Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Жиноий қонунчилик]
Download 199.25 Kb.
|
20 11.09.1998
- Bu sahifa navigatsiya:
- ОКОЗ: 1.
Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi D. KAMILOV Toshkent sh., 2015-yil 18-sentabr, 13-son [OKOZ: 1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.05 Hokimiyat, boshqaruv organlari, jamoat birlashmalarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar] [TSZ: 1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik] O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining Qarori PORAXO‘RLIK IShLARI BO‘YIChA SUD AMALIYoTI TO‘G‘RISIDA LexUZ sharhi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan) Plenum Toshkent shahar sudi va Toshkent viloyat sudi raislarining poraxo‘rlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yicha axborotlarini eshitib va sud amaliyotini muhokama qilib ushbu toifadagi ishlar asosan to‘g‘ri va qonunga qat’iy rioya qilingan holda hal etilayotganini ta’kidlaydi. Shuning bilan birga poraxo‘rlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda xato va kamchiliklar borligini qayd etadi. Poraxo‘rlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonunlarni to‘g‘ri va bir xilda qo‘llash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi: 1. Pora olganlik uchun jinoiy javobgarlikka faqat davlat, kooperativ, jamoat va boshqa korxona, muassasa va tashkilotlarda mansabdorlik vazifasini doimiy yoki vaqtinchalik bajarayotgan xodimlar tortilishi tushuntirilsin. Pora beruvchining manfaati uchun tegishli harakatlarni bajarish vakolatiga ega bo‘lmasada, lekin o‘zining egallab turgan lavozimi mavqeiga ko‘ra pora uchun ushbu harakatlar boshqa mansabdor shaxs tomonidan bajarilishi uchun chora ko‘rish mumkin bo‘lgan mansabdor shaxslar ham ushbu jinoyatning subyekti deb topilishi lozim. 2. Pul, qimmatbaho qog‘ozlar, moddiy boyliklar, shuningdek, pora oladiganga qaytarmaslik sharti bilan, lekin mulkiy mohiyatga molik bo‘lgan (masalan, ta’mirlash, qurilish, qayta tiklash ishlarini bajarish va boshqalar) xizmatlar pora predmeti bo‘lishi mumkin. 3. Sud mansabdor shaxs tomonidan pora beruvchining manfaati uchun qaysi harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik evaziga pora olinganligini aniqlashi va hukmda ko‘rsatishi lozim. Bu o‘rinda poraxo‘rlik uchun javobgarlik, pora harakat sodir qilingandan oldin yoki keyin berilishiga bog‘liq bo‘lmasdan, pora oldindan kelishilganligi, pora oluvchining manfaati uchun biron-bir harakat bajarilgan bo‘lishidan qat’i nazar, kelib chiqishini nazarda tutish lozim. Mansabdor shaxsning o‘z qo‘li yoki nazorati ostidagi shaxslardan ularni xizmat yuzasidan himoyalash yoki qullab turish, vakolati doirasiga kiruvchi masalalarni ushbu shaxslar manfaatlarini ko‘zlagan holda hal qilganligi uchun ulardan pul mablag‘lari yoki boshqacha boyliklar olishini pora olish deb baholash lozim. Boyliklar yoki xizmatlarni olish shartlari oldindan maxsus kelishilmagan bo‘lsada, lekin jinoyat ishtirokchilari pora, pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab berilayotganligini anglagan hollarda ham mansabdor shaxslarning harakatlari pora berish va olish deb tan olinishi kerak. 4. Pora berish va olish uchun javobgarlik o‘zganing mulkini talon-toroj, mansab soxtakorligi, hujjatlarni soxtalashtirish va shu kabi boshqa jinoyatlar bilan bir vaqtda jinoyatlar majmui uchun jinoiy javobgarlikka tortishni mustasno qilmaydi. 5. Agar tasavvur qilingan pora mansabdor shaxs tomonidan olinmagan yoki olishdan bosh tortilgan bo‘lsa, pora berishga harakat qilgan shaxsning harakatini pora berish uchun suiqasd qilish kabi tavsiflash lozim bo‘ladi. Ammo pora berish va olish nafaqat mansabdor shaxsning o‘zi uni olganida, balki uning ixtiyori yoki uning topshirig‘i bo‘yicha uni boshqa shaxslar qabul qilganida ham tugallangan jinoyat hisoblanadi. 6. Boshqa shaxsga pora berish yo‘li bilan istalgan harakat yoki harakatsizlikka erishishni taklif qilgan shaxs pora beruvchi tariqasida javobgar bo‘ladi, pora uchun kelishilgan harakatni bajarishga kelishgan va porani topshirgan shaxs esa pora berishda ishtirokchi tariqasida javobgar bo‘lishi lozim. Agarda u taklifning mohiyatini bilgan holda porani faqatgina taqdim etsa, uning harakati poraxo‘rlikda vositachilik tariqasida tavsiflanishi kerak. 7. Pora oluvchining yoki beruvchining topshirig‘iga ko‘ra harakat qilib pora buyumini bevosita beruvchi shaxs vositachi bo‘lishini e’tiborga olgan holda sudlar pora olish-berishda vositachilik qilishni pora olish va berishdan farqlashlari zarur. Bu o‘rinda JKning 212-moddasi bo‘yicha vositachining harakatini tavsiflashda uning pora oluvchi yoki beruvchidan o‘z xizmati evaziga mukofot olgan-olmaganligining ahamiyati yo‘q. Porani berish yoki olishni tashkillashtiruvchi, bunga yo‘naltirilgan turli xil faoliyat yurituvchi yoki bo‘lmasa pora berish yoki olishda yordamchi bo‘lgan va bir vaqtning o‘zida vositachilik harakatlarini bajargan shaxs pora berish yoki olishda ishtirokchilikda javobgar bo‘ladi. Bu o‘rinda ishtirokchining harakatini tavsiflash masalasi u kimning manfaatini, kim tomonidan va kimning pora beruvchiningmi yoki oluvchining tashabbusi bilan harakat qilganidan kelib chiqib, uning qasdi nimaga qaratilganligini hisobga olgan holda hal qilish lozim bo‘ladi. Bunday hollarda JKning 212-moddasi bilan qayta tavsiflash talab qilinmaydi. 8. Pora olish, pora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilishni takroriylik belgisiga ko‘ra tavsiflash ushbu jinoyatning o‘zini ikki marotabadan kam bo‘lmagan miqdorda sodir etilishini va ulardan hech biri uchun shaxsning sudlanmaganligini hamda jinoiy javobgarlikka tortishning muddati o‘tib ketmaganligini taqozo etadi. Mansabdor shaxsning bir vaqtning o‘zida bir necha shaxsdan poralarni olishi, basharti pora beruvchilarning har biri uchun alohida qilmish sodir etilsa, takroriy pora olish deb tavsiflanishi lozim. 9. Jinoyatni sodir etishda avvaldan, ya’ni jinoyat boshlanguncha kelishib olgan ikki yoki undan ortiq mansabdor shaxs ishtirok etgan bo‘lsa, pora olish bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda sodir etilgan hisoblanadi. Jinoyat mansabdor shaxslardan loaqal biri pora olgan paytdan e’tiboran tugallangan deb hisoblanadi. Bunda pora oluvchi shaxsning pora olishda bir necha mansabdor shaxslar ishtirok etayotganligini tan olgan-olmaganligining ahamiyati yo‘q. Bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan avvaldan til biriktirib pora olinganda poraning miqdori olingan boyliklar yoki mulkiy manfaatning umumiy qiymati bilan belgilanadi, asossiz ravishda olingan narsalarni davlat foydasiga undirishda esa, har bir mansabdor shaxs olgan mulkiy foydaning pul miqdoridan kelib chiqish kerak. Boshqa mansabdor shaxs bilan avvaldan kelishmagan holda pora olib, keyin poraning bir qismini unga bergan mansabdor shaxs, porani olganligi uchun ham, berganligi uchun ham, ya’ni jinoyatlar majmui uchun javobgar bo‘ladi. 10. Jinoyatni tavsiflash pora miqdoriga bog‘liqligini e’tiborga olgan holda, har qanday pora predmetining qiymati tovarlarning narxi, xizmatlarning haqi yoki tarifi asosida, ular bo‘lmaganda ekspertlar xulosasi asosida aniqlanadi. Agarda ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda noqonuniy taqdirlash bo‘lib-bo‘lib olingan bo‘lsa va bu harakatlar yagona davomli jinoyatning bir qismi bo‘lsa, sodir etilgan harakatlar tegishlicha ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda pora olish deb baholanishi lozim. 11. Tamagirlik — mansabdor shaxs tomonidan fuqaroning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan xizmatiga doir harakatlarni sodir etish tahdidi ostida pora talab qilish yoki fuqaroni uning qonuniy manfaatlariga zarar keltiradigan oqibatlarning oldini olish uchun pora berishga majbur etadigan sharoitga qasddan tushirish dyemakdir. Shuning uchun mansabdor shaxs tomonidan masalan, kamomadni ko‘rsatmaslik, o‘quv yurtlariga tartib-qoidalarni buzgan holda qabul qilish, jinoyat ishini noqonuniy tugatish va boshqa hollarda pora talab qilish harakatlarida tovlamachilik alomatlari mavjud bo‘lmaydi. 12. Pora olishda ayblanayotgan mansabdor shaxsning mas’ullik holati masalasi sud tomonidan ushbu shaxsning egallab turgan lavozimi, amalga oshiradigan xizmat amallari va vazifalarining ahamiyati, zimmalariga yuklatilgan huquq va vakolatlar, shuningdek, aybdor ishlayotgan tashkilotning xususiyatini hisobga olgan holda hal etilishi lozim. Sud aybdorni mas’ul mansabdor shaxs deb topgan taqdirda bunday tavsiflash belgilarning borligi haqidagi xulosaga olib kelgan asoslarni hukmda keltirishi zarur. 13. Jinoyat kodeksining 210, 211, 212-moddalari 1,2 va 3-qismlarida ko‘zda tutilgan belgilarga tushuvchi jinoyatni JKning 33-moddasida ko‘rsatilgan qoidalarga asosan shu moddalarning 3-qismi bilan tavsiflash kerak. Bu holda hukmning tavsif qismida qilmishning barcha tavsiflash belgilari va mahkumning sodir etganlikda aybdor deb topilgan barcha harakatlari ko‘rsatilishi zarur. 14. Jinoyatning ijtimoiy xavfliligini bildiruvchi (tamagirlik, poraning ko‘p yoki juda ko‘p miqdori, pora oluvchining mas’ul mansabdorlik holati) tavsiflash belgilari jinoyat ishtirokchilarining ham aybiga, agarda bu holatlar ularning qasdi bilan qamrab olingan bo‘lsa, qo‘yilishi lozim. Shuning bilan birga jinoyat ishtirokchilarining harakatlarini tavsiflashda jinoyatning boshqa ishtirokchilarini ta’riflovchi (bir necha bor pora olish, berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, poraxo‘rlik uchun sudlanganlik kabi) holatlar inobatga olinmasligi kerak. 15. Agar aybdor pora beruvchidan mansabdor shaxsga berish uchun deb pora tariqasida pul yoki boshqa boyliklarni olganida va bunday qilmishni xohlamasdan, ularni o‘zlashtirib yuborganda, qilmish firibgarlik deb tavsiflanishi lozim. Boyliklarni qo‘lga kiritish maqsadida pora beruvchi ular tomonidan pora berishga og‘dirilgan taqdirda aybdorning harakatlari firibgarlikdan tashqari pora berishga qiziqtiruvchi tariqasida qo‘shimcha tavsiflanishi kerak. Pora beruvchining harakati bunday hollarda pora berishga suiqasd deb tavsiflanishi lozim bo‘ladi. Bu o‘rinda pora berilishi mo‘ljallangan muayyan mansabdor shaxs aytilgan-aytilmaganligining ahamiyati bo‘lmaydi. 16. Pora beruvchilarni porada tovlamachilik yoki pora berganlik to‘g‘risida ixtiyoriy ariza berish asoslariga ko‘ra jinoiy javobgarlikdan ozod etish bu shaxslarning harakatlarida jinoyat tarkibi yo‘qligini bildirmaydi (JKning 211, 212-moddalariga izoh). Shu sababli ular jabrlanuvchi deb topilmaydi va pora tariqasida berilgan boyliklarni qaytarib olishni talab qilishga haqli emaslar. Pora berganlik to‘g‘risida ixtiyoriy ravishda xabar berganlik bir vaqtning o‘zida mansabdor shaxs tomonidan pora olingani haqida ham xabar hisoblanadi, shu sababli sudlar JKning 237-moddasiga binoan yolg‘on xabar berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida arizachiga tushuntirilgan-tushuntirilmaganligiga e’tibor berishlari zarur. Agar yolg‘on ariza berganlik holati aniqlansa, sud arizachini qonuniy javobgarlikka tortish chorasini ko‘rishi kerak. 17. Agar jabrlanuvchi pora talab qilinganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan bo‘lib, tezkor tadbir davomida jabrlanuvchining mulkidan pora predmeti tariqasida foydalanilgan bo‘lsa, ushbu mulk Jinoyat-protsessual kodeksi 211-moddasining 4-bandiga asosan jabrlanuvchiga qaytarilishi lozim, boshqa holatlarda pora predmeti sud hukmi bilan davlat egaligiga o‘tkaziladi. 18. Poraxo‘rlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rayotganda sudlar jazo tayinlashda alohida yondashish to‘g‘risidagi qonun talabiga qattiq rioya qilishlari lozim, toki pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilishda aybdorlarga asossiz ravishda yengil yoki bo‘lmasa qilmishiga mos bo‘lmagan og‘ir jazo tayinlashga yo‘l qo‘yilmasin. 19. Poraxo‘rlik haqidagi ishlarni ko‘rayotganda sudlar ushbu jinoyatlarning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlashga va ularni xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan tegishli tashkilotlarning tegishli rahbarlaridan bartaraf qilishni talab qilishga majburdirlar. Bu o‘rinda sansolarlik, byurokratlik, oshna-og‘aynichilik, mansabdor shaxslar tomonidan o‘z huquqlarini boshqa shaxslarga nazoratsiz berib qo‘yish hollariga alohida e’tibor qaratish lozim, huquqni himoya qiluvchi organlarning poraxo‘rlik haqidagi xabarlarga nisbatan harakatsizligi yoki fuqarolarning qonuniy huquq va xohish-istaklarining buzilishi hollariga munosabat bildirilishi kerak. Sudlar poraxo‘rlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini muntazam umumlashtirib borishlari, ushbu toifadagi ishlarni ko‘rishda yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni o‘z vaqtida aniqlashlari va bartaraf etishlari lozim. 20. Ushbu qarorning qabul qilinishi sababli “Poraxo‘rlik haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1979-yil 30-avgustdagi 1-son qarori, 1983-yil 12-dekabrdagi 8-son Plenum qarori bilan kiritilgan o‘zgarishlar bilan o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 1999-yil 24-sentabr, 19-son [ОКОЗ: 1.16.00.00.00 Хавфсизлик ва ҳуқуқ тартибот муҳофазаси / 16.11.00.00 Жиноят қонунчилиги / 16.11.06.00 Жиноятларнинг алоҳида турлари учун жавобгарлик / 16.11.06.05 Ҳокимият, бошқарув органлари, жамоат бирлашмаларининг фаолият тартибига қарши жиноятлар] [ТСЗ: 1.Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Жиноий қонунчилик] Ўзбекистон Республикаси Олий суди пленумининг Қарори Download 199.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling