Oila-mahalla-ta’lim muassasi hamkorligi


Download 115.1 Kb.
bet1/2
Sana14.05.2023
Hajmi115.1 Kb.
#1462449
  1   2
Bog'liq
Oila


Mavzu: Tarbiyada “oila-mahalla-ta’lim muassasi hamkorligi” ni tashkil etish metodikasi
Reja:
Kirish
I-bob. Oilaning tarbiyadagi o’rni
1.1. Oila – ma’naviyat qo‘rg‘oni.
1.2. Oilada tarbiya.
II-bob. Tarbiyada “oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi”-muhim jihat!
2.1. O‘quvchilarning tarbiyasiga salbiy tasir qiluvchi omillar
2.2. Tarbiyani no’g’ri tashkil etish usullariga oid tavsiyalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Inson avvalo oila bag‘rida unib-o‘sadi, shaxs sifatida shakllanadi. Oiladagi ta’lim-tarbiya, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar keyinchalik odamlar orasida — mahalla-ko‘yda, ta’lim muassasalarida sayqal topadi. Shunday ekan, vatanimiz va xalqimizning ertangi kunini, jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tiborini belgilovchi barkamol avlodni voyaga yetkazishdek ulug‘ vazifani oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligisiz hal etib bo‘lmaydi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Hozir mamlakatimizdagi o‘n mingga yaqin fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida «Oila-mahalla-ta’lim muassasasi» jamoatchilik kengashlari tashkil etilib, ular ota-onalar­ning farzand tarbiyasidagi mas’u­liyatini kuchaytirish, o‘quvchilarning darslarga qatnashishini o‘rganish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bundan tashqari, 9-sinfni tamomlayotgan maktab o‘quvchilari ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olinmoqda, kollej bitiruvchilari esa ish bilan ta’minlanmoqda. Qisqasi, 1994 yilda ishlab chiqilgan «Oila-mahalla-ta’lim muassasasi» hamkorligi­ konsepsiyasi bugun navqiron­ avlodni turli xil huquqbuzarliklar, ekstremizm, giyoh­vandlik, «ommaviy madaniyat»­ kabi illatlardan asrab-avaylashning, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishning, yoshlarni kasbga yo‘naltirishning muhim omili bo‘lmoqda.
Konsepsiyada dastlab oila tilga olinmoqda. Darhaqiqat, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda oilaning o‘rni beqiyos.­ Buyuk allomalarimiz farzand tarbiyasida oilaning o‘rni va ahamiyati haqida ko‘plab asarlar yaratganlar. Xususan, Abdurauf Fitrat «Oila yoki oila boshqarish tartiblari» deb nomlangan asarining ikkinchi qismini aynan farzand tarbiyasiga bag‘ishlagan. Unda oiladagi eng og‘ir vazifa farzand tarbiyasi ekani, xalqning harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-­hurmat topishi, jahongir bo‘lishi, zaif bo‘lib xor­likka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e’tibordan qolishi, o‘zgalarga tobe, qul va asir bo‘lishi bolalikdan o‘z ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog‘liqligi alohida ta’kidlanadi.
Bir so‘z bilan aytganda, farzand oilada jismonan, fikran va axloqan tarbiyalanishi, kuchli badan, sog‘­lom fikr va yaxshi axloq bilan qurollantirilishi lozim. Xulosa shuki, biz ham ajdodlarimiz qadriyatlariga tayangan holda oila muqaddasligini, butunligini saqlashimiz, farzandlarimizni vatanparvar, insonparvar, yuksak e’tiqodli, odob-axloqli va albatta barkamol etib tarbiyalashga intilishimiz zarur.
Yoshlarning ta’lim-tarbiya­si haqida gap ketganda, mahallaning roli va ta’siri to‘g‘risida to‘xtalmay ilojimiz yo‘q. Bejiz «Mahalla — ham ota, ham ona» deyilmagan. O‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar aynan mahalla muhitida rivojlangan. Bular esa yosh avlodning ongu tafakkurini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Demak, farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasida mahallaning o‘rnini hech narsa bilan teng­lashtirib bo‘lmaydi.
Keyingi paytlarda «omma­viy madaniyat» niqobi ostida butun dunyoga keng tarqalayotgan ma’naviy va axloqiy buzuqlik yoshlarimizning dunyoqarashiga ham jiddiy xavf solmoqda. Axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm kabi yot va buzg‘unchi g‘oyalarni Internet orqali yoshlar ongiga singdirishga urinish kucha­yib bormoqda. Yigit-qizlarimizni ularning ta’siridan asrashimiz kerak. Shu bois mahallalarda bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni atroflicha tahlil qila oladigan mutaxassislarni jalb etgan holda yoshlar uchun o‘quv soatlari tashkil etishimiz kerak. Toki, bunday tadbirlar milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan g‘oya va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib bersin. Bu esa fuqarolarimizning qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, hozir muntazam ravishda mahalladagi ma’naviy muhit monitoringini yanada takomillashtirishga ehtiyoj sezilmoqda. Shu yo‘l bilan notinch oilalardagi muhitni yaxshilash, farzandlar tarbiyasida ko‘zga tashlanayotgan noxush holatlarning oldini olish mumkin.
Ko‘pincha yigit-qizlarimizning muammolariga, orzu-istaklariga e’tibor bermaymiz. To‘g‘rirog‘i, ularga faqat talab qo‘yamizu, qiziqishlari bilan hisoblashmaymiz. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, har qaysi ota-ona, murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Farzand tarbiyasiga ana shu oddiy talabdan kelib chiqib yondashsak, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shu maqsadda yoshlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan ijtimoiy tadqi­qotlar, aniqrog‘i, so‘rovlar o‘tkazishimiz kerak. Tadqiqot yakunlari bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, unda yoshlarning muammolarini yechishga, orzularini amalga oshirishga, bandligini ta’minlashga, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etishga qaratilgan vazifalar qamrab olinishi lozim.
Mahallalarda, ta’lim muassasalarida ibratli xonadon vakillari, urush va mehnat faxriylari, yozuvchi va shoirlar ishtirokidagi uchrashuv va davra suhbatlarini muntazam ravishda o‘tkazib turish zarur. Ushbu tadbirlar qanchalik ko‘paysa, ko‘zlagan maqsadlarga tezroq yetishimiz mumkin.
Yaqinda «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Unda mazkur organlarga mahallani xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish borasidagi zarur vakolat va imtiyozlar berildi. Demak, shundan­ kelib chiqib, avvalo yoshlarda­ tadbirkorlikka oid bilim va ko‘nikmalarni shakllanti­rish lozim. Buning uchun mutaxassislarni jalb etgan holda seminar va treninglar­ tashkil etilsa, yigit-qizlarimiz o‘rtasida bu sohaga bo‘lgan qiziqish ortardi.
Qonunlar illatlarga bar­ham berib, yaxshilikka yo‘l ochadi. Shuning uchun farzandlarimizga qonunlarga hurmat ruhini singdirishimiz kerak. Bu yerda gap ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish haqida ketmoqda. Bunda adliya or­ganlari va muassasalari xo­dimlarining imkoniyatidan unumli foydalanish zarur.
Pirovard maqsadimiz komil insonni tarbiyalash ekan, oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligini yanada rivojlantirish nafaqat ushbu institutlar, balki jamoatchilik vakillari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligiga ham bog‘liqligini aslo unutmasligimiz kerak.
1.1. Oila – ma’naviyat qo‘rg‘oni.
Oilaning mustahkam va daxldorligi jamiyat taraqqiyotini belgilaydi. Oila va jamiyat tushunchalarini bir-biridan ayro holda tasavvur qilib bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi “Oila haqida” bo’lib, unda oila va jamiyat tushunchalari hamda davlatning ularga bo’lgan munosabati yoritiladi. Ushbu bobning 63-moddasida: “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”,deya izohlangan. Bundan ko’rinib turibdiki, jamiyatni oila tashkil qiladi. Oila va jamiyat birdamlikda bir-birini to’ldiradi.
 Har bir yilning biror nom bilan e'lon qilinishi mazkur yilning aynan o’sha narsaga qaratilgan e'tibordan darak beradi.
Bundan ko’rinib turibdiki, bugungi kunda oilaga qaratilayotgan e'tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan.
Nikoh - bu ikkala tomonning, ya'ni er-xotinning qonunga asoslangan holdarasmiylashtiradigan kelishuvi shartlariga amal qiladigan holda tuziladigan o’zaro bitimi. Nikoh shu qatorda oilani tashkil qiladi. U o’zida o’zbek an'analari va mavjud qonun-qoidalarni mujassamlashtirgan holda tuziladi. Ayni vaqtda bu dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda.
 FHDYo organlari tomonidan nikohga berilgan arizalar va talablarni ko’rib chiqib, ularga qonun-qoidalar hamda yo’l-yo’riqlar ko’rsatib borilmoqda. Ularning joriy qonunlarga amal qilgan holda olib boradigan tadbirlarida shuni guvohi bo’ldikki, ular “Mahalla” jamg’armasi, Adliya boshqarmalari, O’zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari, davlat personallashtirish markazi, Davlat statistika qo’mitasi, IIV kabi davlat tashkilotlari bilan aloqadorlikda ish yuritar ekan. Bundan ko’rinib turibdiki, oila uchun barcha birdek mas'ul.
 Hozirgi kunda mamlakatimizda oila salomatligi, tinchligi va uning mustahkamligini ta'minlashda bir qator islohotlar olib borilmoqda. Uning mustahkamligi va daxlsizligi barchamizning asosiy vazifamiz ekanligi, “Mahalla” jamg’armasi tomonidan olib borilayotgan izchil harakatlar o’z natijasini bermoqda.
 Joylarda o’tkaziladigan qator tadbirlar ham oila mustahkamligiga bag’ishlanadi. Bundan ko’zlangan maqsad esa jamiyatni tashkil etgan oilani davlat nazoratidan chetda qoldirmaslik va eng asosiysi uning buzilib ketishiga yo’l qo’ymaslikdir. Oila mustahkam ekan, jamiyat taraqqiy etadi hamda davlat rivojlanadi.
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,63-modda).
Barcha muqaddas kitoblarning mohiyatida bir narsa – ezgulik mujassam. Yaxshilik – inson hayotining mazmuni. Inson xarakterini, tabiati va dunyoqarashini, qo‘yingki, ins onligini belgilaydigan ma’naviy mezon vaqa rashlar – yaxshilik, ezgulik, olijanoblik, mehr-oqibat, or-nomus, uyat-andisha kabi tushunchalar borki, ularningpoyd evori avvalo oilada shakllanadi, oilada qaror topadi.
Insonni oiladan ayri tasavvur etib bo‘lmaganidek, oilasiz jamiyatni ham tasavvur etish mumkin emas.
Oila farzandlarni tarbiyalash, odamlarning ma’naviy va jismoniy kamolotiga xizmat qilish, ularni yagona maqsad sari birlashtirish, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash vazifalari uchun ham mas’uldir.
“Bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi”, deb yozadi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida.
O‘zaro suhbatlarda “farzandlarni deb yashab yuribmizku”, degan gapni ko‘p ishlatamiz. Biz shunday xalqmizki, farzandimiz ko‘z ochgan kundan to o‘zimiz ko‘z yumgunga qadar bolam, deymiz. Qon-qonimizga singib ketgan bu xususiyat jamiyatimizning ham bosh maqsadiga aylangan. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, bugun qilayotgan ishlarimizning barchasi farzandlarimizning baxtu saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash barchamizning burchimizdir. Oila - bu muqaddas dargoh. Uning mustahkam va daxldorligi jamiyat taraqqiyotini belgilaydi. Oila va jamiyat tushunchalarini bir-biridan ayro holda tasavvur qilib bo’lmaydi.
1.2. Oilada tarbiyaning muhim omillari
Masalaning murakkabligi va qimmatli tomoni shundaki o‘qituvchi-tarbiyachi, xalq ta’limi xodimlari, keng jamoatchilik oilaviy taraqqiyot, uning rivojlanish oqibatlarini oldindan bilish, ularni hisobga olgan holda oilaviy tarbiyaning nazariy va amaliy asoslarini pedagogik jihatdan to‘g‘ri izohlash va tegishli metodik tavsiyalar berishlari lozim. Respublikamiz o‘zining demografik, etnik milliy, shart-sharoitlari jihatidan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega, bu, ayniqsa, aholining zich joylashganligi va intensiv ko‘payishidir. Respublikamizning ma’naviy hayoti va uning o‘ziga xos tomonlari muttasil rivojlanmoqda, ularning oilaviy tarbiyaga ta’siri kuchaymoqda. Shaharlarning ko‘payishi, o‘sishi, yashash sharoitining yaxshilanishi, madaniy va moddiy tomondan yuksalishi oilalarning yuksalishi va bolalarning har tomonlama yetuk kishilar bo‘lib kamol topishlariga sabab bo‘lmoqda, yordam bermoqda. Ko‘p bolalilik nisbatan kamayib borayotganiga qaramay, hali ham bu ko‘rsatkich o‘z kuchini yo‘qotgan emas. Pedagogik jihatdan olganda esa ko‘p bolalili oilalarda ota-onalar, bolalar uchun yaqqol namuna bo‘lib xizmat qiladilar.
Xalqimiz «Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor» deb bejiz aytmagan. O‘zbekistonda bir sutkada 1680 dan ortiq o‘g‘il va qizning tug‘ilishi fikrimizning yaqqol dalilidir. Oilada hamkorlik, o‘zaro yordam, birbiriga ishonch holati mavjud ekan, bunday oilada rostgo‘y, samimiy, mehribon, o‘rtoqlariga doimo yordam berishga tayyor bo‘lgan insonlar kamol topadi.
Rus psixologi V.I.Selivanov oilada shaxsni shakllantirish jarayonini o‘rganib, baxtli bolalik oiladagi quvonchli hamjihatlikning hamda ota-onalarning o‘z bolalariga g‘amxo‘rligining samarasidir, degan xulosaga keladi. Yuqorida keltirilgan tadqiqotchi-olimlar kuzatishlari shuni ko‘rsatmoqdaki, yoshlarda kattalarning xatti-harakatlari, axloqiy fazilatlariga tanqidiy munosabatda bo‘lish hissi kuchli bo‘ladi. Shu jihatdan qaraganda tinch-totuv yashaydiganlarning oilalaridagi bolalar ham shu oilada mavjud bo‘lgan axloqiy hislatlar, xushmuomalalik, odoblilik, kattalarga hurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik qilish, oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ayniqsa ayollarga nisbatan ko‘rsatiladigan g‘amxo‘rlik kabi ijobiy fazilatlardan namuna olib, voyaga yetadilar. Oila jamiyat hayotini olg‘a suruvchi, uni yanada yuksak bosqichlarga ko‘tarib, ravnaq toptiruvchi, kelajak avlodlarni tarbiyalab yetishtiruvchi, kamol toptirish uchun mas’ul bo‘lgan g‘oyat muhim boshlang‘ich guruhdir. Oila erkaklar va ayollarning to‘liq tenghuquqligi, oila uchun bab-baravar javobgarligi asosida quriladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, oiladagi daromadlarning oshishi, bir tomondan otaonalarning bilim saviyalari va madaniy hayotlarining yaxshilanishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, oila a’zolarining yuqori ma’naviy ehtiyojlarining ijobiy shakllanishi, oilaviy munosabatlarning takomillashuvi, boyishiga, kattalar va kichiklar orasidagi muloqot mazmuniga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Aflotun oila haqida shunday fikr beradi: «... Urf-odatlar, ularning otalardan farzandlarga qanday o‘tishi haqida ham ma’lumot beradi. Agar bu jarayon birlik-birdamlikni idrok etishiga olib keladigan bo‘lsa, u holda, turli hayot tarzidagi odamlarni, katta, obro‘li oilalarning tabarruk yoshdagi otalar va farzandlarni farog‘at keltiradigan birdamlikka birlashtiradigan qonunlar yaratishga majbur etadi»
2. Oila tarbiyasida bolalar hayotini to‘g‘ri uyushtirish, ularni vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishining asosiy garovidir. Bolaning oiladagi vaqtini o‘yin, mehnat va o‘qish faoliyatiga to‘g‘ri taqsimlash nihoyatda muhimdir
3. Kelajagimiz bo‘lmish yosh avlod tarbiyasi va uning taraqqiyoti davlat ahamiyatiga molik masala hisoblanadi.
Avvalgi qabul qilingan qonun va qoidalardan farqli o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida oila va oiladagi ta’limga asos solindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida ta’kidlanganidek: «Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar» faoliyatiga to‘g‘ri taqsimlash nihoyatda muhimdir3. Kelajagimiz bo‘lmish yosh avlod tarbiyasi va uning taraqqiyoti davlat ahamiyatiga molik masala hisoblanadi.
Yuqorida bildirilgan fikrlarni amaliy jihatdan isbotini ko’rsatib berish maqsadida burgutlarning hayot tarzidan bir misol keltirib, oilada ota-ona va ularning farzand tarbiyasidagi o’rni nechog’lik muhim ahamiyat kasb etishini tasvirlab bermoqchimiz.
Burgut o‘z farzandlariga qanday qilib ota tanlashini bilasizmi? Bu jarayon judayam hayratlanarli kechadi. U daraxt yoki biror butadan kichik shoxcha sindirib oladi, uni tumshug‘ida tutgancha balandga ko‘tariladi va tumshug‘idagi shoxcha bilan aylana boshlaydi. Atrofida nar burgutlar yig‘ilib parvoz etadi. Shu payt u tumshug‘idagi shoxchani tushirib yuboradi va kuzatadi. Burgutlardan biri shoxchani tutib olib, ohistalik bilan unga olib kelib topshiradi. U esa shoxchani olib, uni yana tashlab yuboradi. Burgut yana tutib oladi, yana unga qaytaradi. U esa yana tashlab yuboradi... Va bu holat juda ham ko‘p marta takrorlanadi. Agar nar burgut ma’lum muddat davomida va bir necha marta tushirib yuborilgan shoxchani har safar tutib keltirib bersa, burgut o‘sha nar burgutni tanlaydi va ular birga yashay boshlaydi.
Xo‘sh, ushbu harakatlarda qanday ma’no yashirin? Buni ularning keyingi hayotidan tushunib olasiz...
Ular birgalikda tog‘ cho‘qqisiga ko‘tariladi, mustahkam o‘simlik poyalaridan in quradi va ikkala burgut ham tanasidan o‘z tumshug‘i bilan patlarini yulib, inlarini to‘ldiradi, barcha teshiklarni yopib, uyani yumshoq va shinam makonga aylantiradi. Ona burgut bu yerga tuxum qo‘yadi va ikkalasi polapon burgutchalar dunyoga kelishini kuta boshlaydi. Burgutchalar tuxumdan chiqqach(ular juda kichkina, zaif va yalang‘och holatda bo‘ladi), ota-onasi ularni to biroz quvvatga kirgunicha parvarishlaydi. Qanotlari bilan yomg‘irdan, quyosh nurlaridan asraydi, ularga suv, ozuqa tashiydi, va burgutchalar asta katta bo‘lib boradi. Ularning patlari o‘sib, qanotlari va dumlari baquvvatlashadi. Hali biroz kichik bo‘lsa-da, ularni pat qoplaydi. Shu payt ota va ona burgut vaqt kelganini anglaydi...
Ota burgut uya chetiga qo‘nib olib, inni qanotlari, tumshug‘i bilan urib silkitadi. Qiziq, nima uchun? Chunki, u uyadan hamma pat va puxni tushirib yuborishi, boshida o‘zlari shox-shabbadan yasagan skeletnigina qoldirishi kerak. Polaponlar esa, ushbu qattiq, noqulay uyada o‘tirishar ekan, nima bo‘layotganini tushunishmaydi ham: axir ota-onalari ularga juda g‘amxo‘r va mehribon edi-ku. Bu orada ona burgut qaerdandir kichik bir baliqchani tutib kelib, atayin polaponlari ko‘rib turishi uchun, uyadan, chamasi, besh metr uzoqlikka qo‘nib olib, uni asta maydalab yeya boshlaydi. Polaponlar uyada turib chug‘urlab, o‘zicha shikoyat qilib baqira boshlaydi. Axir, ilgari bunday emasdi-ku... Ota-onasi ularga yemish berardi, suv berardi. Endi esa hammasi tamom bo‘ldi: inlari qattiq va noqulay, ota-onasi esa ularga ozuqa ham bermayapti.
Nima qilish kerak? Axir och qolishdi-ku. Indan chiqishga harakat qilish kerakmikin?
Shunday qilib, polaponlar asta harakatga kela boshlaydi va ilgari hech qachon urinib ham ko‘rmagan harakatlarni bajaradi. Agar ota-onalari ularni erkalatishda davom etaverishsa, ular keyinroq ham harakat qilishga jur’at qilmagan bo‘larmidi...
Polaponlar uyalaridan sudralib chiqa boshlaydi. Oh, mana, kichikkina polapon tushib ketmoqda, axir uya tog‘ chetida, noqulay xarsanglar orasida joylashgan-ku. Polapon avval silliq xarsang uzra biroz sirg‘alib, keyin jarlikka tomon qulaydi. Va shu payt, qachonlardir ona burgut uloqtirgan shoxchalarni tutib keltirgan ota burgut yordamga shoshadi. U o‘zini katta tezlikda pastga otib yelkasiga polaponchasini qo‘ndirib qaytadi.
Bu hol bir necha marta takrorlanadi. Polapon noqulay uya va silliq xarsangdan pastga tomon qulayveradi, ota burgut uni tutib kelaveradi. Burgutlarning birorta polaponi ushbu jarayonda halok bo‘lmas ekan. Va, axiyri, qulashlarning qaysi biridadir polapon burgutcha harakat qila boshlaydi. U o‘z qanotlarini yoyib, shamol yordamida parvoz qila boshlaydi. Shu tarzda burgutlar polaponlarini uchishga o‘rgatishadi. Keyin esa, ularni o‘zlari bilan birga olib, ozuqa topishni o‘rgatishadi.
Bu biz uchun farzandlarimizni tarbiyalashimizda ajoyib o‘rnakdir. Ularni issiqqina uyada erkalatib olib o‘tirmaslik juda ham muhim! Ular o‘zlari baliq tuta olish holatiga yetganlarida ham, ularni baliq bilan ta’minlayvermaslik naqadar zarur! Lekin, o‘z kuchimizni, vaqtimizni, aqlimizni, bilim va ko‘nikmalarimizni ishga solib, g‘amxo‘rlik bilan, biz ularga uchishni o‘rgatmog‘imiz lozim! Ona burgut shoxchani uloqtirish orqali o‘z farzandalariga ota tanlashi bejiz emas. Axir u farzandlari xalok bo‘lishini xohlamaydi.
2.1. Bola tarbiyasida “oila-mahalla-ta’lim muassasasining hamkorligi”- muhim jihat
Ta’lim muassasalarida “oila-mahalla-ta’lim muassasasining hamkorligi” borasida qo‘mita tashkil qilinadi. Bu qo‘mitaga maktab direktori rahbarlik qiladi. Bundan tashqari, har bir sinfda ham sinf otaonalari qo‘mitasi tuziladi. Ularning ish mazmuni ota- onalar qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan. Sinf ota-onalar qo‘mitasining raisi maktab ota-onalar qo‘mitasiga a’zo qilib olinadi. Maktab otaonalar qo‘mitasi a’zolarining soni har bir maktabning katta-kichikligi, ish sharoitiga qarab ota-onalar umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi. Maktab ota-onalar qo‘mitasi a’zolariga maktabni otaliqqa olgan tashkilotning vakillari ham kiritiladi. Kundalik ishlarni bajarish hamda ota-onalar qo‘mitasi va nazorat ishlariga rahbarlik qilish uchun maktab ota-onalar qo‘mitasi raisi hamda uning o‘rinbosari, kotibi va 5-7 a’zodan iborat hay’at saylanadi. Qo‘mita a’zolari umumiy majburiy ta’limni amalga oshirish, maktab yoshidagi bolalarni hisobga olish, ularni maktabga jalb qilish, maktabni tamomlagunga qadar muvaffaqiyatli o‘qishini ta’minlashda maktab jamoasiga yordam beradilar. Iqtisodiy ahvoli og‘ir bo‘lgan ayrim oilalarning farzandlariga umumiy ta’lim jamg‘armasi yoki kasaba uyushmasi tomonidan yordam tashkillashtiradilar. Bolalarning ta’limtarbiyasiga e’tibor bermayotgan ota-onalar bilan suhbatlashadilar, zarurat bo‘lganda ularga ishlab turgan korxona yoki muassasa rahbariyati orqali ta’sir ko‘rsatadilar. Qo‘mita a’zolari uzoqdan qatnab o‘qiydigan bolalarni transport vositalari yoki issiq ovqat bilan ta’minlashda yordam beradilar. Ota-onalar qo‘mitasi maktabda «Otaonalar» burchagi tashkil qilib, u yerga o‘quvchilarning namunali kundalik ish reja va tartibi, ota-onalar uchun nashr etilgan yangi adabiyotlar, o‘quvchilar qoidalari, maktab tarbiyaviy ishlarining istiqbolli rejalarini osib qo‘yadi. Maktab, oila va jamoatchilik hamkorligini yo‘lga qo‘yishda sinf rahbarlarining tarbiyaviy faoliyatlari nihoyatda muhimligi sir emas. Masalan, sinf rahbarlarining har bir oilaga kirib borishi, shu oilaga hamda otaonalarga hurmat sifatida baholanadi. Sinf rahbarining ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy masalalarni belgilashlari, sinf rahbarining o‘quvchilar ko‘z oldida otaonalari bilan suhbatlashishlari ularning tarbiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Faqat sinf rahbarlari emas, balki fan o‘quvchilarining ham ota-onalar bilan qilayotgan hamkorliklari o‘quvchilar hayotida sezilarli iz qoldiradi (1-chizma). Bola tarbiyasida jamoatchilikning ta’siri benihoya katta ekanligi hayotiy jarayonda yaqqol ko‘rinib turibdi. Azaldan odamiylik, insoniylikka da’vat etuvchi jamiyat tarbiyasi mavjud bo‘lgan. Ularning aksariyati hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Masalan, biz xalqimizda ko‘pchilik ishtiroki bilan o‘tadigan to‘ylar, xalq o‘yinlari, sayllar, mavsumiy bayramlar, qizlar majlisi, kelinlarni qaynona va qaynota oldidagi «yuz ochdilari», «kelin-salomlari» va boshqa shu kabi marosimlari xalq pedagogikasining durdonalari sifatida avlodlarni o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan «o‘zbekona», «sharqona» tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqimiz o‘zining an’anaviy tarbiya metodlarida kattalarga birinchi bo‘lib salom berish, kattalar suhbatiga aralashmaslik, uyga mehmonlardan so‘ng kirish, lekin eshikni birinchi bo‘lib ochib, ushlab turish, ularga yordam berish kabi odob qoidalariga rioya etishi har doim talab qilingan va hozir ham ular tarbiya manbai sifatida o‘z qadrini yo‘qotmagan. Hozirgi kunga kelib jamoatchilikning tarbiya borasidagi metodlari, shakllari mazmunan boyib bormoqda. Jumladan, maktab o‘quvchilarini rag‘batlantirish maqsadida stipendiya berish yoki turmush tarbiyasi og‘ir bo‘lgan oilalarga moddiy va ma’naviy yordam beruvchi tadbirkor tashkilotlarning yordami kuchaymoqda. Bu borada «Bolalar jamg‘armasi», «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasining faoliyati maqtovga sazovordir. Demak, maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi bolalar tarbiyasida asosiy hal qiluvchi bo‘g‘in bo‘lib, bunda o‘qituvchi- tarbiyachilarning tashkilotchiliklari muammoni ijobiy hal etuvchi omil hisoblanadi. Oila a’zolari orasidagi munosabat bugungi kunning tez sur’atda yechimini topishi zarur bo‘lgan masalasi hisoblanadi. Bu quyidagi omillarda ko‘rinadi: – farzand tarbiyasi ko‘proq ota-ona ta’sirida emas, aksincha, ijtimoiy tarmoq, «zamo naviy do‘stlar», uyali aloqa vositalari (qo‘l telefoni) bo‘layotganida; – ayrim ota-onalar orasida yangicha yondashuvga hali to‘liq moslashmaganida; – bolalarga erta mehnat qilish yoki ilm olish malakasini shakllantira olmaganida; – axloqiy me’yorlarga mos bo‘lmagan multfilm yoki kinofilmlarga tomoshabinlik qiluvchilar orasida nazoratga olinmagan bolalarning ko‘pligida; – yoshlar tafakkuri va dunyoqarashi rivojlanishida kitobxon madaniyatini to‘laqonli o‘rin egallay olmaganida va boshqalar.
Har qanday hudud bo‘lishidan qat’iy nazar, insonlar oilalari bilan birga yashaydilar. Shu kichik vatanda kamolga yetadigan farzandning axloq-odobi, tarbiyasi, ilm-u hunarli bo‘lishi ota-ona, oila a’zolariga bog‘liqligini barchamiz bilamiz, sezamiz. Ammo odatda unga e’tiborsizlik bilan qaraymiz. Bu esa yer kurrasining go‘zalligi, uning rivojlanishi hamda bashariyat madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadigan ezgulikning poydevori bo‘lgan tarbiyaning susayishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Zero, «Ezgulik hech qachon eskirmaydigan birdan-bir libosdir»1, buni hech birimiz unutmasligimiz zarur. libosdir»1, buni hech birimiz unutmasligimiz zarur.
2.2. O‘quvchilarning tarbiyasiga salbiy tasir qiluvchi omillar
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, ayrim o‘quvchilar aynan 9 sinfga o‘tganida ustozlarni aytganini qilmaslikni, imkon qadar ataylab maktab tartib qoidalariga zid harakatlar qilishni boshlar ekan. Ho‘sh nega bunday? Nima uchun sinf rahbarlari ham o‘quvchilar 9 sinfga o‘tganda ularni nazorat qilishda turli qiyinchiliklarga duch keladi?
Birinchi sabab - ota-onalar. Ko‘pchilik ota-onalar o‘qituvchilar ayniqsa, maktab haqida doimiy ravishda negativ fikrda bo‘ladilar. Afsuski ular aynan shu negativ qarashlarini bolaning oldida muhokama qiladilar. Hattoki, ustozlarning shaxsiy hayoti ham oila davrasida bolalar oldida muhokama qilinadi. Buning oqibatida esa bola maktabda ustozi aytgan gap bilan uyda ota-onasi aytgan gaplarni bir-biriga to‘g‘ri kelmasligini tushunib yetadi. Natijada esa bola ustozi haqida noto‘g‘ri fikrlashni boshlaydi va doim ustozining kamchiliklarini zimdan kuzatib yuradigan, tannafus yoki boshqa paytlarda sinfdoshlari bilan ham muhokama qilishni boshlaydi.
Ikkinchi sabab - haqiqatlarni anglab yetish. Ya’ni, o‘quvchilar aynan shu yoshga yetganda ota-onalari aytganidek, o‘qituvchilarning kamchilik va xatolarini, ular ham ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yishlari mumkinligini, ayrim ustozlar o‘quvchilardan forma talab qilib, o‘zlari esa bunga amal qilmasliklarini, ba’zi o‘qituvchilar orasida ham guruhbozlik mavjud ekanligini umuman olganda anchadan buyon tanigan ustozi o‘zi o‘ylagandek ideal inson emasligini anglay boshlaydi.
Uchinchi sabab - taqiqlovlar. O‘quvchilar aynan shu yoshga yetganlarida o‘zini kimgadir ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘ladi. Bu vaqtda esa ular maktab ma’muriyati tomonidan qattiq siquvga olina boshlaydi. Sabablar esa umuman surishtirilmaydi. Ulardan direktor ham, direktor o‘rinbosari ham, sinf rahbari, hatto psixolog ham faqat davomat, maktab formasi, soch (soqol) olinganligini qattiq talab qiladi xolos. Lekin, qaysi o‘qituvchilar darsni qiziqarli o‘tayotganligi, ularning qiziqishlari, qanday tadbirlar ularni qiziqtirishi, xullas kim nimani xohlayotganligini ulardan hech kim qiziqib so‘ramaydi ham. Faqat taqiq, taqiq va yana taqiq.
To‘rtinchi sabab - tabaqalanish. O‘quvchilar 9 sinf yoshiga yetganlarida qaysi ustoz kimga qanday munosabatda bo‘layotganligini ya’ni, ustozining farzandi bemalol o‘qituvchilar xonasida erkin yursa ham unga hech kim qarshilik qilmayotganligini, direktorning farzandi maktabga kelmasa unga hech qanday chora ko‘rilmaganligini, «zavuch»ning farzandi maktab formasiz yursada, unga direktor ham ko‘z yumib ketayotganligini, undan tashqari ustozlar ham maktab farroshiga boshqa, mansabdorlarga umuman boshqa munosabatda bo‘lishlarini tushunib yetib, maktabda tabaqalanish mavjud ekanligini anglab yetadi.
Beshinchi sabab - zamondan ortda qolish. Misol uchun juda ko‘pchilik o‘qituvchilar (asosan yoshi kattalar) ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda biroz oqsaydi. Zamonaviy yoshlar esa bu texnologiyalarni ishlatishda ustasi farang bo‘lib ketgan. Ijtimoiy tarmoq yoki qandaydir texnologiyaga tushunmagan ustoz esa bu borada o‘z o‘quvchilaridan yordam so‘rashni boshlaydi. Natijada esa o‘quvchilar tom ma’noda ustozlaridan ko‘ra «aqilliroq» ekanliklarini his qila boshlaydi. Qo‘shimcha kurslarga boradigan, qaysidir tilni o‘rganishga ulgurgan o‘quvchi endi ustozini ham savolga tuta boshlaydi. O‘qituvchi javob berolmagach esa o‘quvchilarning ustozga bo‘lgan ishonchi so‘na boshlaydi.
Yuqorida keltirilgan sabablarning barchasi jam bo‘lib, o‘quvchilarning ustozlar haqidagi tasavvurlarini o‘zgartirib, oqibatlarni keltirib chiqaryapti. Natijada o‘quvchilar ustozlarning aytganlarini aynan teskarisini qilmoqda. Chunki, inson psixologiyasi shunday. Tasavvur qilib ko‘ring, semiz (vazni og‘ir) odam «Ortiqcha vazndan halos bo‘lish sirlari»ni o‘rgatsa, oilasi notinch, o‘zi turmushidan ajragan inson esa «Baxtli oila» mavzusida dars o‘tsa, siz uning aytganlariga ishonarmidingiz? Shuning uchun o‘zgarishni o‘zimizdan boshlaylik.
Oltinchi sabab - tan olmaslik. Ya’ni, yuqoridagilarni o‘qib turib ham bularga ishonmaslik, bularning bari saf-sata deb hisoblab, ertaga yana o‘sha alfozda maktab ostonasiga kirib borish.
O‘QITUVChI BILAN MUNOSABATLARNING BUZILIShIGA OLIB KELADIGAN BA’ZI XATOLAR
Farzandingizning o‘qituvchisi bilan bo‘lgan munosabat hamkorona va o‘zaro muvofiq bo‘lishi uchun quyidagi xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiling.
Ruhshunoslarning aytishicha, ota-onalar maktabga nafaqat farzandini, balki o‘zlarini ham tayyorlashlari kerak ekan.
Bolaning hayotidagi birinchi va eng asosiy e’tiborli kishilar – uni o‘stirayotgan odamlar hisoblanadi. Rollarning bunday taqsimlanishiga nafaqat bolaning o‘zi, balki ota-onalar ham o‘rganib qoladi. Bola maktabga borgandan keyin bu munosabatlarda uchinchi tomon – o‘qituvchi paydo bo‘ladi.
O‘qituvchini e’tiborli odam sifatida qabul qilmaslik.
Ko‘pchilik ota-onalar endi qandaydir bir begona odam bolaning xulqiga tuzatishlar kiritishi, uning harakatlariga baho berishi, tavsiyalar berishi va ma’lum bir talablar qo‘yishi mumkinligini qabul qilishga har doim ham tayyor bo‘lavermaydilar.
Aynan shu ota-onalar va o‘qituvchilar orasidagi kelishmovchilikka sabab bo‘ladi.
Bunday vaziyatda sizga maslahatimiz bitta: o‘qituvchiga ishonish, uni “ota-ona – bola – o‘qituvchi” munosabatlari doirasiga kiritish va endi sizning farzandingiz vaqtining ko‘p qismini ular uchun e’tiborli bo‘lishi kerak bo‘lgan odam bilan o‘tkazishini qabul qilishingiz kerak.
Bolaning muvaffaqiyatsizliklarida o‘qituvchini ayblash.
Bolani maktabga berar ekansiz, esingizda tuting: o‘rgatish jarayonini va tarbiyani to‘liq o‘qituvchining zimmasiga yuklamaysiz.
Natijasi bolaning yaxshi baholari va namunali xulqi bo‘ladigan ishning bir qismi ota-onalar vakolatida qolishda davom etadi.
Bolaning past baholari sabab o‘qituvchiga da’vo qilishdan oldin, ota-onalar o‘zlarining harakatlarini tahlil qilib ko‘rishlari lozim.
Siz uyga berilgan vazifalarni bajarish uchun yetarlicha sharoit yaratyapsizmi? Maktabdan tashqari paytlarda tarbiyalash bilan shug‘ullanyapsizmi? Va shundan keyingina o‘qituvchiga ayblovlar bilan emas, balki maslahat so‘rab murojaat qilsangiz bo‘ladi.
AFSUSKI XAQIQAT
Bir yahudiy inson bilan suhbatlashib qoldim. Yuragimni ilma-teshik qilar gaplarni aytdiyu, ammo haqiqat edi.
*Bir davrada yosh bolalarning yaxshi xulqlari haqida gapira turib, "Islomiy tarbiya shunday bo‘ladi" deb qo‘ydim.
Birozdan so‘ng ko‘chaga, salqin havoga chiqdim. Yonimga bir inson keldi:
"Boya aytgan gapingizga qo‘shilmayman. Agar ranjimasangiz haqiqatni aytay" dedi.
*(Men matnni qisqartirish uchun faqat uning gaplarini yozaman)
"Siz musulmonlar farzandingizga aslo diniy tarbiya bera olmaysizlar.
Sizlar bolalaringizga faqat va faqat pul topish, boy bo‘lish, katta hovli va mashinalar olishni o‘rgatasiz. Bu Islomiy tarbiya emas!
*Bolangiz doktor bo‘lgisi kelsa, siz "Juda yaxshi kasb. Insonlarni dardiga malham bo‘lasan" demaysiz. Aksincha, "Juda yaxshi kasb. Xalq hurmatida bo‘lasan, hamma seni so‘nchagingga pul soladi. Doktorni bir operatsiyasi falon pul turadi" deysiz.
Natijada bolani yoshlikdan pora, kibr va haromxo‘rlikka yo‘naltirasiz.
*Ularga dinni o‘rgatmagani uchun shunday demang.
Chunki dinni o‘rgangan ruhoniylaringiz ham katta biznes va sarmoya sohiblari. Minbarga chiqib olib, foiz yaxshi emas, deya o‘zlari mashinasini foizli ijaraga beradi. Gap diniy bilimda emas, dinni mohiyatini yetkazishda!
*Musulmonlar yashaydigan o‘lkalarga Alloh baraka bergan. Eng boy yurtlar musulmonlarniki. Ammo eng qashshoqi ham ular!
Nima uchun? Chunki faqat boylik ketidan quvasizlar. Natijada bir-biringizga gapingiz o‘tmaydi.
*Sizga bir gapni aytaman. Bolalarga tarbiya berishni biz musulmonlardan o‘rgandik.
Biz bolani yoshligidan unga xavfli narsalarni oddiy qilib ko‘rsatib, undan qanday saqlanishni o‘rgatamiz. Masalan, 2-3 yashar bola har narsaga qiziqadi. Agar u pulga qiziqsa, biz uyni har yeriga pul qo‘yamiz. O‘zimiz esa pulga befarq bo‘lib, qo‘llarimizga kitob olamiz. Bola pulni ushlab, bizga qaraydi. Bizni diqqatimiz kitobdaligini bilgach, pulni tashlab, u ham qandaydir kitobga qarab emaklaydi.
*Sizlar bolalaringizni og‘ziga topganingizni tiqasizlar. Biz esa keraklisini. Masalan, bola shokoladga qiziqsa, unga shokolad beramiz, ammo o‘zimiz yemaymiz. Shuning uchun bola ham uni yemaydi. Ammo musulmonni bolasiga qarasangiz: qo‘liga nima tushsa, og‘ziga solib ko‘radi.
*Biz bolamizga kasbni o‘zimiz tanlaymiz. Sizlar esa "Kim bo‘lsang bo‘laver!" deysiz, natijada bola juda kech ulg‘ayadi.
*Biz har kecha uyda kitobxonlik soati qilamiz. Ishdan charchab kelamiz, mutolaaga kuch qolmaydi. Ammo shu soatda biz kitobni ochib, unga termulib o‘tiraveramiz.

Bolalarimiz ham buni muhimligini his qilib, kitobga qiziqa boshlaydi.


*Agar men uni injiner qilmoqchi bo‘lsam, atayin uni atrofiga shu sohaga oid turli rasmdagi kitoblarni qo‘yaman.
*Bola nimani bilsa, shuni kasb qiladi.
*Diniy va dunyoviy ta’limni yoshlikdan shunday bersak, kelajakda uning uchun qayg‘urishga hojat qolmaydi.
*Men yahudiy bo‘la turib, Islomni ayrim musulmonlardan yaxshi bilaman.Istasangiz uyga kiramiz. O‘sha davradagilarga dindan savol beraman. Barchasi javob bera olishiga ishonasizmi?
Yo‘q! Chunki ularni befahm qilib tarbiyalashgan.
*Hozir bolam 9 yoshda. Ingliz, rus va ibroniy tilni biladi.
Har kecha onlayn tarzda Isroil olimlaridan Tavrotni o‘rganmoqda.
Xonasidagi javoni kitobga to‘la. Yadroviy fizikaga qiziqadi. Maktabni bitirib, Quddam (shahar nomi bo‘lsa kerak)ga ketmoqchi.
Uni zehnli qilib tarbiya qilganimiz uchun Isroil davlati har oy menga katta maosh to‘laydi.
*Men har oy unga ozroqdan maosh beraman. Pul bilan muomala qilishni o‘rganishi uchun. Pulni nimaga sarflashiga diqqat qilaman. Agar yosh bolalarcha sarflasa, demak tarbiyada biroz og‘ishlik bor. To‘g‘irlayman.
*Musulmon bolasi pulni qandga ishlatsa, "Bolani pulga o‘rgatibsan!" deya, onasiga dakki beradi. O‘zi esa "O‘qisang - boy bo‘lasan!" deb, uqtiradi"...
*Uning gaplarini chuqur o‘yladim. Aslida u haqiqatni gapirgan edi. Eng boy o‘lkada yashab turib, eng kambag‘al va madaniyatsiz edik. Demak, ayb o‘zimizda bo‘lgan ekan.
"Nobel" olganlarni ko‘pi yahudiy. Eng katta biznesmen, olim, doktor va ixtirochilar ham ular.
Eng ko‘p kitob chop etib, ta’limga ko‘p pul sarflab, yoshlarga kuchli ta’lim beruvchilar ham ular. Barcha sohani egallab, o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanuvchilar ham ular!
Afsuski shunday!
Yapon maktablari haqida qiziqarli faktlar
1. Yaponiyada boshlang‘ich sinfdan to oltinchi sinfgacha "Axloq tomon yo‘l" dasturi nomli dars o‘tishar ekan. Bunda o‘quvchilarga faqat axloq va kishilar bilan muomalani o‘rgatishga alohida e’tibor qaratiladi.
2. Birinchi sinfdan uchinchi sinfgacha o‘quvchilardan imtixon olinmaydi. Chunki bu vaqtda maqsad bolani tarbiya qilish, axloqiy tushunchalarni singdirish va shaxsiyatni shakllantirish muhim hisoblanadi.
3. Yapon o‘quvchilari ustozlari bilan birga har kuni 25 daqiqa maktabni tozalash bilan shug‘ullanishadi. Bu ularni tozalikka diqqatli bo‘lib, kamtarin tarzda o‘sishlariga yordam beradi.
4. Yapon o‘quvchilari maktabga o‘zlari bilan zararsizlantirilgan tish cho‘tkasini olib borishlari kerak. Chunki ovqatdan so‘ng tishlarini yuvishlari lozim. Ular yoshlikdan salomatliklariga e’tiborli bo‘lishga ko‘niktirilar ekan.

5. Maktab mudirlari o‘quvchilardan yarim soat oldin ovqatlanishadi. Bu bilan ular ovqat bolalarga zarar beradimi yo‘qmi, shuni aniqlab berishar ekan. Ular o‘quvchilarni Yaponiya kelajagi deb bilishadi va ularni himoya qilish lozim deb e’tiqod darajasida qarashadi.


6. Yaponiyada farroshlar "salomatlik muhandislari" deyiladi. Ular 5000 dan 8000 dollargacha maosh beriladi. Ularni ishga olishdan oldin yozma va og‘zaki imtixondan o‘tkaziladi.
Qanday qilib o‘quvchilarga uy vazifalarini bajarishga motivatsiya berish mumkin?
Butun dunyodagi o‘quvchilar va talabalar jiddiy muammoga duch kelmoqda: ular har kuni bir necha topshiriqlarni bajarishlari kerak. Ko‘pchilik o‘quvchilar topshiriqlar qiziqarli bo‘lsa ham maktab topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarishga ulgurmaydilar. Demak, o‘rganishni motivatsiyali tashkil etish har qanday yoshdagi bola uchun muhim.
Bola uy vazifasini o‘qishga qiziqqan holda bajarishi kerak. Uy vazifasini berishda quyidagilarga e’tibor bering:
👉 Bolani uyaltirmang.
👉 Loyiha topshiriqlaridda bolalarni o‘zlari yoqtirmaganlar bilan sherik qilmang.
👉 Uy vazifasiga nisbatan ijobiy fikrlarni rivojlantiring.
👉 Mehribon o‘qituvchi bo‘ling, har bir o‘quvchingiz bilan alohida ishlashga vaqt toping.
👉 O‘quvchilarning qobiliyatini aniqlang.
👉 Maktab faoliyatiga jalb qiling, ularda maktabga tegishlilik hissini uyg‘oting.
👉 O‘quvchilarni ahil jamoaga aylantiring.
👉 Uy vazifalarini loyiha shaklida taqdim eting.
👉 Yakka topshiriqdan ko‘ra, sheriklikda ishlash topshirig‘ini uyga vazifa sifatida topshirsangiz, bu bolada uyga vazifani bajarishga qiziqish uyg‘otadi.
👉 Tez bajariladigan va qiziqarli topshiriqlar bering.
👉 Bolalarga ularni uy vazifasidan chalg‘ituvchi narsalar haqida har doim ayting.


Download 115.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling