Ogahiyning ruboiylari tahlili


Masjidda namoz o’qib mudom ,ey zohid


Download 19.61 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi19.61 Kb.
#1501872
1   2   3   4
Bog'liq
Ogahiy Ruboiylari tahlili,til va adabiyot

Masjidda namoz o’qib mudom ,ey zohid,
Gar topmast ersang murod-u kom,ey zohid.
Ixlos bila kirib xarobat ichra
Soqiy qo’lidan ich to’la jom ,ey zohid.
Ogahiyning bu ruboiysidagi asosiy mazmun shuki,ey bu dunyo hoy-havaslaridan kechgan inson,sen qanchalik ibodat qilmagin,aslida,sen ham nafsing yo’lida jannatni talab qilmoqdasan,jannat umidida Allohga ibodat qilmoqdasan,seni asil maqsading nafsing bo’lib qolmoqda,degan fikrni ilgari surgan.Kom-maqsad2.Ruboiyni kengroq talqin qiladigan bo’lsak,shoir zohidga murojaat qilib ,masjidda mudom(doimo) ibodat qilib maqsadingga yetisholmasang,sen hali chin ishq nima ekanligini bilmabsan,Haqqa yetishish uchun xarobat aro kir va soqiy(piri komil) qo’lidan ishq mayini ich ,shunda maqsadingga erishasan ,demoqda.Shoir zohidga murojaat qilib o’z ijodi mahsulida nido she’riy san’atidan mohirona foydalangan. Nido boshqa she’riy san’atlardan bevosita inson qalbidagi his va hayajonlarni ochiq va kuchli tasvirlab bera olish imkoniyati bilan ajralib turadi. Insonning ichki tuyg‘ulari po‘rtana misoli junbushga kelganida lirik qahramon olamdagi har qanday narsa-hodisalarga, tabiatdagi istalgan narsaga, o‘zining qalbiga, suhbatdoshiga murojaat etishi mumkin.Ruboiyning vazni:hazaji musammani axrabi solimi abtar(maf’uvlu mafoilun mafoilun fa’),shartli begisi:(--V/V-V-/V---/-)
Ey ko’ngil kimsakim seni sevmas,
Qoch aning tegrasiga aylanma.
Kim nasihat qilurda o’tganlar
Dedilar,sevmagang’a suykalma.
O’zbek mumtoz adabiyotida o’chmas iz qoldirgan shoirning bu ruboiysi ham mutafakkirona fikrlarga boy.Shoir seni sevmaydigan kimsalar atrofida aylanaverma,deb ko’ngilga murojaat qilmoqda.Ya’ni o’tganlardan qolgan “suymaganga suykalma”degan ibora bekorga ishlatilmagan.Bu ibora irsoli masal she’riy san’atini hosil qiladi. Irsoli masal (arabcha — maqol keltirish) she’riy baytda fikr qaymog‘ini tashuvchi, ayni paytda, judayam siqiq shakldagi maqollarni qo’llash san’atidir3.Ruboiy vazni :hazaji musammani axrami ashtari solimi abtar(maf’uvlun foilun mafoiylun fa),shartli belgisi:(---/-V-/V---/-)

Download 19.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling