Oila modellari va boshqaruvda qaror qabul qilish o‘rtasidagi bog‘liqlik


Download 162.52 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi162.52 Kb.
#1495389
Bog'liq
OILA MODELLARI VA BOSHQARUVDA QAROR.

OILA MODELLARI VA BOSHQARUVDA QAROR QABUL QILISH O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK.


Jaxonova Maftuna
Reja:
1. Oiladagi shaxslararo munosabatlarda
oilaviy psixologiyaning tutgan o‘rni.
2. Oila psixologiyasi
3. Oilaviy psixologiyaning tadqiqot metodlari
Oiladagi shaxslararo munosabatlarda
oilaviy psixologiyaning tutgan o‘rni.
Oilaviy psixologiya - oilaning ijtimoiy institut maqomidagi faoliyatining ob’ektiv qonuniyatlarini, oila-nikoh hamda qarindosh-urug‘chilik munosabatlarining mexanizmlari va turmush tarziga oid konkret vaziyatlarda oila a’zolari ijtimoiy xulqining namoyon bo‘lishini o‘rganadi. Ijtimoiy psixologiyaning amaliy tarmog‘i sifatida u nikohga oid ustanovkalarni, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning - mehribonlik, g‘amxo‘rlik, hamdardlik, hamjihatlik, tobelik, bo‘ysunish, yetakchilik kabi o‘ziga xos qirralarini, oilaviy rollar taqsimoti va o‘zaro ta’sirning jinsga oid qonuniyatlarini, ota-ona va farzandlar, yaqin qarindosh urug‘lar o‘rtasidagi hissiy-emotsional bog‘liqlikni, oilaviy ro‘zgor yuritish va turmush tarzini tashkil etishga bog‘liq bo‘lgan psixologik jarayonlarning kechishini tadqiq etadi, o‘rganadi.

Oilaviy hayot psixologiyasi, shunday qilib, insonlarning qanday qilib o‘zaro qovushishlari, birgalikda yaxshi niyat bilan oila - ro‘zg‘or 38 yuritishlari, bahamjihatlikda hayot kechirishlarini o‘rganuvchi fan tarmog‘idir. Halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharmu-hayo, mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan. Bola shakllanishining ilk maktabi esa ota-onaning o‘zaro munosabatlari majmui bo‘lib hisoblanadi. Oila haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalo ko‘z o‘ngimizda ona siymosi shakllanadi. Oila muqaddasligini ta’minlovchi birinchi omil - ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehru - muruvvati, sadoqati va vafodorligidir.

Oilaviy hayot psixologiyasi, shunday qilib, insonlarning qanday qilib o‘zaro qovushishlari, birgalikda yaxshi niyat bilan oila - ro‘zg‘or 38 yuritishlari, bahamjihatlikda hayot kechirishlarini o‘rganuvchi fan tarmog‘idir. Halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharmu-hayo, mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan. Bola shakllanishining ilk maktabi esa ota-onaning o‘zaro munosabatlari majmui bo‘lib hisoblanadi. Oila haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalo ko‘z o‘ngimizda ona siymosi shakllanadi. Oila muqaddasligini ta’minlovchi birinchi omil - ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehru - muruvvati, sadoqati va vafodorligidir.


O‘zbekiston psixologlari tomonidan o‘zbek oilalariga xos muammolarni o‘rganish yuzasidan bir qator muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlar olib borilgan, ya’ni,
- oila-nikoh munosabatlari;
- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash;
- o‘zbek oilalaridagi milliy o‘ziga xoslik;
- o‘zbek oilalaridagi nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi muhim sabablar;
- ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi birqator masalalar har tomonlama o‘rganilib tahlil qilingan.
Har bir oila konkret davr, vaqt, zamon va makonda mavjud bo‘lganligi sababli, u avlodlararo bog‘liqlik, ma’naviy meros, milliy an’analar, urf-odatlar va rasm-rusmlarni saqlovchi noyob insoniy uyushmadir. Shu institut bo‘lgani sababli, har bir millat, elat va xalqlarning noyob udumlari asrlar osha saqlanib kelmoqda. Umuman, nikoh deb atalmish qadriyatning mavjudligi va unga avlodlarning e’tiqod qilishi ham oilaning muhim vazifasidir.
« Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega » O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 63- moddasi
Oila psixologiyasi
Oila – er - xotinlik ittifoqiga, qarindoshlik aloqalariga, umumiy xo'jalik yuritadigan er va xotin, ota - ona va bolalar, aka - uka va opa - singillar, bobo - buvilar va boshqa qarindoshlar o'rtasidagi munosabatlarga asoslangan kichik ijtimoiy guruh, jamiyatning asosi, davlat qudratining manbai.
Oila - odamlarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, maʻnaviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birlikdir.
Oilaviy psixologiyaning tadqiqot metodlari
Oilaviy psixologiyaning tadqiqot metodlari
Kuzatish metodi
Statistik metodlar
Eksperiment
Konkret vaziyatlarni tahlil qilish metodi
So‘rov metodi
1. Kuzatish metodi. Oilaviy munosabatlarni kuzatish deb oilaviy va turmush vaziyatlarida odamlarning tashqi xulq-atvorini idrok etish va muntazam qayd etib borishga bog‘liq faoliyatga aytiladi.
2. Konkret vaziyatlarni tahlil qilish metodi. Oila muhitida yoki hayotiy sharoitlarda ro‘y bergan voqea-hodisalarni qayd etish unga kompleks yondashuvni talab etadi. Bunda o‘rganayotgan shaxs testlar o‘tkazishi, oila a’zolarining biografik ma’lumotlarini tahlil etishi yoki aniq maqsadli so‘rov o‘tkazishi mumkin.
3. So‘rov metodi. So‘rov odatda bevosita yuzma-yuz ko‘rishib o‘tkazilishi, telefon orqali yoki pochta orqali yuborilgan yozma savolnoma tarzida o‘tkazilishi mumkin.
4. Statistik metodlar. Matematik statistikaning qator usullari empirik izlanishlar davomida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarning qay darajada ilmiy jihatdan asoslanganligini isbotlash maqsadida qo‘llaniladi.
5. Eksperiment. Ushbu usul yordamida bir omil ta’sirining boshqa bir omil yoki xolatning kelib chiqishiga turtki bo‘lishini aniklash mumkin. Odatda oilaviy munosabatlar dinamikasini o‘rganishda, u yoki bu xodisalar yoki omillar o‘rtasidagi bogliklikni aniqlashda eksperiment usulidan foydalaniladi.
Download 162.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling