Og`zaki bayon usullari Reja: kirish Og’zaki bayon usullari: hikoya, suhbat, tushuntirish, o’quv ma’ruzasi


Download 91 Kb.
bet3/7
Sana20.06.2023
Hajmi91 Kb.
#1632236
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Og`zaki bayon usullari

1.Savol-javob suhbati. Bunda o’qituvchi savollar qo’yadi. O’quvchilar unga qisqa javob qaytaradilar.Savol-javob orqali geografik ob’yektlarni joylashishi haqidagi bilimlar aniqlanadi.Bu metodda o’quvchilarning ilgari olgan bilimlari takrorlanadi. Masalan: Yevropa bilan Osiyo , Yevroosiyo bilan Afrika o’rtasidagi chegaralar qayerlardan o’tadi.
2. Keng qo’llangan evristik suhbat: Bu metodda o’qituvchi bilish faoliyatini ustidan nazorat qiladi. Ular diqqati geografik ob’yekt va hodisalarning eng muhim belgilarini aniqlashga va mustaqil xulosalar chiqarishga qaratiladi. Savollar shunday qo’yilishi kerakki, berilgan javob asosiy fikrni davom ettirish kerak. Quyidagi O’zbekiston iqlimi mavzusida iqlim kartasi asosida bir-birini to’ldiruvchi quyidagi savollarni berish va unga javob talab qilish mumkin.
1.O’zbekistonning Shimoliy va Janubiy qismida havo harorati qanday?
2. Shu joylarda qish harorati qanday?
3. Shu joylarning havo harorati ni yillik ampilitudasi qanday?
4. Yillik ampilitudaning bunday farqlanishiga sabab nima?
5. O’zbekiston Shimoli va Janubida yog’inlarning taqsimlanishi qanday?
6. Yog’inlarning bunday farqlanishigqa sabab nima?
7. Sovuq kunlar O’zbekiston Shimoli va Janubida qancha vaqt davom qiladi?
Keng qo’llashda bunday suhbatda asosan yangi bilimlarni o’rganishda va yakuniy takrorlashda qo’llaniladi. Suhbatda bir necha tipdagi savollar qo’yiladi.

    1. O’quvchilardagi mavjud bilimlarni aniqlash savollar.

    2. Karta ko’rgazmali qurollar, statistik materiallar asosida yangi bilimlarni egallashda qo’llaniladigan savollar.

    3. Taqqoslash orqali geografik voqea va hodisalarning sabab oqibatlarini bilishga qaratilgan savollar va hokazo.

Geografiya ta’limidagi karta asosida uyushtiriladigan suhbat keng qo’llaniladi. Suhbat metodini didaktik maqsadga ko’ra 3 xil bo’lishi lozim.
1.Tushuntirish yoki kirish suhbati: yangi materialni o’rganishda qo’llashda va o’quvchilardagi mavjud bilimlarga tayangan holda uyushtiriladi.O’quvchilar obekt va hodisalar o’rtasidagi aloqalarni mustaqil aniqlashdan iborat bo’lgan vazifalarni bajaradi. O’quvchilarga karta va boshqa ko‘rsatmali vositalar asosida savollar beriladi. Savollar vositasida yangi materiallar bilan boshlanadi. Masalan: Afrika iqlimini o’tishda o’quvchilar 4-sinfda egallagan tushunchasi esga solinib iqlimga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanadi.

Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling