Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari, avariya sababli to‘xtash belgisining qo‘llanilishi


Download 62.41 Kb.
Sana16.01.2023
Hajmi62.41 Kb.
#1095403
Bog'liq
20 10 27 10 maruza


Andijon mashinasozlik instituti, transport va logistika fakulteti, TVM yo’nalishi K 28-20 guruh talabasi Mavlonov Azimjonning Yo’l harakati qoidalari va avtomobillarni amaliy boshqarish fanidan tayyorlagan QAYTA O’ZLASHTIRISH
Mavzu:
Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari. Ogohlantiruvchi va
avariya ishoralari, avariya sababli to‘xtash belgisining qo‘llanilishi.
Harakatlanishni boshlash, yo‘nalishlarni o‘zgartirish. Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi.
Reja:
1. Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari.
2. Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari, avariya sababli to‘xtash belgisining qo‘llanilishi.
3. Harakatlanishni boshlash, yo‘nalishlarni o‘zgartirish.
4. Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi.
  • Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari

  • Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug‘lik ishoralari qo‘llaniladi. Svetofor ishoralari vazifasiga bog‘liq ravishda doirasimon, yo‘naltirgich, piyoda tasviri tushirilgan va X-simon ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Ishorasi doira shaklidagi svetoforlarda yashil ishoralar bilan bir sathda
    joylashgan ishoralari yashil yo‘naltirgich ko‘rinishidagi bitta yoki ikkita qo‘shimcha
    tarmoq bo‘lishi mumkin.

Ishorasi doira shaklidagi svetoforlarda yashil ishoralar bilan bir sathda joylashgan ishoralari yashil yo‘naltirgich ko‘rinishidagi bitta yoki ikkita qo‘shimcha tarmoq bo‘lishi mumkin.
Svetoforning doirali ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi:
yashil ishora harakatlanishga ruxsat beradi;
miltillovchi yashil ishora ham harakatlanishga ruxsat beradi va uning ta’sir vaqti tugayotganligi hamda ko‘p o‘tmay taqiqlovchi ishora yonishi haqida axborot beradi. Yashilishora o‘chishiga soniyalarda qancha vaqt qolganligi haqida axborot
berish uchun raqamli tablo qo‘llanilishi mumkin.
Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari, avariya sababli to‘xtash belgisining qo‘llanilishi
Quyidagilar ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi:
burilishni ko‘rsatadigan miltillovchi chiroq yoki qo‘l bilan beriladigan
ishoralar; tovushli ishoralar; chiroqlarning yoqib o‘chirilishi;
kunduz kuni yaqinni yorituvchi chiroqlarning yoqilishi.
Haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va to‘xtashdan oldin tegishli yo‘nalishni ko‘rsatuvchi yorug‘lik ishoralarini yoqishi, ular bo‘lmaganda yoki ishlamaganda qo‘l bilan ishoralar berishi shart
Harakatlanishni boshlash, yo‘nalishlarni o‘zgartirish
Haydovchi harakatlanishni boshlash, yo‘nalishni o‘zgartirish (qayta) tizilish, burilish, qayrilib olish, quvib o‘tish va aylanib o‘tish) va to‘xtashdan oldin bajarilayotgan manyovr xavfsiz ekanligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Yondosh hududlardan yo‘lga chiqayotgan haydovchi unda harakatlanayotgan transport vositalari va piyodalarga, shuningdek yo‘ldan chiqishda harakat yo‘nalishini kesib o‘tayotgan piyodalar va velosipedchilarga yo‘l berishi Kerak.
Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi
Relssiz transport vositalari harakatlanadigan bo‘laklar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo‘l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo‘l belgilari bo‘lmasa, haydovchilar harakatlanish bo‘laklari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda o‘zlari aniqlaydilar.
Download 62.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling