“So`z eshitishdan qochma, kishi so`zni eshitish bilan notiq bo`ladi”(Kaykovus). “Agar, nutq noaniq bo`lsa, u maqsadga erishmaydi” (Aristotel). "So`zingga ehtiyot bo`l, boshing ketmasin, Tilingga ehtiyot bo`l, tishing sinmasin."(Yusuf Xos Hojib). Nodonning so`zi o`z boshini yeydi" (Yusuf Xos Hojib). "Aql ko`rki so`zdir va til ko`rki so`z, Kishi ko`rki yo`zdir, bu yo`z ko`rki koʻz" (Yusuf Xos Hojib). "Tug`ilgan o`ladi, ko`r, nom-nishonsiz qoladi, So`zingni ezgu so`zla, oʻzing abad o`lmaysan." (Yusuf Xos Hojib). 6-topshiriq. Turli uslublarda qo‘llanuvchi (ilmiy, publitsistik, rasmiy, badiiy va so`zlashuv) 20 ta so’zning har biriga bittadan gap tuzing. - 6-topshiriq. Turli uslublarda qo‘llanuvchi (ilmiy, publitsistik, rasmiy, badiiy va so`zlashuv) 20 ta so’zning har biriga bittadan gap tuzing.
8- topshiriq.Ajratilgan soʽzlardagi xatolikni izohlang va ularni to’gʻrilab daftaringizga ko’chiring. Qo`shimchalarni o`rnida qoʻllamaslik nutq to`g`riligiga qay darajada putur yetkazishi to`gʻrisida fikr yuriting. San`atning katta yoʻl chiqish uchun iqtidor, izlanish va mehnatning oʽzigina kifoya qilmaydi. Kishini ilgariga yetaklov “ichki kuch” ham boʻlishi zarur. Ustoz san`atkor Muhammadjon Mirzayev saboqlarini tinglashganim, bastakor Shavkat Mirzayev sinfiga tahsil olganim, bu ikkisining chin ustozlik mehri mendandagi “ichki kuch”ni yillar davomida ulgʻaytira bordi. Ovozning sozlash, talaffuz ustida ishlash, gʻazal matnini qayta-qayta o’qish mazmunini tushuntirishga, so`z tugul har bir harfning aytilish qoidasi amal qilish… ularning bu talabchanligini oʽz samarasini berdi. 9-topshiriq. Berilgan gaplarda nutqning qaysi kommunikativ sifati buzilgan? Ushbu gaplarning to`g`ri variantlarini yozib chiqing. - Ro`yxatga olish kitobi joriy etildi. - Avlodlar merosini o`rganamiz. - Tarbiyachi kitobni xontaxta tortmasiga qo`ydi. - Hozir o`zbek tili sabog`idan dars o`tamiz. - Ismi-sharifingiz nima? - U o`z hadyasini tuhfa etdi. - Yangi texnologiya iqtisodiy sarf-xarajatlarni ancha tejaydi. - O`tgan asrning 1920-yili tavallud topgan. - Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya o`rnatildi. - Turgenev asarlarining hammasi ham juda o`qimishli.
Do'stlaringiz bilan baham: |