Oila. Ijtimoiy pedagogikada oila tiplari va turlari
Download 74.92 Kb.
|
28 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy pedagogikada oila tiplari va turlari
- Oila uni xarakterlovchi turli tiplari mezonlarga ko‘ra quyidagilarga farqlanadi: To‘liqligiga ko‘ra: to‘liq, noto‘liq va qayta tuzilgan (ikkinchi nikoh) oilalar.
- Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra
- Oilaning «yoshiga» ko‘ra
- Regional jihatlariga ko‘ra
- Oilada er-xotin orasidagi munosabatlariga ko‘ra
- Mashhur faylasuf Santayana aytganidek, “Oila, bu-tabiatning shoh asarlaridan biri”ga aylandi.
OILA. IJTIMOIY PEDAGOGIKADA OILA TIPLARI VA TURLARI Ijtimoiy pedagogikada oila tiplari va turlari Oilaning ijtimoiy vazifalari Oilaning ijtimoiy moslashuvi Tayanch tushunchalar: Oila, adaptatsiya, bola tarbiyasi, funksiya, ma`naviyat, qobiliyat, ijtimoiylashuv, oila, er-xotin, jamiyat, ta’lim-tarbiya, kodeks, individlar, urf-odat, an’ana. Ijtimoiy pedagogikada oila tiplari va turlari Oila asli arabcha “ayolmand niyozmand” ma’nolarini anglatuvchi “oila”-so’zidan chiqqanligi “farxangi zaboni tojikida” qayd etilgan. “O’zbek tilining ixoxli lugatida” xam bu so’z er-xotin,ularning bola chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat biriga yashovchi kishilar majmui, uning erkak bilan qo’shiluvidan bola chaqalari olamga kelib, ayolmandlik yuzaga kelgan, binobarin oila shakllangan. Oila - bu birga yashaydigan odamlar guruhi. Oila - bu umumiy manfaatlar bilan birlashtirilgan ahil jamoa. Oilalar turli xil bo'lishi mumkin. Ularni turli mezonlarga ko'ra tasniflash mumkin, shuning uchun bu masala bo'yicha turli xil yondashuvlar mavjud. Oldingi mavzuimizda oila, nikoh haqida, nikoh-oila munosabatlarining yuzaga kelishi va rivojlanishi, oilaning klas-sik turlari haqida fikr almashdik. Unda keltirib o‘tilgan oila turlari klassifikatsiyasiga ko‘ra hozirgi zamon oilasi «Monogam oila»lardan iboratdir. Biroq hozirgi zamon monogam oilasiham o‘z navbatida bir-biridan tuzilishi, tarkibi, mohiyati va boshqa xususiyatlariga ko‘ra yana bir qator turlarga bo‘linadi. Hozirgi zamon oilalarining qanday turlarga ega ekanligi va ularning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini bilish, ularga xos muammolarni o‘rganish, oilaviy hayotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan noxushliklarning oldini olish imkonini beradi. Oila uni xarakterlovchi turli tiplari mezonlarga ko‘ra quyidagilarga farqlanadi: To‘liqligiga ko‘ra: to‘liq, noto‘liq va qayta tuzilgan (ikkinchi nikoh) oilalar. 1. Bo‘g‘inlar soniga ko‘ra: nuklear (ota-ona va bolalardan iborat bo‘lgan) va ko‘p bo‘g‘inli (ikki va undan ortiq avloddan iborat oila a’zolari birga yashovchi) oilalar. 2. Bolalar soniga ko‘ra: farzandsiz, bir bolali, ikki bolali, 3—4 bolali, 5 va undan ortiq bolali oilalar. Turli mamlakatlar-da bu mezonlar turlichadir. Masalan, AQSH, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda 3—4 bolali oilalar ko‘p bolali oilalar hisoblanadi. O‘zbekiston- da bunday oilalar farzandlar soni o‘rtacha bo‘lgan oilalar sarasiga kiradi. 3. Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra: ishchilar, dehqonlar, xizmatchilar, ziyolilar oilasi, aralash tipdagi oila. 4. Er-xotinning ma’lumot saviyasiga ko‘ra: oliy ma’lu- motlilar, o‘rta-maxsus, o‘rta, tugatilmagan o‘rta, maxsus yor- damchi maktab ma’lumotiga ega bo‘lgan qayliqlardan tashkil topgan oila. 5. Oilaning «yoshiga» ko‘ra: yosh oila (1 yilgacha, 3—5 yil-lik, 6—10 yillik turmush tajribasiga ega bo‘lgan oilalar), o‘rtayoshdagi oila, yetuk yoshdagi oila (qariyalar oilasi). 6. Qayliqlarning ota-ona oilasi (ota-onasi)ning moddiyta’minlanganlik darajasi jihatidan qudalarning bir-biriga mosekanligi yoki ular orasida katta tafovut mavjudligi bo‘yicha bir-biriga mos va mos bo‘lmagan oilalar. 7. Regional jihatlariga ko‘ra: shahar, qishloq, aralash tipdagi oila. 8. Nikohdan qoniqqanlik saviyasiga ko‘ra, ajralish saviyasida — nikohdan qoniqqanlik darajasi quyi saviyada bo‘lgan oila,o‘rta saviyada va nikohdan qoniqqanlik darajasi yuqori saviyadagi oila. 9. Oilada ayol yoki erkak yetakchiligiga ko‘ra: er yetakchi bo‘lgan oila, xotin yetakchi bo‘lgan oila, er va xotin yetakchilikni birga bajaradigan (biarxat) oila. 10. Oilada er-xotin orasidagi munosabatlariga ko‘ra: avtoritar, demokratik, liberal, aralash tipdagi oilalar. 11. Er-xotinlarning millatiga ko‘ra: bir millatli yoki bay- nalmilal oilalar. Baynalmilal oilalarni o‘z navbatida ikkiga bo‘lish mumkin:— dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirgan millat vakillari orasida nikohlar, masalan, o‘zbek-tojik, o‘zbek-qozoq,o‘zbek-turkman, rus-ukrain, o‘zbek-tatar va boshqalar;— dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirmagan millat vakillari orasidagi nikohlar, masalan, o‘zbek-rus, o‘zbek- ukrain, o‘zbek-eston, o‘zbek-nemis va boshqalar. Yuridik rasmiylashtirilganligiga ko‘ra: sinovdagi oila (birga yashashadi, ammo hali nikohni rasmiylashtirmagan, chunki bir-birlarini norasmiy nikohda sinashayapti), rasmiylashtirish arafasidagi oila (birga yashashadi, oila qurish maqsadi aniq, ammo ayrim obyektiv sabablarga ko‘ra rasmiylashtirish kechik- tirilayapti), nikohdagi oila, nikohdan tashqari oila (ayrim erkak kishilarning ikkinchi, uchinchi, yuridik jihatdan norasmiy oilasi). Nikohdan tashqari oilalarning ayrimlari pinhona bo‘lsa, ko‘pchiligi haqida erkak kishining birinchi oilasi va qarindosh- lari bilishadi. Oilaning ibtidoiy ko’rinishlari sanaluvchi qon-qarindosh oila, undan keyingi bosqichda esa punaunal oila, ya’ni bir guruhga mansub opa-singillarning boshqa jamoa guruhidagi erlarga xotinlik qiladigan oila dastlab oiladan iborat demografik birliknigina anglatadi. Kishilik jamiyatning ilk ibtidoiy bosqichda poligam oilada monogam oilaga o’tish jarayonida yuzaga kelgan endoganiq nikoh ya’ni ibtidoiy urug’chilik tuzumida qabila ichidagi guruhiy nikohdan-bir qabilaga mansub erkak va ayol nikohidan chetlanish, aniqrogi o’ziga qabila qizi bilan nikohlanishiga asoslangan ekzogam nikohga o’tish insoniyatda nomus tuyg’usini anglash nakadar uzok vaqt davom etgan jarayon bo’lganini ko’rsatadi. Oila tarixiy ketegoriya sifatida kishilarni tabiiy-biologik, iqtisodiy, xuquqiy, ma’naviy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birligi bo’lib, uning xilma-xil shakllari va ko’p qirrali vazifalari mavjud ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarning tabiatiga jamiyat ma’naviyatiga va madaniy taraqqiyotning darajasiga bog’liqdir. Oila ana shu asoslarga tayangan xolda kishilik tafakkuri va ijtimoiy xarakatning ulug kashfiyoti bo’ldi. Mashhur faylasuf Santayana aytganidek, “Oila, bu-tabiatning shoh asarlaridan biri”ga aylandi. Oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkakning o’zi yoki bir ayolning o’zi oila bula olmaydi. Oila er-xotindan tashkari erning ota-onasi, farzandlari, uka-singillaridan iborat kup buginli xonadon. Uning xar bir a’zosi o’z mavkeiga ega, shu oilaning ichki nizomiga buysunib yashaydi. SHu ma’noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o’z saltanati bor: bunda miglab tasodiflar jarayonida er-xotin muxabbati sinovidan utadi. Bunda ular bir-birini chukurrok tushunadilar, kadrlashadi, kechirimli bo’ladi. Er otaga, xotin onaga aylanadi, farzand tarbiyalanib, orzu xavas kuriladi. SHu ma’noda oila inson xayotiga tukislik baxsh etadi, jamiyatning mukaddas maskani sifatida sadokat sarchashmasiga aylanadi. Oila jamiyat nizomlari asosida yashasada, oilaviy munosabatlar mustakil xodisadir. Oila ishlariga birovning aralashuviga xakki yuk. SHu ma’noda oila jamiyatning mukaddas va daxlsiz mustakil muxtoriyatidan iborat saltanatdir. Bu saltanatning podshoxi-ota, vaziri-onadir. Oilaviy munosabatlar jamiyatiga mansub ijtimoiy –iqtisodiy, siyosiy-mafkuraviy, ma’naviy-ahloqiy munosabatlar zaminida va ta’sirida kechadi: shu jarayonga xos o’zgarishlar asosida o’zgarib, takomillashib, tanazzulga uchrab boradi. Download 74.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling