Ogohlantirish xati
Download 34.81 Kb.
|
Ҳудудларга огоҳлантириш хати намуна учун
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
- Mehnat Kodeksining 100-modda, ikkinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilinganda moddiy qo‘llab-quvvatlashning
- Moddiy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha kafolatlari Kafolatlarni berish asoslari
Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi to‘g‘risida OGOHLANTIRISH XATI Hurmatli XXXXXXXXXXXXXXX! (ogohlantirilayotgan xodimning ismi, familiyasi va otasining ismi) (egallab turgan lavozimi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-yanvardagi 2-xdfu-sonli va Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 6-fevraldagi 1-xdfu-sonli buyruqlariga muvofiq xodimlar soni (shtati) qisqarganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 1-bandiga asosan, Siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2 (ikki) oydan so‘ng bekor qilinishi to‘g‘risida ogohlantirilasiz. Ko‘rsatilgan ogohlantirish muddatiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek, Siz davlat va jamoat topshiriqlarini bajargan vaqtingiz kirmaydi. Ogohlantirish muddati davrida Siz haftada bir kun _____________ kuni o‘rtacha ish haqingiz saqlangan holda ishga chiqmaslikka va bu vaqtdan boshqa ish qidirish uchun foydalanishga haqlisiz. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 102-moddasiga ko‘ra xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ushbu moddaning birinchi qismi 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan ogohlantirish uning muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin. Shuningdek, Siz O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 67-moddasiga muvofiq belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga egasiz. Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i X.XXXXXXX Ogohlantirish xatining ikkinchi nusxasini oldim _________________ (imzo) “_____”___________2023-yil. Mehnat Kodeksining 100-modda, ikkinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilinganda moddiy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha kafolatlari
Download 34.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling