Oila-mahalla-ta’lim muassasi hamkorligi


O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda oila-maxalla va ta’lim muassasasining o‘rni


Download 115.1 Kb.
bet2/2
Sana14.05.2023
Hajmi115.1 Kb.
#1462449
1   2
Bog'liq
Oila

2.3.O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda oila-maxalla va ta’lim muassasasining o‘rni
O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu o‘zgarishlarning samarasi, yurtimizning taraqqiy topgan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi, avvalo ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son farmonining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” ustuvor yo‘nalishida ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat
Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim tizimida 5 muhim tashabbusning ahamiyati siyosatini takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalar orasida yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni kichik-biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Mamlakatimizda ta’lim oluvchi-yoshlarning ijodiy g‘oyalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida qabul qilingan yana bir muhim qarorni e’tirof etish joiz. Yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etishi belgilandi. Ushbu loyihalar o‘quvchiyoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashlariga, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalarni hosil qilishga undashdir.
Hech ikkilanmay aytish mumkinki, dunyodagi birorta davlat ertangi kun egalari bo‘lgan yosh avlodning ma’naviy va jismoniy kamoloti uchun qayg‘urish,
ularning zamon talablariga mos bilim olishi, kasb-hunar tanlashi, qobiliyati, iqtidorini erkin namoyon qilishi hamda yanada rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda O‘zbekistonga tenglasha olmaydi. Bu haqiqatni bugungi kunda jahon hamjamiyati ham chuqur e’tirof etganligini ta’kidlash o‘rinlidir.
Ushbu sharafli va mas’uliyatli ishlarni amalga oshirishda mamlakatimizning har bir fuqarosi mas’ul, deb hisoblayman.
Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’biri bilan Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim tizimida 5 muhim tashabbusning ahamiyati aytganda “..elim deb, yurtim deb, yonib yashash”ni taqozo etadi. Shuni ta’kidlash joizki, zamonaviy ta’limning mazmun-mohiyati tubdan o‘zgardi, ayni vaqtda shaxs olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olsagina, olingan bilim samarasi seziladi. Raqobatbardosh kadrlarni yaratish uchun mustahkam zamin yaratish borasida o‘zaro chambarchas bog‘liq uch omil - oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi muxim ahamiyatga egadir. Hamkorlikning asosiy maqsadi har bir bolaning hayotda o‘z o‘rnini topib, o‘z baxti uchun zamin yaratishga, el-yurt oldidagi mas’uliyatini seza oladigan, mehnatsevar, insonparvar bo‘lishiga qaratilgandir. Inson avvalo oila bag‘rida unib-o‘sadi, shaxs sifatida shakllanadi. Oiladagi ta’lim-tarbiya, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar keyinchalik odamlar orasida — mahalla-ko‘yda, ta’lim muassasalarida sayqal topadi. Shunday ekan, vatanimiz va xalqimizning ertangi kunini, jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tiborini belgilovchi barkamol avlodni voyaga yetkazishdek ulug‘ vazifani oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligisiz hal etib bo‘lmaydi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
“Inson hayotida ikki masalada adashsa, umr bo‘yi qiynalib o‘tadi: biri umr yo‘ldoshi, ikkinchisi esa holiga yarasha kasb-hunar tanlashda !” deydi ko‘pni ko‘rgan keksalarimiz. Gap mustaqil hayot ostonasida turgan o‘g‘il-qizlarimizning to‘g‘ri kasb tanlashlariga ko‘maklashish xususida borar ekan, ota-onalar, maxalla, maktab va kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘rnini bu borada alohida qayd etib o‘tish joiz.
O‘zbek xalqi azaldan o‘zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi. Farzandga mexr qo‘yish, ularning qornini to‘q, ustini but qilish bilan bolalarimizni yoshlik chog‘idan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’naviyat, o‘z iqtidori, qobiliyati, qiziqishi asosida kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish oiladagi dolzarb masaladir. Ushbu yo‘nalishda oilaning vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 19 iyundagi 175-sonli qarorida quyidagicha belgilangan:
- farzandlarga chuqur dunyoviy bilim berish, ularning ma’rifatli va ma’naviyati yuksak kishilar bo‘lib yetishishlarini ta’minlash;
Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim tizimida 5 muhim tashabbusning ahamiyati
- ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, istiqlol g‘oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruxida tarbiyalash, maktabdan tashqari turli xil ta’lim muassasalari (musiqa va san’at, sport maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlaridagi ) to‘garak mashg‘ulotlariga jalb etish.
Ba’zi ota-onalar o‘g‘il-qizlarining kasb tanlashi masalasi ko‘ndalang turganda farzandlarining qiziqishlari, iste’dodlarini emas, o‘zlarining orzu-xavaslari, kimlarningdir falon kasbni egallab, to‘kin-sochin hayot kechirayotganliklari haqidagi tushunchalarni ustun qo‘yishadi. Yoki o‘zining faoliyatini bolasi davom ettirishini istaydi. Shunday paytlarda ta’lim muassasasi pedagoglari o‘quvchining ota-onalari bilan ishlashlari kerak.
Shuni unumasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori aynan bilim dargoxlarida, aniqrog‘i maktab darsxonalarida yaratiladi. Boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam qo‘yayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchchi kuchi bo‘lgan farzandlarimizning munosib kamol topishiga o‘qituvchi va murabbiylarimizning hissasi beqiyos ekanini ta’kidlash lozim.
Aytilgan fikrlar shuni ko‘rsatadiki, buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir farzand timsolida, avvalo, bola shaxsini ko‘rishi zarur. Demak, farzandlarimizni erkin, mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga asta-sekin, ammo muttasil ega bo‘lib boradigan, ongli yashaydigan, voqea va xodisalarga daxldorlik tuyg‘usiga ega bo‘lgan har tomonlama komil inson etib voyaga yetkazish ta’lim- tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasidir.
Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ta’lim muassasasining vazifalari Vazirlar Maxkamasining 175-sonli qarorida quyidagicha etib belgilangan:
- o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini inobatga olib, ularni turli sohalar bo‘yicha kasb-hunarga yo‘nlatirish va ta’limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;

Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim tizimida 5 muhim tashabbusning ahamiyati


- bolalarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlariga tizimli yondashishni
tashkil etish (maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar
ta’limi, oliy ta’lim).
Shuningdek, kasb tanlashdek nozik pallada turgan o‘quvchining
salomatligi haqidagi ma’lumotlarni ham o‘rganib chiqish, o‘quvchining
intellektual salohiyati, qiziqish va qobiliyatlari bilan birga jismoniy imkoniyatlarini ham, ertaga o‘zi sevgan sohada zavq bilan samarali mehnat qilishga monelik qilmasligi kearkligi, shu bilan birgalikda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, turli fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlar faoliyati bilan tanishtirib borish joizdir.
Qiziqarli ma’lumotlarni yetkazish barobarida erishilgan yutuqlarni hayotiy misollar bilan tushuntirib berish lozim. Maktab o‘quvchilarini hududdagi kollejlar hayoti bilan yaqindan tanishish, kasblar haqidagi to‘laqonli ma’lumotlarga ega bo‘lishiga muntazam ravishda “Kasblar festivali” tadbirlari o‘tkazilsa, galma-galdan o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalaridan birida tashkil etilib, o‘sha muassasa faoliyati qirralarini maktab bitiruvchilariga ochiq darslar, suxbatlar, uchrashuvlar, qiziqarli kechalar ko‘rinishida, joiz bo‘lsa videoroliklar, slaydlar asosida tanishtirish kerak. Shu dargoxni bitirib, ayni paytda samarali mehnati bilan el-yurt o‘rtasida e’tibor qozongan kishilarni taklif etib yoshlarda kasblarga bo‘lgan hurmat, qiziqishni orttirish zarur.
Ushbu yo‘nalishda mahallaning ham o‘ziga xos ta’sir uslubi mavjud.
Mahallaning hayotimizdagi tarbiyalovchi vazifasi shu qadar sezilarliki, oxirgi paytlarda “maxalla” va “tarbiya” tushunchalari yonma-yon ishlatiladigan bo‘ldi. Zero, “tarbiya” tushunchasining asl ma’nosi, bu insonning o‘zi va o‘z xulqi haqidagi tasavvurining to‘g‘ri va xolis bo‘lishini ta’minlovchi murakkab jarayon bo‘lib, u bevosita uni o‘rab turgan insonlardan, oila a’zolari, mahalladoshlari, yor-do‘stlaridan ayri tushunilmaydi. Bu borada mahallaning vazifalari quyidagilardan iborat:

Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim tizimida 5 muhim tashabbusning ahamiyati


- voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida ma’naviy barkamollikni targ‘ib qilish, ularni mahalla hududida istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san’atkorlar, ziyolilar imkoniyatlaridan foydalanib fan, madaniyat, san’at to‘garaklariga jalb etish;
- fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yoshlar bilan ishlash komissiyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish;
- voyaga yetmaganlar va yoshlarni tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga, shu jumladan usta-hunarmandlarga biriktirish orqali ularni kasbga yo‘naltirish, ularda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish.
Mamlakatimizda mustaqillik tufayli barcha sohalarda ulkan ijobiy o‘zgarishlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Minglab zamonaviy binolar, savdo markazlari, yuzlab zamonaviy ta’lim muassasalari va sport majmualari qurilib foydalanishga topshirilmoqda. Shunday ijobiy o‘zgarishlar davri nafaqat ustoz pedagoglarga, balki mahallalar, ota-onalarga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Barchamiz yurtimiz farovonligi, kelajagimiz ravnaqi uchun, farzandlarimizning baxtli hayoti uchun o‘z hissamizni qo‘shishimiz darkor!
Bir so‘z bilan aytganda, farzand oilada jismonan, fikran va axloqan tarbiyalanishi, kuchli badan, sog‘lom fikr va yaxshi axloq bilan qurollantirilishi lozim. Xulosa shuki, biz ham ajdodlarimiz qadriyatlariga tayangan holda oila muqaddasligini, butunligini saqlashimiz, farzandlarimizni vatanparvar, insonparvar, yuksak e’tiqodli, odob-axloqli va albatta barkamol etib tarbiyalashga intilishimiz zarur.Yoshlarning ta’lim-tarbiyasi haqida gap ketganda, mahallaning roli va ta’siri to‘g‘risida to‘xtalmay ilojimiz yo‘q. Bejiz «Mahalla — ham ota, ham ona» deyilmagan.
O‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar aynan mahalla muhitida rivojlangan. Bular esa yosh avlodning ongu tafakkurini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Demak, farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasida mahallaning o‘rnini hech narsa bilan tenglashtirib
Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim tizimida 5 muhim tashabbusning ahamiyati bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida, avvalo, yuksak ma’naviyatli shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-4947-son farmoni
2. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli qarori
3. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” Islom Karimov, Toshkent
“ma’naviyat”2008y
4. “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari
hamkorligi mexanizmi”, Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent, 2013 y
5. H.Q.Yo‘ldashev Barkamol avlodni tarbiyalashda oila,mahalla va ta’lim
muassasalari hamkorligi mexanizmi (Uslubiy qo‘llanma) (Toshkent-
2013yil)
6. Oilaviy muhit va bolalar // Qalqon. – 2006, - №1.- B.14-15O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori ta’lim
tizimida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu
o‘zgarishlarning samarasi, yurtimizning taraqqiy topgan davlatlar qatoridan
munosib o‘rin egallashi, avvalo ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji
bilan uzviy bog‘liqdir. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada
oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun
shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning
barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini amalga
oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7
fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son farmonining “Ijtimoiy
sohani rivojlantirish” ustuvor yo‘nalishida ta’lim, madaniyat, ilm-fan,
adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat

Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim tizimida 5 muhim tashabbusning ahamiyati


44


siyosatini takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalar
orasida yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib
sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini
rivojlantirish, ularni kichik-biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb
etish, tashabbuslarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini
ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Mamlakatimizda ta’lim oluvchi-yoshlarning ijodiy g‘oyalarini har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida qabul qilingan yana bir
muhim qarorni e’tirof etish joiz. Yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion
faoliyatini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8
dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi
xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli
qarori qabul qilindi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar
vazirligi hamda Moliya vazirligining xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha
xalqaro tadqiqotlarni tashkil etishi belgilandi. Ushbu loyihalar o‘quvchi-
yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashlariga, olgan bilimlarini hayotda
qo‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalarni
hosil qilishga undashdir.
Hech ikkilanmay aytish mumkinki, dunyodagi birorta davlat ertangi kun
egalari bo‘lgan yosh avlodning ma’naviy va jismoniy kamoloti uchun qayg‘urish,
ularning zamon talablariga mos bilim olishi, kasb-hunar tanlashi, qobiliyati,
iqtidorini erkin namoyon qilishi hamda yanada rivojlanishi uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratishda O‘zbekistonga tenglasha olmaydi. Bu haqiqatni bugungi
kunda jahon hamjamiyati ham chuqur e’tirof etganligini ta’kidlash
o‘rinlidir.
Ushbu sharafli va mas’uliyatli ishlarni amalga oshirishda
mamlakatimizning har bir fuqarosi mas’ul, deb hisoblayman.
Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’biri bilan

Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim tizimida 5 muhim tashabbusning ahamiyati


45


aytganda “..elim deb, yurtim deb, yonib yashash”ni taqozo etadi. Shuni ta’kidlash
joizki, zamonaviy ta’limning mazmun-mohiyati tubdan o‘zgardi, ayni vaqtda
shaxs olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olsagina, olingan bilim samarasi
seziladi. Raqobatbardosh kadrlarni yaratish uchun mustahkam zamin yaratish
borasida o‘zaro chambarchas bog‘liq uch omil - oila, mahalla va ta’lim muassasasi
hamkorligi muxim ahamiyatga egadir. Hamkorlikning asosiy maqsadi har bir
bolaning hayotda o‘z o‘rnini topib, o‘z baxti uchun zamin yaratishga, el-yurt
oldidagi mas’uliyatini seza oladigan, mehnatsevar, insonparvar bo‘lishiga
qaratilgandir. Inson avvalo oila bag‘rida unib-o‘sadi, shaxs sifatida
shakllanadi. Oiladagi ta’lim-tarbiya, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar
keyinchalik odamlar orasida — mahalla-ko‘yda, ta’lim muassasalarida sayqal
topadi. Shunday ekan, vatanimiz va xalqimizning ertangi kunini, jahon
hamjamiyatidagi obro‘-e’tiborini belgilovchi barkamol avlodni voyaga
yetkazishdek ulug‘ vazifani oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligisiz hal
etib bo‘lmaydi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
“Inson hayotida ikki masalada adashsa, umr bo‘yi qiynalib o‘tadi: biri
umr yo‘ldoshi, ikkinchisi esa holiga yarasha kasb-hunar tanlashda !” deydi ko‘pni
ko‘rgan keksalarimiz. Gap mustaqil hayot ostonasida turgan o‘g‘il-
qizlarimizning to‘g‘ri kasb tanlashlariga ko‘maklashish xususida borar ekan,
ota-onalar, maxalla, maktab va kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘rnini
bu borada alohida qayd etib o‘tish joiz.
O‘zbek xalqi azaldan o‘zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib
turadi. Farzandga mexr qo‘yish, ularning qornini to‘q, ustini but qilish bilan
bolalarimizni yoshlik chog‘idan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak
ma’naviyat, o‘z iqtidori, qobiliyati, qiziqishi asosida kasb-hunarga to‘g‘ri
yo‘naltirish oiladagi dolzarb masaladir. Ushbu yo‘nalishda oilaning
vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 19
iyundagi 175-sonli qarorida quyidagicha belgilangan:
- farzandlarga chuqur dunyoviy bilim berish, ularning ma’rifatli va
ma’naviyati yuksak kishilar bo‘lib yetishishlarini ta’minlash;

Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim tizimida 5 muhim tashabbusning ahamiyati


46


- ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, istiqlol g‘oyalari va milliy
mafkuraga sadoqat ruxida tarbiyalash, maktabdan tashqari turli xil ta’lim
muassasalari (musiqa va san’at, sport maktablari, “Barkamol avlod” bolalar
markazlaridagi ) to‘garak mashg‘ulotlariga jalb etish.
Ba’zi ota-onalar o‘g‘il-qizlarining kasb tanlashi masalasi ko‘ndalang
turganda farzandlarining qiziqishlari, iste’dodlarini emas, o‘zlarining
orzu-xavaslari, kimlarningdir falon kasbni egallab, to‘kin-sochin hayot
kechirayotganliklari haqidagi tushunchalarni ustun qo‘yishadi. Yoki o‘zining
faoliyatini bolasi davom ettirishini istaydi. Shunday paytlarda ta’lim
muassasasi pedagoglari o‘quvchining ota-onalari bilan ishlashlari kerak.
Shuni unumasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori aynan bilim
dargoxlarida, aniqrog‘i maktab darsxonalarida yaratiladi. Boshqacha aytganda,
xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday
ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni,
xorijiy tillarni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam
qo‘yayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchchi kuchi bo‘lgan farzandlarimizning
munosib kamol topishiga o‘qituvchi va murabbiylarimizning hissasi beqiyos
ekanini ta’kidlash lozim.
Aytilgan fikrlar shuni ko‘rsatadiki, buning uchun har qaysi ota-ona,
ustoz va murabbiy har bir farzand timsolida, avvalo, bola shaxsini ko‘rishi
zarur. Demak, farzandlarimizni erkin, mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga
asta-sekin, ammo muttasil ega bo‘lib boradigan, ongli yashaydigan, voqea va
xodisalarga daxldorlik tuyg‘usiga ega bo‘lgan har tomonlama komil inson etib
voyaga yetkazish ta’lim- tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasidir.
Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ta’lim muassasasining vazifalari Vazirlar
Maxkamasining 175-sonli qarorida quyidagicha etib belgilangan:
- o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini inobatga olib, ularni
turli sohalar bo‘yicha kasb-hunarga yo‘nlatirish va ta’limda
tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;

Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim tizimida 5 muhim tashabbusning ahamiyati


47


- bolalarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlariga tizimli yondashishni
tashkil etish (maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar
ta’limi, oliy ta’lim).
Shuningdek, kasb tanlashdek nozik pallada turgan o‘quvchining
salomatligi haqidagi ma’lumotlarni ham o‘rganib chiqish, o‘quvchining
intellektual salohiyati, qiziqish va qobiliyatlari bilan birga jismoniy
imkoniyatlarini ham, ertaga o‘zi sevgan sohada zavq bilan samarali mehnat
qilishga monelik qilmasligi kearkligi, shu bilan birgalikda ishlab chiqarish
korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, turli fermer
xo‘jaliklari, tadbirkorlar faoliyati bilan tanishtirib borish joizdir.
Qiziqarli ma’lumotlarni yetkazish barobarida erishilgan yutuqlarni hayotiy
misollar bilan tushuntirib berish lozim. Maktab o‘quvchilarini hududdagi
kollejlar hayoti bilan yaqindan tanishish, kasblar haqidagi to‘laqonli
ma’lumotlarga ega bo‘lishiga muntazam ravishda “Kasblar festivali”
tadbirlari o‘tkazilsa, galma-galdan o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi
muassasalaridan birida tashkil etilib, o‘sha muassasa faoliyati qirralarini
maktab bitiruvchilariga ochiq darslar, suxbatlar, uchrashuvlar, qiziqarli
kechalar ko‘rinishida, joiz bo‘lsa videoroliklar, slaydlar asosida
tanishtirish kerak. Shu dargoxni bitirib, ayni paytda samarali mehnati
bilan el-yurt o‘rtasida e’tibor qozongan kishilarni taklif etib yoshlarda
kasblarga bo‘lgan hurmat, qiziqishni orttirish zarur.
Ushbu yo‘nalishda mahallaning ham o‘ziga xos ta’sir uslubi mavjud.
Mahallaning hayotimizdagi tarbiyalovchi vazifasi shu qadar sezilarliki,
oxirgi paytlarda “maxalla” va “tarbiya” tushunchalari yonma-yon ishlatiladigan
bo‘ldi. Zero, “tarbiya” tushunchasining asl ma’nosi, bu insonning o‘zi va o‘z
xulqi haqidagi tasavvurining to‘g‘ri va xolis bo‘lishini ta’minlovchi
murakkab jarayon bo‘lib, u bevosita uni o‘rab turgan insonlardan, oila
a’zolari, mahalladoshlari, yor-do‘stlaridan ayri tushunilmaydi. Bu borada
mahallaning vazifalari quyidagilardan iborat:

Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim tizimida 5 muhim tashabbusning ahamiyati


48


- voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida ma’naviy barkamollikni targ‘ib
qilish, ularni mahalla hududida istiqomat qilayotgan xalq ustalari,
san’atkorlar, ziyolilar imkoniyatlaridan foydalanib fan, madaniyat, san’at
to‘garaklariga jalb etish;
- fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yoshlar bilan
ishlash komissiyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish;
- voyaga yetmaganlar va yoshlarni tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga, shu
jumladan usta-hunarmandlarga biriktirish orqali ularni kasbga yo‘naltirish,
ularda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni
tashkil etish.
Mamlakatimizda mustaqillik tufayli barcha sohalarda ulkan ijobiy
o‘zgarishlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Minglab zamonaviy binolar,
savdo markazlari, yuzlab zamonaviy ta’lim muassasalari va sport majmualari
qurilib foydalanishga topshirilmoqda. Shunday ijobiy o‘zgarishlar davri
nafaqat ustoz pedagoglarga, balki mahallalar, ota-onalarga ham katta
mas’uliyat yuklaydi. Barchamiz yurtimiz farovonligi, kelajagimiz ravnaqi
uchun, farzandlarimizning baxtli hayoti uchun o‘z hissamizni qo‘shishimiz
darkor!
Bir so‘z bilan aytganda, farzand oilada jismonan, fikran va axloqan
tarbiyalanishi, kuchli badan, sog‘lom fikr va yaxshi axloq bilan
qurollantirilishi lozim. Xulosa shuki, biz ham ajdodlarimiz qadriyatlariga
tayangan holda oila muqaddasligini, butunligini saqlashimiz,
farzandlarimizni vatanparvar, insonparvar, yuksak e’tiqodli, odob-axloqli
va albatta barkamol etib tarbiyalashga intilishimiz zarur.Yoshlarning ta’lim-
tarbiyasi haqida gap ketganda, mahallaning roli va ta’siri to‘g‘risida
to‘xtalmay ilojimiz yo‘q. Bejiz «Mahalla — ham ota, ham ona» deyilmagan.
O‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik kabi xalqimizga xos urf-odat va
an’analar aynan mahalla muhitida rivojlangan. Bular esa yosh avlodning ongu
tafakkurini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Demak, farzandlarimiz
ta’lim-tarbiyasida mahallaning o‘rnini hech narsa bilan tenglashtirib

Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim tizimida 5 muhim tashabbusning ahamiyati


49


bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi
farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning
uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida,
avvalo, yuksak ma’naviyatli shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan
kelib chiqqan holda farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash
qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga
yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi
lozim.
Xulosa
Demak, oila hayotini tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri tashkil qilish uchun o‘qituvchilar, keng jamoatchilik pedagogika fani orqali aholiga yordam berish, ota-onalarga tarbiyaviy bilim berish tizimini ishlab chiqishlari lozim.
Pedagog olim V.A.Suxomlinskiy o‘z tadqiqotlarida isbotlanganidek, oilaviy tarbiyaga doir ishlar quyidagi sharoitlarda bajarilsa, uning samaradorligi yanada oshadi:
1. Maktab o‘zining barcha ta’sirlari majmuini oilaviy tarbiya jarayoniga izchil yo‘naltira olsa. 2. O‘quvchilar jamoasi oila bilan o‘zaro hamkorligi davrida o‘zlarining yetuk pedagogik-tarbiyaviy talablarini to‘g‘ri tashkil eta olsalar.
3. Xalq ta’limi bo‘limi va muassasalari tashkilotchi ota-onalarni tarbiyaviy jarayonga jalb eta olsalar.
4. O‘qituvchilar tomonidan oilaviy tarbiyaga rahbarlik bolalar maktabga kelmasdan oldin boshlansa va bu ish ularning barcha o‘quv yillarida davom ettirilsa.
Hozirgi kunda respublikamizning shahar va qishloqlarida tarbiyaga oid bilimlarni targ‘ib qilishda quyidagi shakllardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
● aholi uchun ochilgan tarbiya madaniyatini targ‘ib qiluvchi xalq universitetlari;
● xalq ta’limi tomonidan yasli, bog‘cha va maktablarda bo‘lgan ota-onalar universitetlari;
● oliy o‘quv muassasalari qoshida ochilgan ota-onalar lektoriysi;
● seminarlar;
● kurslar; tarbiyaviy huquqiy bilimlar maktablari;
● pedagogika va bolalar rivojlanishiga doir masalalarni o‘rganuvchi to‘garaklar. Bu va shunga o‘xshash ilmiy-ta’limiy ishlarni ruhshunoslar, pedagoglar jamiyatlari, maktab ota-onalar qo‘mitasi, oilaga yordam beruvchi kengashlar, olib boradi. Mehnat tarbiyasi ham oila tarbiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Shax sning mustahkam tavsif va qat’iy iroda egasi bo‘lib voyaga yetishida mehnatning ahamiyati katta1. Agar ota-onalarga umumiy ta’lim-tarbiya berishda olimlarning tavsiyalari, oilaviy tarbiyaga doir xalq pedagogikasi tajribalari, shahar, tuman, qishloq mehnat jamoalari, shuningdek, mehnat va urush faxriylarining maslahatlari, uchrashuvlaridagi tavsiyalariga tayanilsa, ishning samaradorligi yanada oshadi. Tarbiyaviy madaniyatning samaradorligini oshirishda maktablarda o‘tkaziladigan otaonalar majlisi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab o‘qituvchilari ota-onalar majlisiga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari lozim. Majlisdan oldin maktab, sinflarni tartibga solish kerak. O‘quvchilarning chorak, yarim yillik va hokazo ish natijalariga bag‘ishlab ko‘rgazma tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mazmunli tashkil etilgan sinf majlislarida tarbiyaga oid munozaralar bo‘ladi. Otaonalar majlisiga ma’lum davrdagi ishlarni yakunlovchi va o‘quv-tarbiya ishlariga doir umumiy masalalar kiritilishi lozim. Ota-onalar majlisida ishtirokchilarni qiziqtira oladigan aniq va ravshan masalalar qo‘yilishi g‘oyat darajada muhimdir. O‘sib kelayotgan yosh avlodni axloqan pok, ma’naviy yetuk, mehnatsevar qilib tarbiyalash uchun barcha tadbirlardan unumli foydalanish lozim. Ma’lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o‘qish davrida ham asosan oilada tarbiyalanadi. Oila bolaning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta’sir ko‘rsatishi tabiiy holdir. Ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari bolalarning sog‘ligini saqlashdir. Ayniqsa, otaonalar o‘zlarining mehnat faoliyatlari, xulqatvorlari orqali namuna bo‘lishlari lozim. O‘zaro oilaviy jamoada yaxshi so‘zlashuvni tashkil etish ham maqsadga muvofiqdir. Bolalik va o‘smirlik davridagi shaxs psixik rivojlanishidagi disgarmoniyaning aksariyati asosida oilaviy ichki o‘zaro munosabatlardagi «og‘ish» yotadi2.
Odatda, ota-onalar maktab o‘quv vazifalarini yaxshi bajarilishini ta’minlash uchun quyidagilarga rioya qilishlari tavsiya etiladi: – o‘quvchining mashg‘ulotlardan kechikishi va darsga kech qolishiga yo‘l qo‘ymaslik; – o‘quvchining uyda dars tayyorlashi uchun sharoit yaratish, vazifalarni belgilangan vaqtda bajarish ko‘nikmasini shakllantirish; – o‘quvchini vijdonli va rostgo‘y bo‘lishi, vazifalarni mustaqil ishlashdan bo‘yin tovlamaslikka o‘rgatish lozim va hokazo. Oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi bugungi kunning dolzarb masalasidir. Chunki bola tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligining o‘zi murakkab jarayon bo‘lib, bunda muallimlardan tashqari ishlab chiqarish jamoalari vakillari, yoshlar, kasaba uyushmalari ishtirok etadilar. Ota-onalar tomonidan o‘z farzandi shaxsining noto‘g‘ri baholanishi va noto‘g‘ri idrok etilishi, unga nisbatan o‘ylamasdan harakat qilish, shuningdek, ota-onaning xulq-atvori bolalardagi ko‘pchilik og‘ishlarning sababi hisoblanadi3. Ota-onalar va qarindosh-urug‘lar turli mehnat jamoalarining vakillari bo‘lib, ishlab chiqarish va yoru-do‘stlarining ma’naviy hayotlarida muammolarni muhokama qiladilar, ularning hayot, san’at, oilaviy majburiyatlarga bo‘lgan munosabatlari haqida gapiradilar. Shu sababli ham mana shunday oilalarida tarbiya topayotgan bolalar boshqa ota-onalarning ko‘chada, jamoat joylaridagi hayot faoliyatlariga qarab o‘z ota-onalariga baho beradilar. O‘zbek oilalarida, ularning hayot tarzida ijtimoiy voqealar natijasida ijobiy o‘zgarishlar qilish uchun yangi samarali yo‘l va metodlar qidirilmoqda. Har bir ota-ona farzandi ta’lim olayotgan maktab jamoasining a’zosi hisoblanadi. Ota-onalar orasida turli kasb egalari va jamoatchi faol insonlar bor. Ular umumiy majburiy ta’limni amalga oshirishda maktabning iqtisodiy bazasini mustahkamlashda yordam beradilar.
Inson pokiza, hasaddan yiroq, odamlarga qayishadigan va har doim boshqalarning og‘irini yengil qilishga tayyor turadigan, mehr-u shavqatli bo‘lsa, kishilar orasida hurmat-ehtiromga sazovor bo‘lishiga farzandlar tarbiyasida alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Zotan, inson-inson nomiga hos odamiy fazilatlarga ega bo‘lishi kerak. Inson pokiza, hasaddan yiroq, odamlarga qayishadigan va har doim boshqalarning og‘irini yengil qilishga tayyor turadigan, mehr-u shavqatli bo‘lsa, kishilar orasida hurmat-ehtiromga sazovor bo‘lishiga farzandlar tarbiyasida alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Zotan, inson-inson nomiga hos odamiy fazilatlarga ega bo‘lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-4947-son farmoni
2. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli qarori
3. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” Islom Karimov, Toshkent
“ma’naviyat”2008y
4. “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari
hamkorligi mexanizmi”, Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent, 2013 y
5. H.Q.Yo‘ldashev Barkamol avlodni tarbiyalashda oila,mahalla va ta’lim
muassasalari hamkorligi mexanizmi (Uslubiy qo‘llanma) (Toshkent-
2013yil)
6. Oilaviy muhit va bolalar // Qalqon. – 2006, - №1.- B.14-15
1. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – T.: «Cho’lpon», 1994. 2. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. — T.: «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. 3. Tarbiya. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi– T.:»O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi», Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. 4. Hasanov J., To’raqulov X.A., Alqarov Sh., Usmonov N.O’., Pedagogika. – T.: «Noshir», 2011. 5. Abdullayeva D., Yorqulov R., Atabayeva N. Oila psixologiyasi. - T.: «Tafakkur Bo’stoni», 2015. 6. Asqarova. O’.M., Xayitboyev M., Nishonov M.S. Pedagogika. – T.: «Talqin», 2008. 7. G‘oziev E.F., Meliboeva R.N. Ijtimoiy psixologiya. – T.: «Faxrizoda», 2009. 8. To‘laganova G.Q. Deviant xulqning psixologik korreksiyasi. – T.: «Universitet», 2014. 9. To’rayeva O., Turopova M. Odobnoma. – T.: «O’qituvchi», 1999. 10. Boymurodov N. Amaliy psixologiya. – T.: «Yangi asr avlodi», 2008.
Download 115.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling