Og‘riq qoldirurchi dori vositalari


Download 15.32 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi15.32 Kb.
#1446786
Bog'liq
Og\'riq qoldiruvchi

Og‘riq qoldirurchi dori vositalari


Insoniyatning evolutsion taraqqiyoti davomida paydo bo‘lgan og‘riqni sezishni idrok etishi (analgetiklar) fiziologik jarayondir. Bu hisning asosiy zaruriyati odam organizmiga xavf solayotgan ta’sirot to‘g‘risida darak berish, shu bilan birga bunga qarshi tadbir ko‘rish va bo‘lajak ko‘ngilsiz asoratlarning oldini olish imkoniyatlarini ishga solishdir. Boshqacha aytganda, og‘riqning bo‘lishi organizmni xavfli ta’sirlardan himoya qilishga qaratilgan. Shu bilan birga, og‘riq sezgisi jarrohlik yo‘li bilan bemorlarga davo ko‘rsatishda katta to‘siq hisoblanadi. Haddan tashqari og‘riq bo‘lishi uyquning buzilishiga, notinchlikka, ish qobiliyati, hara- katning pasayishiga, ayniqsa, og‘riqning zo‘rayib ketishi ancha xavfli bo‘lgan karaxtlik holatiga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, miokard infarkti, o‘tkir pankreatit, buyrak tosh kasalligining xuruji, suyaklarning sinishi, xavfli o‘smalar, katta jarohatlanishlar va shikastlanishlarda shu holatlar kuzatilishi mumkin.

Og‘riq sezgisi alohida sezuvchi nervlarning retseptorlari


notsitseptorlar orqali amalga oshiriladi. Bular organizmning deyarli hamma to‘qimalarida joylashgan sezuvchi nervlar (afferent nervlar yoki markazga intiluvchi nervlar) tolalarining oxirida bo‘lib, mexanik, fizikaviy, kimyoviy va boshqa ta’sirlar natijasida ularda hosil bo‘lgan impulslar nerv tolalari orqali orqa miyaga o‘tib, ko‘tariluvchi afferent yo‘l bilan retikular formatsiyaga, talamus, gipotalamus, bazal gangliyalar, limbik tizim va, nihoyat, bosh miya po‘stlog‘idagi sezish markaziga boradi, shundagina og‘riq seziladi. Og‘riq sezgisi retseptorlarini endogen moddalar ham ta’sirlab, og‘riqqa sabab bo‘lishi mumkin (masalan, gistamin, bradikinin va boshqalar). Og‘riq sezish faqat jarrohatlanish, lat yeyishda bo‘lib qolmasdan, to‘qimalarning yallig‘lanishi, shishlar, ezilish, yaralar, qon yetishmagan to‘qimalarda ham paydo bo‘lishi mumkin.
O‘tgan asrning 70-yillarida hayvonlarning miya to‘qimasida og‘riq qoldiradigan moddalar topilgan (Djo Xyuz, Xao Li). Ular
neyropeptidlar bo‘lib, o‘z tarkibida turli aminokislotalar qoldi- g‘ini saqlaydi (endorfin, enkefalin, dinorfinlar). Ushbu neyropep- tidlar og‘riq impulslarini o‘tkazishda qatnashadigan opiat retsep- torlarini bloklab, og‘riqni qoldiradi. Bu borada narkotik anal- getiklarning o‘rnini bosadigan og‘riqsizlantiruvchi neyropeptid moddalarni topish to‘g‘risida ishlar olib borilgan.
Tibbiyot amaliyotida, ayniqsa, anesteziologiyada ishlatiladigan og‘riq qoldiruvchi dori vositalari farmakodinamikasi va ishlatilishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: narkoz moddalari (umumiy anestetiklar), narkotik analgetiklar, nonarkotik analgetiklar va mahalliy anestetiklar.
Download 15.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling