Oila diagnostikasi va konsultatsiyasi xususiyatlari


Download 15.97 Kb.
bet2/2
Sana08.06.2023
Hajmi15.97 Kb.
#1462920
1   2
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Oila mustahkamligiga hal qiluvchi ta’sir etuvchi nikoh oldi omillaridan biri yoshlarning о‘z oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlaridir. Ularning qanchalik reallikka yaqin bо‘lishi, shu oila mustahkamligining bosh garovi hisoblanadi. Biroq hamma vaqt ham yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari reallikka mos kelavermaydi, balki u aksariyat hollarda reallikdan tubdan farq qiladi.


О‘

 

Baxtli oila deganda nimani tushunasiz?

 

U

A

E

Tushun-cha

 
 

U

 

A

 

E

 


О‘ringa qо‘yilishi bо‘yicha





Ovoz berilishi bо‘yicha

 



1-о‘ringa qо‘yilgan


%

%

%



%

%

%

1

1

Bir-biriga e’tiborli, mehribon bо‘lishni


39

46,5

66,6

1

45

55,2

73,3

2

2

Bir-biriga ishonarli, vafodor bо‘lishni


15

12,1

40

4

44

60,3

40

3

3

О‘zaro bir-birini tushunish va kechira olishni


14

13,8

26,7

2

43

56,9

53,3

4

4

Oila a’zolarining sog‘-salomatli bо‘lishini


12

6,9

40

3

38

51,7

33,3

5

5

О‘zaro er-xotin sevgisini


11

5,2

40

5

34

43,1

13,3

6

6

Hayotda chidamlilik va mamnunlikni


10

6,9

26,7

8

31

39,6

26,7

7

7

Er-xotinning axloqiy-ruhiy yaqinligini


9

3,4

33,3

6

29

37,9

46,7

8

8

О‘zaro hurmat bо‘lishini


8

1,7

33,3

7

29

36,2

40

9

9

Bir-biriga jinsiy tо‘g‘ri kelishni


7

3,4

20

10

25

32,7

13,3

10

10

Moddiy ta’minlanganlikni


5

2-о‘rin 5,2

20

9

23

31,1

46,7

11

11

Ota-onadan mustaqil bо‘lib, о‘z uyiga ega bо‘lishni


5

3,4

6,7

11

18

24,1

40

12

12

Farzandlar sonini


4

2-о‘rin 1,7

13,3

12

15

19

20

 
















Respublikamizada о‘tkazilgan tadqiqotlar shuni kо‘r­satdiki (sо‘rovnoma 100 respondentdan olingan, shularning 58% ayollar, 42% erkaklardir), toshkentliklarda baxt­li oila deganda asosan er-xotinlar­ning bir-biriga e’tiborli, meh­ribon bо‘lishi tushuniladi. Jadvalga e’tibor berilsa (О‘ – о‘rin, U – umumiy, A – ayollar, E – erkaklar), bu yerda ayollarga nisbatan erkaklarning nikohdan, oiladan kо‘p narsani kutishlarini, baxtli oila tushunchasini ideallashtirishlarini kо‘rish mumkin. Ayollarga nisbatan erkaklar barcha baxtli oila haqidagi tushunchalarga yuqori о‘rin berganlar. Bu esa, о‘z navbatida, «ayollar oila munosa­batlarini ideallashtiradi, erkaklar esa hayotga real kо‘z bilan qaraydi» degan stereotip toshkentliklar misolida haqiqatga yaqin kelmasligini kо‘r­satadi. Bunday stereotipning mavjud­ligi esa shuni kо‘rsa­tadiki, erkaklarning umr yо‘ldoshiga, oilaviy munosabatlarga bо‘lgan talablarining yuqoriligi ongli ravishda emas, balki ong ostida namoyon bо‘ladi.

Baxtli oila haqidagi tushuncha Kо‘pchilik yoshlar, ayniqsa, muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yoshlar, oila qurish arafasida bо‘lar ekanlar aksariyat hollarda о‘zlarining bо‘lajak oilaviy hayotlari uchun о‘z ota-onasi oilasini ideal qilib oladilar. Chunki ular shu oilada tarbiyalanar ekanlar, «eslarini taniganlaridan buyon» ota-onasining nizolashib tortishganlarini, bir-birlarini hurmatsiz qilganlarini eslay olmaydilar. Bunday oilalarda ota-onalar ham о‘zlarining о‘zaro munosabatlaridagi noxush jihatlarini farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar yoki ularning о‘zaro munosabatlarida rо‘y berishi mumkin bо‘lgan nizoli damlar, bir-birlariga moslashish jarayonlari nikohning boshida, hali farzandlari dunyoga kelmaslaridan oldin bо‘lib о‘tib ketgan. Bolalar esa ular turmushining faqat yaxshi, tinch-totuv, ahil-inoqlik, bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatli, ibratli jihatlaridangina xabardor bо‘ladilar. Shunday oila qurishni tasavvur qilgan yoshlar, oila qurganlaridan sо‘ng о‘zlari kutgandek turmush kechira olmasalar, nikohning dastlabki eng nozik, murakkab, kiyin, yangi ijtimoiy vaziyatlar, sharoitlar, rollarga moslashish, bir-birlariga moslashish jarayonlarida yuzaga kelgan qiyinchiliklar, tо‘siqlar, muammolar oldida esankirab qolib, oila qurishda «adashganliklari»dan shubhalanib qolishlari mumkin.

Adabiyotlar: 1. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 2. G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001. 3. Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: uchebnoye posobiye dlya vuzov.- M.:IKS “MarT”, 2004-512 s. 4. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznaniye sebya: Vliyaniye na lyudey:Posobiye dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003, - 320 s. 5. www.referat.arxiv.uz 6. www.slayd.arxiv.uz 7. www.ziyonet.uz

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 15.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling