O`G`il bolalar kiyimlari uchunh fason va gazlama tanlash, andaza tayyorlash, andazaga fason chiziqlarini kiritish, andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish, texnologik xaritas yaratish
Erkaklar shimining mayda bo’laklari
Download 0.79 Mb.
|
Mavzuuuuuuuuuuu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vitochkalarga ishlov ber
1.2. Erkaklar shimining mayda bo’laklari.
Bichiq bo’laklarini tikishga tayyorlash. Bo’laklarni tayyorlash, bir-biriga ulash va cho’ntaklarni joylashtirish uchun kerakli nazorat belgilari old va ort bo’laklarda borligi tekshiriladi. Ort bo’lakda uloqlar bo’lsa, odim qirqim bo’ylab uloqning ulama choki uchun tikish haqqi kerak bo’ladi. Uloqlar shakli va o’lchami andozaga binoan aniqlanadi. Ort bo’lakdagi gazlama guli uloq guliga to’g’ri kelishi kerak. Old va ort bo’lak yuqori qirqimidagi nazorat belgilari, vitochka-taxlamalar joylashishini andozalarga binoan tekshirib bo’lakning teskrisi tomondan aniqlanadi. Ulashning aniq va shim balansi to’g’ri bo’lishi uchun, yon va odim qirqimlarda nazorat belgilari borligi tekshiriladi. Gazlamaning juda ko’zga tashlanadigan katak yo’l-yo’l guli yon choklarida bir-biriga to’g’ri kelishi kerak. Shim taqilma oxirini aniqlash uchun, nazorat belgisi oldingi qirqimning pastki qismida bo’lishi kerak. Vitochkalarga ishlov ber Shimning ort bo’lagida uloq bo’lib, uni asosiy bo’lakka ulashdan oldin qirqimlarni maxsus mashinada yo’rmab chiqiladi. Uloqlarni ulashda shim bo’laklarining o’ngi tomonlarini ichkariga qaratib qo’yiladi. Qirqimlari tekislanadi va 10 mm kenglikda chok solib, ulab tikiladi. Vitochkalarning kengligi, qanday joylashishi soni shimning gavdaga qanchalik yopishib turishiga va gavdaning to’laligiga bog’liq. Shim old bo’laklarida qirqma vitochkalar yoki dazmollanmaydigan taxlama-vitochkalar qilinadi. Shim old bo’lagini vitochkaning belgilangan o’rta chizig’i bo’ylab bukib, yuqori qirqimidagi nazorat belgilari to’g’ri keltiriladi. Vitochkaning yon tomoni, bo’yi yuqori qirqimidan boshlab chokni tobora yo’q qila borib, biriktirib tikiladi, baxyaqatorning boshlanishi va oxiri puxtalab qo’yildi. Taxlama-vitochkani yuqori-qirqimdan boshlab pastga tomon belgilangan chiziq bo’ylab 40-50 mm biriktirib tikib, boshlanishi va oxiri puxtalab qo’yiladi. Pastki puxta o’rniga bukilgan joyga nisbatan to’g’ri burchak hosil qilgan baxyaqator yuritib qo’ysa ham bo’ladi. Shim ort bo’laklarida yuqori qirqimdan boshlab bittadan yoki ikkitadan vitochka qilinadi ular qirqma yoki noqirqma bo’lishi mumkin. Noqirqma vitochkalar, old bo’laklardagi singari, bo’rlangan chiziqlar bo’ylab tikiladi. Qirqma vitochkalarni tikishda bo’lakning o’ngi tomoni ichkariga qaratib qo’yiladi, vitochka qirqimlari tekislanadi va ularni 7-8 mm kenglikdagi chok kenglikda tabora yo’qota borib biriktirib tikiladi va baxyaqator vitochka qirqimidan 10-15 mm pastroqda puxtalanadi. Vitochka qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi. Shu bilan bir vaqtda yon, odim va o’rta qirqimlar ham yo’rmalanadi. Ort bo’laklarga uloqlar tikilib vitochkalarga ishlov berilgandan keyin namlab- isitib ishlov berishga kirishiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling