Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Жиноий қонунчилик]
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni qo‘llash bo‘yicha
Download 199.25 Kb.
|
20 11.09.1998
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni qo‘llash bo‘yicha
171. Majburiy jamoat ishlari mehnatga layoqatli shaxsga nisbatan u sodir etgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda uni jamiyatdan ajratish zarurati bo‘lmaganda, bir yuz yigirma soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha (voyaga yetmaganlarga nisbatan — oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha) bo‘lgan muddatga tayinlanadi va olti oy davomida kuniga to‘rt soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda o‘taladi. Majburiy jamoat ishlari, shuningdek JK 44-moddasining uchinchi qismi va 82-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ilgari tayinlangan jarima jazosini almashtirish tartibida ham qo‘llanilishi mumkin. Bunday holda majburiy jamoat ishlarining eng kam muddati to‘lanmagan jarima summasidan kelib chiqib, bir yuz yigirma soatdan (voyaga yetmaganlarga nisbatan — oltmish soatdan) kamroq bo‘lishi mumkin, biroq to‘rt yuz sakson soatdan (voyaga yetmaganlarga nisbatan-ikki yuz qirq soatdan) oshmasligi lozim. 172. Qonunga ko‘ra, majburiy jamoat ishlari quyidagilarga qo‘llanilmaydi: pensiya yoshiga yetgan (60 yoshdan oshgan erkaklar, 55 yoshdan oshgan ayollar) shaxslarga; 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga; mehnatga qobiliyatsiz (belgilangan tartibda birinchi, ikkinchi guruh nogironi deb topilgan) shaxslarga; homilador va uch yoshgacha bolasi bor ayollarga, shuningdek, uch yoshgacha bo‘lgan bolani farzandlikka olgan yoki unga nisbatan vasiy bo‘lgan shaxslarga; harbiy xizmatchilarga; chet el fuqarolariga; O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga. 173. Majburiy jamoat ishlari, odatda, ishdan yoki o‘qishdan bo‘sh vaqtda mahkumni haq to‘lanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Mahkumlar majburiy jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar (obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining turi mazkur jazoning ijrosini nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilanadi. Majburiy jamoat ishlari muddatlariga oid masalani hal etishda sudlar sudlanuvchida ish yoki o‘qish joyi, doimiy yashash (ayniqsa voyaga yetmaganlarda) joyi bor-yo‘qligini aniqlashlari lozim. Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bo‘yicha majburiy jamoat ishlari tayinlanayotganda, jazo muddati har bir modda bo‘yicha alohida, so‘ngra esa, ularning majmui bo‘yicha belgilanadi. Bunda jazoning uzil-kesil muddati JK 451-moddasida belgilangan chegaradan oshishi mumkin emas. 174. Qonun mazmuniga ko‘ra, (JK 451-moddasining beshinchi qismi) tayinlangan majburiy jamoat ishlari muddatini o‘tashdan bo‘yin tovlaganda, sud majburiy jamoat ishlarining o‘talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. 175. Majburiy jamoat ishlarini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirish masalasini hal qilishda, sud, majburiy jamoat ishlari ijrosini amalga oshiruvchi organ tomonidan ushbu jazo ijrosini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilganligi, mahkum qonun talabiga muvofiq jazoni o‘tashdan bosh tortganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi haqida berilgan ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim. Agar taqdim etilgan hujjatlarda bunday ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, sudya tegishli tekshirish o‘tkazish uchun hujjatlarni ushbu jazo ijrosini amalga oshiruvchi organga yuborish haqida ajrim chiqaradi. 176. JPK 541, 542-moddalariga muvofiq majburiy jamoat ishlarining o‘talmagan qismini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqidagi ishlar sud majlisida, odatda, mahkum ishtirokida ko‘rilishi lozim. Bu masala mahkum yashirinib yurganligi yoki sudga kelishdan bo‘yin tovlayotganligi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar ishda mavjud bo‘lgan holdagina uning ishtirokisiz hal etilishi mumkin. Agar majburiy jamoat ishlarining o‘talmagan qismini ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqidagi materialni ko‘rish vaqtida JPK 533-moddasida ko‘rsatilgan holatlar aniqlansa, sud hukmning ijrosini kechiktirish masalasini muhokama qilishi shart. (“Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni qo‘llash bo‘yicha” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qaroriga asosan kiritilgan) Download 199.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling