Oel090-guruh talabasi norboyev elyor ekologiya fanidan 3-Amaliy mashg’ulot. Global ekologik muammolar. Nazorat savollari
Download 54.54 Kb.
|
3-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar 1 .Ekologik muammo deganda nimani tushunasiz
- 2.Atmosferaning dimiqish hodisasini tushuntiring 2.
- 3.Ozon qatlamining siyraklashish muammosini tushuntiring
OEL090-guruh talabasi NORBOYEV ELYOR EKOLOGIYA FANIDAN 3-Amaliy mashg’ulot. Global ekologik muammolar. Nazorat savollari. 1 .Ekologik muammo deganda nimani tushunasiz? 2.Atmosferaning dimiqish hodisasini tushuntiring? 3.Ozon qatlamining siyraklashish muammosini tushuntiring? Javoblar 1 .Ekologik muammo deganda nimani tushunasiz? 1.Ekologik muammo daeganda insonning tabiatga korsatayotgan ta’siri bilan bog’liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotida, xayotida xo’jalik axamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog’liq (stixiyali talofatlar, iqlimning o’zgarishi, xayvonlarning yalpi ko’chib ketishi va boshqalar) har qanday xodisa tushuniladi. O’zbekistondagi ekologik muammolar. Bugungi kunda Mustaqil O’zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo’lib kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik energetika kimyo oziq-ovqat sanoati transport majmuini yanada rivojlantirish ko’zda tutilmoqda. Respublikada keskin bo’lib turgan ekologik va tabiatni muxofaza qilishga oid muammo quyidagilar: 1. Yirik hududiy – sanoat majmualari joylashgan hududlar Angren OlmaliqChirchiq Farg’ona – Marg’ilon Navoiy va boshqa xududlarni tabiatni muxofaza qilish muammolari. 2. Orol va Orolbo’yi muammolari suv resuslarini muxofaza qilish va ulardan maqbul tarzda foydalanish. 3. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar. 4. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestisidlar va mineralo’g’itlar bilan ifloslanishi. 5. O’simlik va xayvonot dunyosini muxofaza qilish va qayta tiklash muammolari qo’riqxona milliy bog’larini kengaytirish va boshqalar. Ekologik muammolarni hal etish maqsadida davlat tomonidan atrof-muxitni muxofaza qilish tabiiy resuslardan oqilona foydalanishning dasturi ishlab chiqilgan. 2.Atmosferaning dimiqish hodisasini tushuntiring? 2. H a v o - atmosferadagi gazlarning aralashmasi hisoblanib, balandlikning o`zgarishiga qarab uning tarkibi ham o`zgarib boradi. Havo organizmlar uchun yashash muhitigina bo`lmasdan, balki ekologik omil sifatida ham ahamiyatlidir. O`simlikning deyarli 50% quruq vazni havodan o`zlashtirilgan uglerodga to`g’ri keladi. Atmosferadagi toza va quruq havoda 78,1% azot, 21% kislorod, 0,9% argon, 0,03% SO2 bo`ladi. Bulardan tashqari oz miqdorda neon, geliy, kripton, ksenon, ammiak, vodorod, radiy hamda toriy kabi radioaktiv moddalar qoldig’i, shuningdek, har xil azot oksidlari, xlor va boshqa elementlar uchratiladi. Havoda har doim suv bug’lari (0,01—4% gacha) bo`ladi. Havoning quyi qatlamlarida gazsimon tabiiy zarrachalardan tashqari tabiiy aralashmalar ham uchraydi. Ular chang va tutunlar, qurum, ba`zan dengiz tuzlarining kristallari, har xil organik zarrachalar va boshqalar bo`lishi mumkin. Havo tarkibidagi kislorod o`simlik va hayvonlarning nafas olishi uchun zarur bo`lgan elementdir. Uning miqdori havoda etarli darajada bo`ladi. Agarda bu ko`rsatkich 5% ga kamaysa organizmlarning nafas olishi qiyinlashadi. 3.Ozon qatlamining siyraklashish muammosini tushuntiring 3. Ozon qatlamining siyraklanishi: Ozonosfera atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Atmosferadagi azonning eng muhim xususiyati uning doimo hosil bo’lib va parchalanib turishidir. Ozon quyosh nurlari ta'sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo’ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib qolib yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlar miqdorining ortishi tirik organizmlarga salbiy ta'sir qiladi. Ultrabinafsha nurlari ta'sirida nurlanish odamlarda terini kuyishiga sabab bo’ladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta'sirida kelib chiqayotganligi aniqlandi. Hozirgi davrda freonlardan keng foydalanish tufayli hamda aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferada etarli miqdorda ozon to'planishiga imkon bermayapti. Download 54.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling