Ogohlik va hushyorlik davr talabi


Download 20.97 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi20.97 Kb.
#1260262
Bog'liq
Bayonnoma 12


  1. MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI ATS 13-22 GURUH TALABALARI BILAN “ OGOHLIK VA HUSHYORLIK DAVR TALABI”

MAVZUSI BO‘YICHA O‘TKAZILGAN DAVRA SUXBATI
BAYONNOMASI № __


TATU Qarshi filiali “__”. “_______” .202_ yil

QATNASHDILAR: Tyutor S.F.Boqiyev, ATS 13-22 guruh talaba-yoshlari ishtirok etishdi.


KUN TARTIBI:

  1. Ogohlik va hushyorlik davr talabi”

  2. Turli masalalar :

TATU Qarshi filiali “Telekommunikatsiya texnalogiyalari va Kasbiy ta’lim” fakulteti tyutori S.F.Boqiyev bilan birgalikda tyutorlik soatida “Ogohlik va hushyorlik davr talabi” deb nomlangan mavzusi ostida dars bo’lib o’tildi.
Darsni guruh tyutori S.Boqiyev kirish so`zini quydagilar bilan boshladi Bugun biz hayot sur'ati beqiyos darajada tezlashgan shunday zamonda yashayapmizki, insoniyat hozirga qadar bunday davrni boshidan kechirgan emas. Hozirgi zamonda mafkuraviy xatarlar toboro kuchayib bormoqda.
Bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va xushyor bo'lishimiz zarur, aks holda jamiyatda o'nglab bo'lmas, taraqqiyotdan bir necha o'nlab yillar ortda qolishga sabab bo'ladigan ma'naviy, siyosiy va iqtisodiy muammolar kelib chiqishi mumkin. 
Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida Vatanimizning tinchligi va osoyishtaligini, mustaqilligini asrab – avaylash, yurt ravnaqi, uning istiqboli, gullab - yashnashi bilan faxrlanish xissini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Fuqarolik jamiyati kishilar oʼrtasidagi munosabatlarning yuksak madaniy saviya va teran maʼnaviy zaminga asoslangani bilan ajralib turadi. Bunday jamiyatning ijtimoiy-maʼnaviy hayotida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, ularning moʼʼtabar va hatto, muqaddas sanalishi barqaror boʼlmogʼi shart. Muayyan insonning qadr-qimmati, odamlar orasidagi mehr-oqibat, samimiylik, axloqiy poklik, insofu adolat va insonparvarlik kabi eng ezgu umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik jamiyati hayotining haqiqiy mezonlaridir. Shuning uchun ham, Oʼzbekistonda kechayotgan davlat va jamiyat qurilishi jarayonida tom maʼnodagi vijdon erkinligini taʼminlashga alohida urgʼu berilmoqda.
Biz XXI-fan-texnika axborot asrida yashayapmiz. Bugungi kunda axborot shunchalik katta tezlikka egaki birgina yolgʼon habar bilan kimningdir hayotiga nuqta qoʼyish yoki katta bir halokat sababchisiga aylanib qolishi hech gap emas. Vaxolanki bunday habarlar ijtimoiy saytlarda kuniga kelib turadi. Qanchadan-qancha oʼsmirlar, yoshlar oʼz profillarida bu kabi habarlarni oʼqimoqda. Ongsiz ravishda boshqa doʼstlariga ham joʼnatishmoqda. Koʼrinib turibdiki, habar manzili kengaygan endi uni minglab yoshlar oʼqishi mumkin. Kim kafolat bera oladiki, keladigan xabarlar yoshlarni maʼnaviy dunyoqarashigi putur yetkazmaydi, ularning ruxiyatiga taʼsir etmaydi deb. Аynan balogʼat, oʼsmir yoshdagi yoshlar har narsaga ishonuvchan , har tomonga “egiluvchan” boʼlishadi. Psixologlar agar bir kishini biror yolgʼon xabarga ishontirmoqchi boʼlsang, uning har kuni deyarli bir vaqtda 5-7 kun davomida takrorla, soʼng suhbatdoshing seni gaping yolgʼon boʼlsa ham ishonadi, bu uning ongiga singib qoladi va unga taʼsir oʼtkazishning oson boʼladi deya takidlashadi. Inson psixalogiyasi shunday, baʼzan taʼsir oʼtkazish juda oson, agarki. Unda maʼnaviy boʼshliq boʼlsa, agarki, unda tahdidilarga qarshi immunitet boʼlmasa. Biz mustaqil jannatmakon yurtda yashamoqdamiz. Dunyoga boqing, vatanimizdek tinch oʼlkani topa olasizmi? Аksariyat mamlakatlar urush azobini boshidan kechirmoqda. Qanchasi notinch. Iroq, Suriya, Misr, Liviya, Yaman, Ukraina kabi davlatlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Bu davlatlar iqtisodiy, siyosiy, madaniy jihatdan rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlar edi. Xoʼsh, ularning bugungi holatiga sabab boʼlgan omillar nimada? Аvvalo xalq, omma ongida maʼnaviy boʼshliqning yuzaga kelganligida emasmikan?
Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, bugungi kunda eng muhim vazifamiz oʼsib kelayotgan yosh avlodni diniy-milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ular qalbida oʼz halqi, vataniga mehr- sadoqat tuygʼusini kuchaytirish, ularni har xil buzgʼunchi kuchlarning axborot xurujlaridan ogoh etish va munosib himoya qilish har birimizning ustuvor vazifamizdir.
Darsni guruh sardori R.Aliyev darsni quydagilar bilan davom ettirdi: Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, oqni qoradan, doʼstni dushmandan ajratishga qodir boʼlgan, iymon-eʼtiqodli, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxida tarbiyalab, boy tariximiz va ulugʼ ajdodlarimiz haqida ularning xabardorlik darajasini oshirishga eʼtibor qaratmas ekanmiz, biz oʼzgalar tomonidan dinni targʼib qilish orqali terrorizm, ekstremizm, diniy adovat, oila institutiga bepisandlik, qonunchilikka va koʼp asrlik milliy urf-odatlarimizga rioya qilmaslik kabi salbiy taʼsir koʼrsatilishiga yoʼl qoʼyib va yoshlarimizning porlok kelajagiga putur etkazishimiz mumkin.
Eng buyuk neʼmat boʼlmish tinchlikni asrash oʼz qoʼlimizda. Internetdagi zararli yolgʼon yashiq maʼlumotlar taʼsiriga tushib qolmaslik zarur. Unday diniy ekstremizm va aqidaparaslikni ni targʼib qiluv maʼlumotlarni olishdan, tarqatishdan avval yurt taqdirini, kelajagini va tinchligini oʼylash zarur. Vatani asrash har bir kishining ham qarzi, ham farzi. Zero Vatan sajdogoh kabi muqaddasdir! Oʼzbekiston – bizning vatanimiz! Uni ximoya qilish har bir yigit –qizning burchidir.
Qaror qilindi:

  1. Telekommunikatsya texnologiylari va kasbiy ta’lim fakulteti tyutori S.F.Boqiyevning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Ogohlik va hushyorlik davr talabi”mavzusi haqida fakultetdagi barcha talabalarga yetkazilsin.

  3. Turli masalalardagi talabalarning dars mashg’ulotiga qatnashishi, kiyinish odobi va xulq atvori qattiq nazoratga olinsin.

  4. Qaror ijrosini nazoratini o’z zimmamga qoldiraman.



Guruh tyutori: X.B.Sherboboyev


Guruh sardori: R.Aliyev
Download 20.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling