Biror voqelik yoki hodisa to‘gʻrisida fikrlash yozma mashqlar orqali takomillashadi. Yozma nutq mashqlari muayyan mavzu doirasida bevosita fikrlashga majbur etadi. Yozma nutq bilan doimiy shugʻullanadigan kishi doim o‘ylab gapirishga odatlanadi. Yozma nutq bilan muttasil shugʻullanmagan kishining yozma nutqi bilan ogʻzaki nutqi hech qachon muvofiqlashmaydi.
Yozma nutq oldiga quyidagi talablar qoʻyiladi:
1.Har bir soʽz yoxud termin, har bir gap, jumla mazmunni toʻliq ifodalashga va muallif maqsadini ochishga xizmat etishi shart.
2.Yozma nutq imkon qadar sodda va aniq, izchil va mantiqli ifodalanishi lozim.
3.Yozma nutqda fikrlar rasmiy uslub doirasida sodda va ravon, tushunilishi yengil bayon etilishi kerak.
4.Tushunilishi qiyin boʻlgan terminlardan iloji boricha foydalanmaslik, agar matnda faqat mutaxassislar uchun tushunarli boʻlgan terminlar qoʻllanilsa, bunday terminlarga izohlar va sharhlar berib borilishi maqsadlidir.
2-topshiriq. Matnni o’qing. Ushbu ma’lumotlardan foydalangan holda mutaxassisligingizga oid matn shaklantiring.
Yozma muloqot mobaynida quyidagi usullarni egallashni maslahati beriladi:
3-topshiriq.Lug‘atdan foydalanib mutaxassisligingizga oid kichik atamalar lug‘atini tuzing. Ularning ma’nosini puxta o‘zlashtiring. 3-topshiriq.Lug‘atdan foydalanib mutaxassisligingizga oid kichik atamalar lug‘atini tuzing. Ularning ma’nosini puxta o‘zlashtiring. 4-topshiriq. O`qing. Quyidagi hikmatli ibora va fikrlarning ma’nosini izohlang. So`zlaringda bo`lsin bo`sin fikru o`y yoniq, Bo`lsin har so`zingda bir nuqta aniq (Xisrav Dehlaviy). “O`ylamasdan so`zlama, har bir so`zni oʻylab gapir, to aytgan so`zingdan pushaymon boʻlmagaysan” (Kaykovus). “Ey farzand, so`zning yo`z va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so`zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir”( Kaykovus). “Shunday so`zlagilki, bu so`z bekor va zoye ketmasin”( Kaykovus).
Do'stlaringiz bilan baham: |