Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Жиноий қонунчилик]


Bir necha jinoyat va bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha


Download 199.25 Kb.
bet37/39
Sana28.10.2023
Hajmi199.25 Kb.
#1730147
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
20 11.09.1998

Bir necha jinoyat va bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha
49. Sudlar shuni nazarda tutishlar lozimki, JK 59-moddasida belgilangan jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlash qoidalari quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
qilmish Jinoyat kodeksining turli moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinganda;
qilmish Jinoyat kodeksi muayyan moddasining bir necha qismlari bilan kvalifikatsiya qilinganda, basharti ushbu qismlar turli jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutsa (masalan, JK 228, 248, 273-moddalari);
shaxs bir necha aynan o‘xshash qilmishni sodir etgan bo‘lib, ulardan ayrimlari tugallangan jinoyat, boshqalari esa — jinoyatga tayyorgarlik, suiqasd tariqasida kvalifikatsiya qilinganda yoki ayrimlari mustaqil, boshqalari esa ishtirokchilikda sodir etilganda;
ish bo‘yicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning birinchi ish bo‘yicha chiqarilgan hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi aniqlanganda.
Shaxs Jinoyat kodeksi Maxsus qismi aynan bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan o‘xshash qilmishni sodir etganlikda aybdor deb topilganda jazo shu moddaning og‘irroq jazo belgilangan qismi bo‘yicha tayinlanadi (JK 33-moddasi).
50. Jinoyat kodeksi 59-moddasi va Jinoyat-protsessual kodeksi 468-moddasida belgilangan sudning har bir jinoyat uchun alohida jazo tayinlab, so‘ngra jinoyatlar majmui bo‘yicha uzil-kesil jazo belgilashi shartligi to‘g‘risidagi talablar ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo tayinlashga taalluqlidir.
51. Ikki yoki undan ortiq jinoyatlar majmui bo‘yicha asosiy jazo belgilashda, sud, alohida jinoyatlar uchun tayinlangan jazolarning yengilrog‘ini og‘irrog‘i bilan qoplash yoki ularni to‘la yoki qisman qo‘shish qoidasi bo‘yicha uzil-kesil jazo tayinlaydi.
Bunda:
agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar tashkil etsa, sud jazo tayinlashning umumiy asoslariga rioya etgan holda yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoki jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish qoidasidan birini tanlashga haqli;
agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, sud Jinoyat kodeksi Umumiy qismida muayyan jazo turi uchun belgilangan doirada jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish qoidasiga amal qiladi.
Jazoni to‘la yoki qisman qo‘shish qoidasi alohida jinoyatlar uchun har xil turdagi jazolar tayinlanganda ham qo‘llaniladi. Bunda sudlar Jinoyat kodeksi 61-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazolarni qo‘shib hisoblash qoidalariga amal qilishlari lozim.
Ayni paytda sudlar shuni nazarda tutishlar kerakki, JK 61-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq jarima va muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazolar boshqa turdagi jazolar bilan qo‘shib hisoblanmaydi va alohida ijro qilinadi.
52. Ikki yoki undan ortiq jinoyatlar majmui bo‘yicha qo‘shimcha jazo belgilashda, agar alohida jinoyatlar uchun tayinlangan jazo bir turga mansub bo‘lsa, sud ushbu qo‘shimcha jazo turi uchun belgilangan maksimal muddat doirasida ularning yengilrog‘ini og‘irrog‘i bilan qoplash yoki ularni to‘la yoki qisman qo‘shish qoidasi bo‘yicha uzil-kesil jazo tayinlaydi.
Agar jinoyatlar yoki hukmlar majmuiga kiruvchi jinoyatlar uchun tayinlangan qo‘shimcha jazo turlicha bo‘lsa, ular alohida ijro etiladi.
Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, qo‘shimcha jazolarni qoplash qoidasini qo‘llash imkoniyati qonunda jinoyatning og‘irligi bilan cheklanmagan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
53. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jinoyatlar majmui uchun JK 59-moddasining sakkizinchi qismi bo‘yicha jazo tayinlanganda, uzil-kesil jazo, qoida tariqasida, Jinoyat kodeksining Umumiy qismida belgilangan tartib va miqdorda tayinlanib, birinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazodan kam bo‘lishi mumkin emas. Bunday hollarda birinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazoning o‘talmagan qismidan emas, balki uning to‘liq miqdoridan kelib chiqish shartligiga e’tibor qaratilsin.

Download 199.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling