Ogohlantirish xati


Download 34.81 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi34.81 Kb.
#1182478
Bog'liq
Ҳудудларга огоҳлантириш хати намуна учун


Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan
bekor qilinishi to‘g‘risida


OGOHLANTIRISH XATI


Hurmatli XXXXXXXXXXXXXXX!
(ogohlantirilayotgan xodimning ismi, familiyasi va otasining ismi)

(egallab turgan lavozimi)


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-yanvardagi 2-xdfu-sonli va Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 6-fevraldagi 1-xdfu-sonli buyruqlariga muvofiq xodimlar soni (shtati) qisqarganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 1-bandiga asosan, Siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2 (ikki) oydan so‘ng bekor qilinishi to‘g‘risida ogohlantirilasiz.


Ko‘rsatilgan ogohlantirish muddatiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek, Siz davlat va jamoat topshiriqlarini bajargan vaqtingiz kirmaydi.
Ogohlantirish muddati davrida Siz haftada bir kun _____________ kuni o‘rtacha ish haqingiz saqlangan holda ishga chiqmaslikka va bu vaqtdan boshqa ish qidirish uchun foydalanishga haqlisiz.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 102-moddasiga ko‘ra xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ushbu moddaning birinchi qismi
1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan ogohlantirish uning muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin.
Shuningdek, Siz O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 67-moddasiga muvofiq belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga egasiz.
Toshkent viloyati maktabgacha
ta’lim boshqarmasi boshlig‘i X.XXXXXXX

Ogohlantirish xatining ikkinchi nusxasini oldim _________________


(imzo)

“_____”___________2023-yil.



Mehnat Kodeksining 100-modda, ikkinchi qismining 1-bandida
ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilinganda
moddiy qo‘llab-quvvatlashning
qo‘shimcha kafolatlari



Moddiy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha kafolatlari

Kafolatlarni berish
asoslari

Moddiy yordamni to‘lash vaqti

O‘rtacha oylik ish haqi miqdoridagi ishdan bo‘shatish nafaqasi

Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq

Mehnat shartnomasini bekor qilingan kun

Mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi ikkinchi oy uchun o‘rtacha oylik ish haqini to‘lash

-mehnat daftarchasi
-shaxsni tasdiqlovchi hujjat

Mehnat shartnomasini bekor qilingandan keyin ikki oy o‘tgach, ish haqi beriladigan kun

Mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi uchinchi oy uchun o‘rtacha oylik ish haqini to‘lash

-mahalliy mehnat organining maʼlumotnomasi
-mehnat daftarchasi
-shaxsni tasdiqlovchi hujjat

Mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin uch oy o‘tgach, ish haqi beriladigan kun

Download 34.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling