Оформление "Город Берлин"


Download 4.16 Mb.
bet3/6
Sana08.11.2023
Hajmi4.16 Mb.
#1754366
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ASHEL DAVRI

Olimlar to’rt marotaba muz siljib kelgan degan fikrni ilgari suradi. Muzlikning siljishini gints, mindel, riss va vyurm deb bosqichlarga bo’lganlar. Bu terminlar Alp tog’idagi qishloqlar nomidan kelib chiqqan. Bu qishloqlarda muzliklar va muzlik yotqiziqlari birin-ketin qatlamlangan bo’lib, uning izlari XX asrning o’rtalarigacha saqlanib qolgan. Gints va mindel muzligi O’rta Yevropa hududlariga yetib kelgan. Riss esa yanada kengroq hududlarni qoplagan. So’nggi ashel davri esa xronologik jihatdan riss muzligidan oldingi bosqich bo’lgan. Muzlikning siljib kelishi natijasida sovuqqa chidamsiz hayvonlar qirilib ketadi. Ularning ko’p qismi janubiy hududlarga qarab siljidi. Muzlik bilan kurashish vositalari kam bo’lganligi uchun ko’plab ibtidoiy odamlar sovuqqa bardosh bera olmagan.

Ashel davri madaniyati

Quyi pa-leolit davri madaniyati. Shu davrga oid tosh choʻqmor, bir yoki ikki tomoni uchi-rilib, oʻtkir qilingan turli shakddagi chaqmoq toshlardan iborat qurollar dast-lab Fransiyaning Amen shahri yak,inidagi Sent-Ashelda topilgan va bu madaniyat shu joy nomi bilan atalgan. Ash.m. Davri odamlari ibtidoiy jamiyat tu-zumining quyi bosqichida gʻorlarda, daryo boʻylaridagi pana yerlarda toʻdalashib yashab, ovchilik bilan hayot kechirgan. Olovdan foydalangan. Ash.m. Gʻarbiy vaSharqiy Yevropada, Kavkaz, Old Osiyo, Afrikada tarqalgan. Oʻrta OsiyodaAsh.-m.ga oid qarorgohlar Janubiy Qozogʻistonda (Qoratov), Toshkent viloyati (Koʻlbuloq), Fargʻona vodiysida (Selungur) va boshqa joylarda uchraydi.

Levallua texnikasi

Bu paytda Olduvay bosqichida ma’lum bo’lgan tosh qurollari turi ko’payib, ularning ishlanish usuli takomillashadi, ayniqsa, qo’l cho’qmori yanada mukammallashadi. Ashel davrining o’rtalaridan boshlab tosh qurollariga zamonaviy arxeologiya fan tilida levallua (Parij yaqinidagi Levallua-Perre nomidan olingan) texnikasi, deb ataladigan usulda ishlov berish an’anasi vujudga keladi. Toshga ishlov berishning bunday chaqmoqtoshli toshning atrofidagi tabiiy qobig’i urib uchirib olingandan so’ng hosil bo’lgan gardishsimon (toshbaqa po’stiga o’xshash) shaklli nukleusdan ko’chirib olinadigan tosh bo’laklari va ularning mehnat quroli sifatida ishlanish usuliga nisbatan levallua texnikasi, deb ataladi.


Download 4.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling