ilgarigi hukm bo‘yicha belgilangan jazoning o‘talmagan qismidan ham ko‘proq bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi uzil-kesil jazo muddati yigirma besh yildan, voyaga yetmaganlarga — o‘n besh yildan, oltmish yoshdan oshgan erkaklar hamda ayollarga nisbatan esa — o‘n uch yil to‘rt oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
(55-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Jinoyat kodeksi 60-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, agar hukmlardan biri bo‘yicha umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan bo‘lsa, uzil-kesil jazo yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash yo‘li bilan tayinlanadi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
56. Hukmlar majmui bo‘yicha jazo tayinlash haqidagi masala hal qilinayotganda oldingi hukm bo‘yicha tayinlangan asosiy va qo‘shimcha jazoning qancha qismi shaxs tomonidan real o‘talmaganligi aniqlanishi lozim.
Jazo quyidagi hollarda o‘talmagan hisoblanadi:
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilganda — jazoning mahkum o‘tamay qolgan qismi;
oldingi hukm bo‘yicha tayinlangan shartli hukmning butun muddati;
JPK 533-moddasi tartibida ijrosi kechiktirilgan jazo muddati.
Ilgarigi hukm bo‘yicha tayinlanib, o‘talmay qolgan qo‘shimcha jazo hukmlar majmui bo‘yicha tayinlangan asosiy jazoga faqat qo‘shimcha jazo sifatida qo‘shilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
561. Agar jinoyatlar majmui yoki bir nechta hukm bilan jazo tayinlashda muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi jinoyatlarning biri yoki hukmlarning biri bilan asosiy jazo sifatida, boshqa jinoyat yoki hukm bilan qo‘shimcha jazo sifatida tayinlangan bo‘lsa, ular asosiy jazo uchun belgilangan muddat doirasida to‘liq yoki qisman qo‘shilishi lozim. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo asosiy jazo deb hisoblanadi va ayblovning har bir moddasi yoki hukmlarning har biri bilan mahrum qilingan huquqlarning barcha turlari nazarda tutilishi lozim.
(561-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
57. Sud birinchi hukm bo‘yicha shartli tayinlangan jazoni oxirgi hukm bo‘yicha tayinlangan jazoga qo‘shishda, shaxs ehtiyot chorasi yoki ushlab turish sifatida qamoqda bo‘lgan vaqtni hukmlar majmui bo‘yicha tayinlangan uzil-kesil jazoga qo‘shib hisoblashi kerak.
Agar yangi jinoyat shaxs tomonidan birinchi hukm bo‘yicha tayinlagan jazo JK 74-moddasiga asosan yoki afv etish, yoxud amnistiya akti asosida yengilrog‘i bilan almashtirilganidan so‘ng sodir etilgan bo‘lsa, ikkinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazoga almashtirilgan yengilroq jazoning o‘talmagan qismi qo‘shiladi.

Download 199.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling