Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Жиноий қонунчилик]


Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoni qo‘llash bo‘yicha


Download 199.25 Kb.
bet31/39
Sana28.10.2023
Hajmi199.25 Kb.
#1730147
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
20 11.09.1998

Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoni qo‘llash bo‘yicha
18. Axloq tuzatish ishlari mehnatga layoqatli shaxsga nisbatan u sodir etgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda uni jamiyatdan ajratish zarurati bo‘lmaganda olti oydan uch yilgacha (voyaga yetmaganlarga nisbatan — bir oydan bir yilgacha) bo‘lgan muddatga tayinlanadi.
Axloq tuzatish ishlari, shuningdek JK 44-moddasining uchinchi qismi va 82-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ilgari tayinlangan jarima jazosini almashtirish tartibida ham qo‘llanilishi mumkin. Bunday holda axloq tuzatish ishlarining minimal muddati to‘lanmagan jarima summasidan kelib chiqib, olti oydan (voyaga yetmaganlarga nisbatan — bir oydan) kamroq bo‘lishi mumkin, biroq uch yildan (voyaga yetmaganlarga nisbatan — bir yildan) oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Qonunga ko‘ra, axloq tuzatish ishlari quyidagilarga qo‘llanilmaydi:
pensiya yoshiga to‘lgan (60 yoshdan oshgan erkaklar, 55 yoshdan oshgan ayollar) shaxslarga;
16 yoshga to‘lmagan shaxslarga;
mehnatga qobiliyatsiz (belgilangan tartibda birinchi, ikkinchi guruh nogironi deb topilgan) shaxslarga;
homilador va uch yoshgacha bolasi bor ayollarga, shuningdek, uch yoshgacha bo‘lgan bolani farzandlikka olgan yoki unga nisbatan vasiy bo‘lgan shaxslarga;
harbiy xizmatchilarga.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qarori tahririda)
20. Axloq tuzatish ishlari, odatda, ish joyida o‘tash sharti bilan tayinlanishi lozim. Shu bilan birga, shaxs o‘z kasb yoki xizmat vazifasini bajarish bilan bog‘liq holda jinoyat sodir etib, uning oldingi ish joyida qoldirilishi jazoning tarbiyaviy ahamiyati pasayishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, axloq tuzatish ishlarini ushbu jazo ijrosini amalga oshiruvchi organ tomonidan belgilangan joyda o‘tash tayinlanishi mumkin.
Axloq tuzatish ishlari muddatlari hamda aybdorning ish haqidan chegirma miqdori haqidagi masalani hal qilish uchun sudlar sudlanuvchining, ayniqsa voyaga yetmaganlarining moddiy ahvolini aniqlashlari lozim.
Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bo‘yicha axloq tuzatish ishlari tayinlanayotganda, jazo muddati va ish haqidan chegirma miqdori har bir modda bo‘yicha alohida, so‘ngra esa, ularning majmui bo‘yicha belgilanadi. Bunda jazoning uzil-kesil muddati va chegirma miqdori JK 46-moddasida belgilangan chegaradan oshishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
JK 60-moddasining 5-qismiga ko‘ra, bir necha hukmlar yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat bo‘yicha cheklashga hukm qilinib, ish haqi yoki pul ta’minotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan hollarda bu jazolarning faqat muddatlari qo‘shiladi. Shunga ko‘ra, bunday hollarda uzil-kesil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganida, ish haqi yoki pul ta’minotidan ushlab qolishning eng ko‘p bo‘lgan miqdori belgilanishi lozim. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun JK 59-moddasi tartibida jazo tayinlashda ham shu qoidalarga amal qilinishi lozim.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Qonun mazmuniga ko‘ra, (JK 46-moddasining to‘rtinchi qismi) tayinlangan jazo muddatining jami bo‘lib o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlangan taqdirda, sud axloq tuzatish ishining o‘talmagan muddatini shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo turi bilan almashtirishi mumkin. Bunda Jinoyat kodeksining aybdor sudlangan moddasi sanksiyasi axloq tuzatish ishlariga almashtirilishi natijasida kelib chiqqan muddatdan kam ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosini ko‘zda tutishining yoki umuman ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosini ko‘zda tutmasligining ahamiyati yo‘q.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, sud ushbu jazoning o‘talmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosining bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi (JK 83-moddasining ikkinchi qismi).
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Axloq tuzatish ishlarini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirish masalasini hal qilishda, sud, axloq tuzatish ishi ijrosini amalga oshiruvchi organ tomonidan ushbu jazo ijrosini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilganligi, mahkum qonun talabiga muvofiq jazoni o‘tashdan bosh tortganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi haqida berilgan ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Agar taqdim etilgan hujjatlarda bunday ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, sudya tegishli tekshirish o‘tkazish uchun hujjatlarni ushbu jazo ijrosini amalga oshiruvchi organga yuborish haqida ajrim chiqaradi
Oldingi tahrirga qarang.
23. Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddalariga muvofiq axloq tuzatish ishining o‘talmagan qismini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqidagi ishlar sud majlisida, odatda, mahkum ishtirokida ko‘rilishi lozim. Bu masala mahkum yashirinib yurganligi yoki sudga kelishdan bo‘yin tovlayotganligi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar ishda mavjud bo‘lgan holdagina uning ishtirokisiz hal etilishi mumkin.
Agar axloq tuzatish ishining o‘talmagan qismini ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqidagi materialni ko‘rish vaqtida JPK 533-moddasida ko‘rsatilgan holatlar aniqlansa, sud hukmning ijrosini kechiktirish masalasini muhokama qilishi shart.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 199.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling