Og‘zaki korpus


Download 18.58 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi18.58 Kb.
#1416647
Bog'liq
OG\'ZAKI. KORPUS


OG‘ZAKI KORPUS
OG‘ZAKI KORPUSI - Og‘zaki korpuslar yozma korpusga nisbatan kam miqdordagi so‘zshaklni qamrab oladi. Bu faqat ma’lumotni yig‘ishning qiyinligi uchun emas, balki prosodik tadqiqot uchun kam miqdor ham yetarli sanaladi. Masalan, intonatsiyani o‘rganish uchun 100.000 so‘zdan iborat korpus yetarli bo‘ladi. Bunday korpuslar monologik, dialogik nutqni o‘z ichiga oladi. Material yig‘ish uchun radio, televideniye yozuvlari, sotsiologik, sotsiolingvistik so‘rov natijalaridan foydalaniladi. Bugungi kunda (XX asrning 70-yillardan farqli o‘laroq) ovozni yashirin usulda yozib olish etik me’yorga to‘g‘ri kelmaydi. Odatda, respondent haqida atroflicha to‘liq ma’lumot (yozuv o‘rni, respondentning nima bilan shug‘ullanayotganligi, vaqti, sana, ishtirokchilar soni, jinsi, yoshi, suhbatning favqulodda (tabiiy)lik darajasi, mavzu, ishtirokchining etnik mansubligi, asosiy (ona) tili, kasbi, ijtimoiy mavqei va h.) yig‘iladi. Eng mashaqqatli ish transkripsiyalash jarayoni, bir soatlik ovozli yozuvning orfografik transkripsiyasi, minimal intonatsion razmetkasini tayyorlash uchun 10 soat vaqt kerak bo‘ladi. Agar matn TEI (Text Encoding Initiative) asosida to‘liq razmetkalansa, bu ishga 25 soat vaqt sarflanishi mumkin. Razmetkasiz og‘zaki korpus hech qanday ahamiyatga ega emas, chunki, hech bo‘lmaganda, bir vaqtdagi nutqning to‘xtam davomiyligi, urg‘u va intonatsiyasi ko‘rsatilishi lozim. Ba’zan matnga izohlar ham qo‘shiladi. London-Lund korpusi to‘liq razmetkasi og‘zaki korpus razmetkalari uchun standart vazifasini o‘tayapti. Korpus materiali necha tilda berilishiga ko‘ra bir va ko‘p tilli deb tasniflanadi .

Захаров В.П., Богданова С.Ю. Корпусная лингвистика. – Иркутск: ИГЛУ, 2013. – 161 c.Грудева В.А. Корпусная лингвистика. Учебное пособие. 2-е изд., стереотип. – М.: Флинта, 2012. – 165 с. Курс “Корпусная лингвистика” (А.Б. Кутузов) Лицензия Creative commons Attribution Share-Alike 3.0 Unported (Электрон ресурс) // lab314.brsu.by/kmplite/kmp-video/CL/CorporeLingva.pdf . Хамроева Ш. Ўзбек тили муаллифлик корпусини тузишнинг лингвистик асослари. Монография. – Германия: GlobeEdit, 2020. Ҳамроева Ш.М. Корпус лингвистикаси атамаларининг қисқача изоҳли луғати. – Тошкент: Камалак, 2018. – 96 б.


http://ruscorpora.ru http://aot.ru/search1.html
http://sketchengine.co.uk/
Download 18.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling