Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Жиноий қонунчилик]
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni qo‘llash bo‘yicha
Download 199.25 Kb.
|
20 11.09.1998
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni qo‘llash bo‘yicha
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qaroriga asosan kiritilgan) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. 251. Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iboratdir (JK 481-moddasi birinchi qismi). Bunda yashash joyi deganda, mahkumning doimiy yashash joyidagi uylar, ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar, boshqa imoratlardagi yashash uchun mo‘ljallangan xonalar va boshqa turar joylar tushunilishi lozim (Uy-joy kodeksi 10-moddasi). (251-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda) Tushuntirilsinki, sud hukmining qaror qismida: ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo, yashash joyini butunlay tark etishni taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashning mazmuni aniq ko‘rsatilishi lozim. Oldingi tahrirga qarang. Ozodlikni cheklash bir oydan besh yilgacha muddatga, voyaga yetmaganlarga esa olti oydan ikki yilgacha tayinlanadi hamda mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organining jazolarni ijro etish inspeksiyasi yoki sud tomonidan belgilangan boshqa organ nazorati ostida o‘taladi. (251-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda) Ozodlikni cheklash, uni o‘tash shartlari sud tomonidan sodir etilgan qilmishning xususiyati va jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlashning oldini olishni inobatga olgan holda belgilanadi. 252. Jinoyat kodeksi 481-moddasining 3-qismiga muvofiq qo‘llanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini hisobga olgan holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qushimcha taqiqlarni (cheklashlarni) yuklashi mumkin: muayyan joylarga bormaslik; ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik; muayyan faoliyat bilan shug‘ullanmaslik; muayyan buyumlarga ega bo‘lmaslik yoki ularni o‘zida saqlamaslik; transport vositasini boshqarmaslik; mahkumlarning nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) o‘qish joyini o‘zgartirmaslik, tegishli ma’muriy hududdan tashqariga chiqmaslik; muayyan shaxslar bilan aloqa o‘rnatmaslik; aloqa vositalaridan, shu jumladan, Internetdan foydalanmaslik; alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, mazkur taqiqlar (cheklashlar) JK 481-moddasi birinchi qismida belgilangan majburiy taqiqlar (cheklashlar)ga qo‘shimcha hisoblanganligi sababli, ularni mahkumning zimmasiga yuklatilishi sud hukmining tavsif qismida asoslantirilishi lozim. Shu munosabat bilan mahkumning shaxsi va ishning boshqa holatlari inobatga olingan holda, ushbu qo‘shimcha taqiqlar (cheklashlar) sud tomonidan mahkumga to‘la yoki qisman yuklatilishi mumkin. 253. Jinoyat kodeksi 481-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq, sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga o‘zi yetkazgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplash, ishga yoki o‘qishga joylashish majburiyatlarini, shuningdek uning tuzalishiga ko‘maklashuvchi boshqa majburiyatlarni yuklashi mumkin. Ushbu majburiyatlarni yuklash asosi sud hukmining tavsif qismida ko‘rsatilishi lozim. 254. JKning 481-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash davrida o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, sud mahkumga nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) to‘liq yoki qisman bekor qilishi mumkin. Shuni nazarda tutish lozimki, qayd etilgan asoslar bo‘yicha ozodlikni cheklashga hukm qilingan mahkum JK 481-moddasi uchinchi qismiga asosan sud tomonidan unga yuklangan qo‘shimcha majburiyat (ta’qiq)lardangina ozod etilishi mumkin. Jinoyat-ijroiya kodeksining 443-moddasi beshinchi qismiga muvofiq mahkumni unga yuklatilgan majburiyat (taqiq)lardan to‘liq yoki qisman ozod etish jazoni ijro etish idoralari taqdimnomasiga binoan sud tomonidan JPK 541-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 255. Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan yoki sud tomonidan zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash vaqti o‘talgan jazo muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi. (255-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda) Jinoyat-ijroiya kodeksi 444-moddasining uchinchi qismiga muvofiq quyidagilar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlovchilar deb e’tirof etiladi; a) o‘ziga nisbatan sud tomonidan belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) buzishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risida ogohlantirish tarzida intizomiy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida jazoni o‘tash tartibi va shartlarini buzishga yo‘l qo‘ygan mahkum; b) o‘ziga nisbatan texnik nazorat vositalaridan foydalanish qoidalarini buzgan mahkum; v) yashash joyidan yashiringan, qayerda ekanligi uch sutkadan ortiq vaqt ichida aniqlanmagan mahkum; g) yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga belgilangan muddatdan uch sutkadan ortiq vaqt mobaynida kelmagan mahkum. 256. Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi. (25-1 — 25-6-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan kiritilgan) Download 199.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling