«Odobli bola elga manzur»


Partaning orqasida , btkinib turma cho’chib


Download 55 Kb.
bet3/5
Sana21.04.2023
Hajmi55 Kb.
#1374160
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5192845151420023872

Partaning orqasida , btkinib turma cho’chib.
O’qidim deb qatorda, yurgan bilan ish chiqmas ,
O’qiganing uqmasang, uqaning gar yukmasang.
Yukkandan to’qimasang, yillik bahong besh chiqmas
Har kun maktab borganda, biron ilm olib kel ,
Biron bilim olib kel .
O’qituvchining so’zini , maktabingning so’zini,
Kitobingning so’zini , och papkanga solib kel,
O’qish ishda golib kel, dumaloq besh olib kel
O’quvchi: Do’stlik-islom dinining xalqlar orasida tinchlik, do’stlik va o’zaro hamkorlik munosabatlarini o’rnatish haqidagi tal`limotlari o’zining mislsiz hayotiyligi bilan kishi qalbidan chuqur joy olgan. O’rta Osiyo musulmonlari jahonda mustahkam tinchlik o’rnatish uchun o’zlarning munosib hissalarini qo’shib kelmoqdalar.
Boshlovchi: Ashula: - «Toy bola». O’yin: - «O’zbekiston».
O’quvchi: Go’dak chog’ingdan onanga qarash,
Tingmas mehnatkash dadangga qarash
Ular ish qilsa, baqrayib turma
Buyursalar ish o’qrayib yurma!
O’ynoqi o’tkir ko’zingni ishlat,
Qaynoqi zehningni ishlat.
Qulog’ing sezgir, zehningni ishlat.
Qo’ling, oyog’ing qimirlasin
Ishlab bilmayman degan so’zni sen unut
Qo’ling doimo osmondek keng tut.
Har ishda boshdan o’rganmoq kerak,
Har ishda yoshdan o’rganmoq kerak.
Boshlovchi: -Maqollar.
1-O’quvchi: Kamtarlik-kishi bezagi.
2-O’quvchi: Oq ko’ngillikning yuzi ko’rkam.
3-O’quvchi: Oz so’zlar-soz so’zlar.
4-O’quvchi: O’zi yuzsizning so’zi tuzsiz.
5-O’quvchi: Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan.
6-O’quvchi: Odob bozorda sotilmas.
7-O’quvchi: Uyat —o’limdan qattiq.
8-O’quvchi: Odobli bola elga manzur.
9-O’quvchi: Odob oltindan qimmat.
10-O’quvchi: Odobing, obro’ying.
11-O’quvchi: Odobsiz bir yashar- odobli ming yashar.
12-O’quvchi: Ota oldidan o’tma, odob oldidan ketma.
13-O’quvchi: Odobning boshi til.
14-O’quvchi: Ota bo’lish oson-odob berish qiyin.
15-O’quvchi: Odobli o’g’il-ko’kdagi yulduz, odobli qiz-yoqadagi yulduz.
16-O’quvchi: Oltin olma odob ol.
17-O’quvchi: Bola aziz, odobi undan aziz.
18-O’quvchi: Inson odobi bilan, osmon oftobi bilan.
19-O’quvchi: So’z kishining o’zagi, odob kishining bezagi.
20-O’quvchi: Mehmonning oldida odobli bo’l.
21-O’quvchi:Eshik ochiq bo’lsa ham so’rab kir.
22-O’quvchi: Odobing zebu ziynating.
23-O’quvchi: Ko’p bilgan oz so’zlar,oz so’zlasa ham soz so’zlar.
24-O’quvchi: Gapni kam so’zla,ishni ko’p ko’zla.

Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling