Og'zaki bayon usullari reja: Og’zaki bayon usullari: hikoya, suhbat, tushuntirish, o’quv ma’ruzasi
Savollarga keraksiz ortiqcha so’z va jumlalar kiritilmasligi lozim
Download 117.5 Kb.
|
7.og\'zaki bayon usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. G’oyat murakkab va g’oyat uzun javob berish talab qilinadigan savol tuzmaslik kerak. 7. Ha yoki yo’q deb javob ko’tarish talab qilinadigan bo’lmasligi kerak
- 9. Muhokama disskussiya talab etiladigan savollar puxta o’ylab o’rtaga tashlashi kerak
4. Savollarga keraksiz ortiqcha so’z va jumlalar kiritilmasligi lozim. Masalan: Endi ko’raylikchi, kim javob beradi.Demak,ya’ni so’zlarni keragidan ortiqcha ishlatmaslik kerak.
5.Javobi anglashilgan savollar bermaslik kerak. Masalan: Kuzatuvchi yuqoriga ko’tarilgan sari ufq chizig’I kengayadimi? Bu savolni kuzativchi yuqoriga ko’tarilganda ufq qay holda o’zgaradi shaklida havola qilingan va tuzgan ma’qul. 6. G’oyat murakkab va g’oyat uzun javob berish talab qilinadigan savol tuzmaslik kerak. 7. Ha yoki yo’q deb javob ko’tarish talab qilinadigan bo’lmasligi kerak . Masalan:Amudaryo Orolga quyiladimi? Volga Kaspiyga quyiladimi? 8. Har xil javob berishi mumkin bo’lgan noaniq savollar berishdan qochish kerak. Masalan: Sel paytida nima bo’ladi? Tumanchi? 9. Muhokama disskussiya talab etiladigan savollar puxta o’ylab o’rtaga tashlashi kerak. Masalan: Orol ko’li yana o’z holiga qaytishi mumkinmi yoki Orol butunlay qurisa nima bo’ladi? Va hokazo. 10. Savollar ma’noli gramatik jihatdan to’g’ri sodda tilda tushunarli qilib ifoda etilishi kerak. Bilimlarni egallash shartli sifatida suhbat o’quv jarayonida turli o’rinni egallash mumkin . Dars berishda tayyorgarlik va yangi materialni o’zlashtirish uyga berilgan vazifani tekshirish e’tiborini to’plash vositasi bo’lishi tushuntirish jarayonda yangi materialni o’rganilgan bilimlar bilan bog’lash dars yakunida o’rganiladigan qoidalar va ta’riflarni mustahkamlash metodi sifatida yakun sifatida foydalanishi mumkin. Suhbat boshqa metodlar bilan bog’langan bo’lib , ularni to’ldirib turadi. Materialning egallashning har qanday shakllarida qisqacha suhbatlardan foydalaniladi. Geografiya ta’limida og’zaki bayon metodlari bilim berishning asosiy metodlaridan biri xisoblanadi. Chunki o’qitish metodlarini barcha turlarini qo’llaganda mazkur metod u yoki bu shaklda albatta qo’llaniladi. O’qituvchining og’zaki bayoni quyidagi talablarga javob berishi lozim: - ilmiy jihatdan to’g’ri bo’lishi va ilmiy asoslangan bo’lishi zarur; - bilimlar mantiqan to’g’ri bo’lishi lozim; - bilimlar o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishi kerak; - o’qituvchining og’zaki nutqi qiziqarli bo’lishi zarur; - bayon me’yorida bo’lishi va uni o’quvchilar yozib olishga ulgurishi kerak; - og’zaki bayon boshqa usullar bilan qo’shib olib borilishi lozim; - og’zaki bayonda nutq yaxshi rivojlangan bo’lishi lozim. Og’zaki bayon usullari to’g’i qo’llanganda u o’quvchilarda quyidagi xususiyatlarni rivojlantiradi: O’qtuvchi fikrlarni kuzatib borish ko’nikmasini rivojlantiradi; geografik bilimlar va ular orasidagi aloqalarni yaxshi qabul qiladi; og’aki bayondagi asosiy fikrni o’zlashtirish ko’nikmasi shakllanadi. O’qituvchi tomonidan o’quv materialini aniq bir mantiqiy yo’nalishda ochib berishni o’quvchilarda tafakkurni rivojlanishiga yordam beradi. Og’zaki bayon metodini afzalliklaridan biri shundaki unda 15-20 minutda katta xajimdagi material beriladi va vaqtdan samarali foydalaniladi. Og’zaki bayon metodlarini qator yutuqlari bilan birga kamchiliklari hm mavjud. Masalan; og’zaki bayon metodlari yordamida haritalar bilan ishlash darslik bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirib bo’lmaydi. Ayrim vaqtlarda og’zaki bayon metodlari o’qitishning asosiy metodiga aylanib qolishi mumkin, bunda o’quvchilar mustaqil ishlarni bajarish ko’nikmalari shakllanmaydi yoki mazkur ishlarga kam e’tibor beriladi. Dars o’qitishda og’zaki bayon metodi yordamida faqat o’quv materialining asosiy mazmunini ochib berishga harakat qilinadi va sinf qanday ishlaydi, o’quvchilarni faollashtirishga kamroq e’tibor beriladi. Og’zaki bayon metodi o’quvchilarni diqqat bilan tinglashni talab qiladi. Shuning uchun og’zaki bayon metodlari bilan dars o’tishda o’quvchilarda tinglash ko’nikmasini shakllantirish lozim. Bunda o’quvchilar berilayotgan materialni faqat qabul qilishi va fikrlashi talab etiladi. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’quvchilarni bilimini o’zlashtirishni boshqarishi lozim. Bu esa o’quvchilarga dars mavzusi va rejasini tushuntirish orqali amalga oshiriladi. O’quvchilar geografik bog’liqliklarni yaxshi tushunishi uchun o’quvchi geografik borliq va hodisalarni bayonini rejasini ishlab chiqishi lozim. Reja o’quvchi tomonidan sinf taxtasiga yozib chiqiladi yoki og’zaki e’lon qilinadi. O’quvchilar mazkur rejani daftarlariga yozib olishadi. Bu esa o’quvchilarni bayon qilayotgan mavzu mazmunini yaxshi o’zlashtirishiga yordam beradi. Reja bo’yicha o’quv materialini mazmuni bayon qilingandan so’ng o’qituvchi xulosa qiladi. Agar o’quvchilar darsni yaxshi o’zlashtirgan bo’lsa, o’zlari mustaqil ravishda xulosa qilib gapirib berishlari mumkin. Bunda suhbat metodidan foydalaniladi. O’quv materiali mazmunini o’quvchilar o’zlashtirishini osonlashtirish maqsadida o’quvchilar diqqatini eng muhim narsalarga qaratish lozim. O’quvchilarda eshitish ko’nikmasi asta-sekin shakillanadi. Shuning uchun turli sinflarda og’zaki bayon davomiyligi turlicha bo’ladi. Quyi sinflarda og’zaki bayon 5-10 minut, yuqori sinflarda esa darsni to’liq egallashi mumkin. O’qitishning og’zaki metodlari quyidagi turlarga bo’linadi: Geografik qonuniyatlar, qonunlar va bog’liqliklar hamda tabiiy va iqtisodiy geografik jarayonlar tushuntirish metodi orqali o’rganiladi. Quyi sinflarda tushintirish metodi quyidagi mavzularni o’rganishda qo’llaniladi: plan va harita, Yerning yillik harakati, Yerning ichki tuzilishi, tog’ jinslari, relyef va uning turlari vulkanlar, okean suvlarning sho’rligi va harorati, quruqlik suvlari, atmosferaning tuzilishi, mussonlar, tsiklonlar va passatlarning, past bosim va yuqori bosim oblastlarning xosil bo’lishi va x.k Yuqori sinflarda esa tushintirish metodi xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlarni tuzilishi va ularni rivojlantirish qonuniyatlarni, mehnatni geografik taqsimotini, iqtisodiy rayonlarni vujudga kelishini, transport tizimini va xalqaro iqtisodiy aloqalarni asosiy turlarini va boshqa mavzularni o’rganishda qo’llaniladi. Tushuntirish metodi isbotlash shaklida olib boriladi. Tushuntirish jarayonida o’qituvchi xodisalar orasidagi bog’liqliklarni ochib beradi va o’quvchilarni asosiy tabiiy geografik va iqtisodiy geografik qonuniyatlar bilan tanishtiradi. Masalan, ma’lum bir joyda tutashayotgan issiqlikni quyosh nurlarni tushishi burchagiga bog’liqligini, harorat va bosimni balandlik ortgan sari kamayib borishini va x.k. Tushuntirish o’quvchilarni bilish qobiliyatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Tushuntirish davomida o’qituvchi o’quvchilar diqqatini oshirish maqsadida ular oldiga savollar qo’yadi va o’z fikrini ifoda qilishni taklif etadi. Masalan, passatlar Afrika iqlimiga qanday ta’sir ko’rsatadi; havo Yer yuzasidan ko’tarilganda nima sodir bo’ladi va x.k. Tushintirish davomida o’qituvchi haritadan, sinf taxtasidan va turli xil ko’rgazmali ko’rollardan foydalanadi. Iqtisodiy geografiya kurslarida quyidagi mavzular tushintirish metodi yordamida olib borilishi mumkin: xo’jalikni tarkibiy qismlari, sa’noat va qishloq xo’jaligining tarkibiy qismlari va tuzilishi. Tushintirish ma’lum bir tartibda, ayrim Hikoya metodi deb geografik borliq, voqea va xodisalarni jonli tasvirlashga aytiladi. Bunda o’qituvchining jonli so’zi muhim o’rin tutadi. Hikoya metodi bilan o’quvchi geografik voqea va xodisalarni, borliqni o’quvchilar ongida jonli tasvirlarni shakllantirishda, o’quvchilarni geografik kashfiyotlar bilan, o’ziga xos landshaftlar bilan, turli xil davlatlardagi aholining hayoti va faoliyati bilan tanishtirishda foydalanadi. Hikoya metodi quyidagi talablarga javob berishi zarur: -hikoya qilinishi lozim bo’lgan geografik borliq, voqea va xodisalar oldindan tanlab olinishi lozim; -hikoya o’quvchilar ongida o’rganilayotgan geografik borliq, voqea va xodisalar haqida aniq tasavvur xosil qilishi lozim; - hikoya ishonchli bo’lishi lozim, asosiy ma’lumotlar ikkinchi darajali ma’lumotlardanajralib turishi zarur; - hikoya davomida turli xil ko’rgazmali qurollardan foydalanish kerak; - quyi sinflarda ko’proq o’qituvchi o’zi ko’rgan geografik voqea va xodisalar haqida hikoya qilib berishi kerak; - hikoya hayot bilan bog’langan bo’lishi, oson tushuniladigan va qiziqarli bo’lishi kerak; -hikoya geografiya fanining eng so’ngi yutuqlaridan foydalangan xolda bayon qilinishi lozim; - hikoya g’oyaviy siyosiy jihatdan to’g’ri yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Unda kundalik matbuotda e’lon qilingan ma’lumotlardan foydalanmoq zarur. Hikoyaning samaradorligi ko’p xollarda o’quv materialini tanlashga, dalillar va umumlashmalarni to’g’ri nisbatiga bog’liq. Hikoya davomida o’qituvchi turli xil ma’lumotlarni bayon qilish davomida asosiy va eng muhim narsalarni, ya’niy geografik tushunchalarni shakillantirishni esdan chiqarmasligi kerak. Beriladigan ma’lumotlar qancha ko’p va qiziqarli bo’lmasin agar ular bir tizimga solinmagan bo’lsa, ular orasidagi aloqalar va bog’liqliklar ochilmasa va tegishli xulosalar qilinmasa hikoya ko’zda tutilgan samarani bermaydi. Dalillar, xulosa va umumlashmalarni mustahkamlashi va aniqlashtirish va o’quvchilarni o’zlashtirishini osonlashtirish lozim. O’quvchilar ongida geografik voqea va xodisalar haqida ongli tasavvur xosil qilish uchun o’qituvchi hikoya davomida ekskursiya va sayohatlar davrida olgan shaxsiy ma’lumotlaridan ham foydalanishi mumkin. Hikoya yaxshi chiqishi va samarali bo’lishi uchun bayon davomida harita, gerbariy, maket, diagramma va boshqa materiallardan foydalanish zarur. Ko’rgazmali qurollar o’qituvchi hikoya yordamida shakillantiriladigan tasavvurlarni to’ldiradi va aniqlashtiradi. Hikoya davomida geografik borliq, voqea va hodisalar tasvirlangan rasmlardan ham foydalaniladi. Hikoya metodi alohida mamlakatlar va o’lkalar geografiyasini o’rganishda katta foyda beradi. Hikoyadan darsning turli bosqichlarida foydalaniladi. Hikoya qo’shimcha bilimlarni xabar qilish vositasi ham bo’lishi mumkin. Ba’zida hikoya dars jarayonida mustaqil o’rin ham egallashi mumkin, uning turli bosqichlarida tushintirish metodini qo’llash mumkin. Ayrim hollarda o’qituvchi qisqa hikoyadan tushuntirishga o’tishi mumkin. Masalan, zil-zila jarayonini hikoya qilib keyin uni sababini tushuntiradi. V-VII sinfarda mavzular ko’proq tasviriy tarzda hikoya qilib beriladi. Masalan yirik shar-sharalardan Niagara va Viktoriya yangi Kongo xavzasidagi nam ekvatorial o’rmonlarni yoki baland tog’ o’lkasi tabiat manzarasini tasvirlab berish mumkin. VI-VII sinflarda geografik borliq va xodisalarni tasvirlash,tushuntirish, sharxlash ilmiy dalillar bilan qo’shib olib boriladi, V-VI sinflarda 3-10 minut, VI-VII sinflarda 10-15 minut, VIII-IX sinflarda 15-20 minut bo’lishi lozim. Suhbat metodi-o’qitishning savol-javob shaklidir. Bu metodda o’qituvchining savoli va o’quvchining javobi asosiy o’rin tutadi. O’qituvchi suhbat davomida o’quvchilar fikrini o’rganiladigan geografik borliq va xodisalarni asosiy belgilariga yo’naltiradi va ularni bilish faoliyatini boshqarib boradi. O’qituvchi darsda o’tiladigan mavzuni e’lon qiladi, zarur savollarni o’rtaga tashlaydi, suhbatni mantiqiy qismlarga bo’ladi, o’quvchilar javobini tinglaydi, javobdagi xatolarni tuzatadi va to’ldiradi. O’qituvchi suhbat davomida karta va boshqa ko’rgazmali qurollardan hamda o’quvchilarni ilgarii olgan bilimlaridan foydalanadi. Mazkur usulda o’quvchilar bilimlarini boshqa metodlarga nisbatan yaxshiroq o’zlashtira olishadi. Ushbu metodning avzal tomonlari shundaki, dars davomida o’quvchilarni bilimlari tekshirib boriladi. Shuning uchun suhbatni geografiya ta’limidagi yetakchi metodlardan biri deyish mumkin. lekin hamma darslarda ham ushbu metodni qo’llab bo’lmaydi. Masalan, Quyosh tizimida sayyoralar, Yerning quyosh atrofidagi harakati, Beruniyning geografiya faniga qo’shgan hissasi kabi bilimlarni suhbat metodi yordamida o’tib bo’lmaydi. Suhbat metodini umumiy bilimlarni berib bo’lgandan so’ng, ayrim materiklar geografiyasini o’rganayotganda qo’llash mumkin. Masalan, Afrikaning iqlimi, Osiyoning relyefi, Janubiy Amirika daryolari va x.k... ya’ni o’quvchilar zarur bilimlarni egallab bo’lgandagina ushbu metodni qo’llash mumkin. Ushbu metod ikki turga bo’linadi: katexezik (savol-javob); evristik (keng ko’lamdagi) suhbat. Katexezik suhbatda o’qituvchining savoliga o’quvchilar qisqa va aniq javob beradi. Savol-javob orqali geografik ma’lumotlar va xodisalarning joylanishi haqidagi bilimlar aniqlanadi. Masalan, Afrika bilan Yevroosiyoning chegarasi qayirdan o’tadi, qaysi kanal Shimoliy va Janubiy Amerika qi’alarini ajratib turadi, faqat bitta yarim sharda joylashgan materik qaysi, maktabga 180 azimutda borsangiz qaysi azimutda qaytib kelasiz va x.k. Katexezik suhbat eng oddiy suhbat turi bo’lib xisoblanadi. Bunda o’qituvchining qisqa va aniq savollarga o’quvchi qisqa va aniq javob berishi shart. Katexezik suhbatda o’qituvchining savollari mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog’langan bo’lishi mumkin va ular o’quvchini qaysidir muammoni yechishga undamaydi. Masalan, Volga daryosi qaysi ko’lga (dengizga) quyiladi, Marianna cho’kmasi qaysi okeanda joylashgan, O’zbekistonning eng past nuqtasi qaerda joylashgan va x. k. Mazkur suhbat o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini tekshirish, o’quv materialini mustahkamlash va qisman takrorlash uchun qo’llaniladi. Download 117.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling