Ogahiyning ruboiylari tahlili


Qish mavsumida qurilsa bir toza o’tov


Download 19.61 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi19.61 Kb.
#1501872
1   2   3   4
Bog'liq
Ogahiy Ruboiylari tahlili,til va adabiyot

Qish mavsumida qurilsa bir toza o’tov,
Yonsa ichida quruq sozoq birla olov.
Armoni bo’lurmi dahr aro ul kishining,
Kim unda tuzib bazim, yesa yog’li palov.
Ogahiyning bu ijod mahsulida hayotsevarlik ruhi mavjud.Qish fasli insonlarni qiynaydigan,azob beradigan fasl sifatida ta’riflanadi.Shunday bo’lsa ham,shoir ruboiyda qish mavsumida isib turgan bir o’tov bo’lsa-yu,unda odamlar bazm qilib,palov yeb o’tirishsa,qish kunlarida bundan ortiq rohat bor ekanmi?!Darhaqiqat,inson ko’ngli orom topadigan ,tinch va xotirjam manzil qidiradi,berashvish hayot izlaydi.Shu kabi inson istaklari hayotiy misollar orqali ruboiy mazmuniga singdirilgan.Ruboiyda qish,o’tov,yonmoq,olov so’zlari tanosub san’atini hosil qilgan. Tanosubbaytda, umuman, she`riy bandlarda ma`no jihatidan bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so`zlarni qo`llash orqali hosil qilinadi4. Ruboiy vazni:hazaji musammani axrabi maqbuzi makfufi ahtam(maf’uvlu mafoilun mafoiylu fauvl),shartli belgisi:(--V/V-V-/V—V/V~)
Xulosa qilib yozadigan bo’lsak,shoir o‘zi yashab ijod etgan murakkab davrni mahorat bilan badiiy umumlashtirganda, zamon va uning ahliga munosabat bildirganda, baqo berganda, insonparvarlik, xalqparvarlik nuqtai nazaridan yondashgan. Uning merosi juda zalvorli va ma’naviyatimizni boyitish uchun asos bo’la oladigan darajada yetuk.Ogahiy ijodining mavzu doirasi keng. Ammo u qaysi mavzuga murojaat qilmasin, ishqni chetlab oʻtolmaydi. Ishq uning qalamida mavzuni yoritishda, gʻoyani ilgari surishda asosiy badiiy vosita; sheʼriyatida ishq — iymon, eʼtiqod, vatan, zakovat timsoli kabi lirik qahramonning oʻy-kechinmalari, faoliyati, dunyoqarashini harakatlantiruvchi kuch. Ogahiy devonida zamon va zamondoshlari tasviri ham katta oʻrin egallagan. Shoir oʻzi yashab ijod etgan murakkab davrni mahorat bilan badiiy umumlashtirganda, zamon va uning ahliga munosabat bildirganda, baho berganda, insonparvarlik, xalqparvarlik nuqtai nazaridan yondashgan. Ogahiy dunyoga, insonga tuganmas muhabbat, hayotga cheksiz mehr bilan qaraydi, ijtimoiy jarayonlarga qattiq qiziqadi. Shoir insonni hayot goʻzalliklarini, muhabbat shavq zavqini toʻlib toshib tarannum etadi. Mutafakkir oʻz asarlariga ijtimoiy fikrlarni mahorat bilan singdirib yuboradi. Misol uchun mashhur “Feruz” ashulasidagi quyidagi satrlarni eslaylik:
Ey shoh, karam aylar chogʻi teng tut yomonu yaxshini,
Kim, mehr nuri teng tushar vayronu obod ustina.
Xoki taning barbod oʻlur, oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurib bod ustina.
Ogahiyning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan gʻoyalari xon va shoir Feruzning siyosiy-maʼrifiy tarbiyasiga taʼsirqiladi. U tarixchi olim sifatida Xiva xonlariga, yirik tarixiy shaxslarga bagʻishlab qasidalar yozgan. Bu satirlar,albatta,fikrimizning isboti bo’la oladi.Shoirning “Qasidai nasihat” degan qasidasi bunga yaqqol misol boʻladi. Uning bu merosini asrab avaylash va kelgusi avlodlar uchun qoldirish har birimizning burchimizdir.

Download 19.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling