64. BMT tomonidan qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” ning qabul qilingan vaqti qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) *1948 yil 10 dekabr;
B) 1958 yil 12 dekabr;
C) 1955 yil 12 dekabr;
D) 1978 yil 10 dekabr.
65. “Oila pedagogikasi” fanining vazifalari qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash;
B) bolalar tarbiyasiga oid umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarga yetkazish;
C) oilaviy an’analarga binoan bolalarning tug‘ilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlar va urf-odatlarni yoshlarga yetkazish;
D) *barcha javoblar to‘g‘ri.
66. Oila va oilada bolalar tarbiyasi haqida quyidagi mutafakkirlardan qaysilari fikr yuritganlar?
A) Ibn Sino, Beruniy;
B) A.Navoiy, Farobiy;
C) Muhammad Sodiq Qoshgariy, Davoniy;
D) *barcha javoblar to‘g‘ri.
67. Zamonaviy sharoitda bolalar tarbiyada nimalarga muhtoj?
A) hordiq chiqarishga, boylikka, uddaburonlikka;
B) mehnatkashlikka, erkinlikka, aqliy omilkorlikka;
C) aqliy omilkorlikka, amaliy hisob-kitobga, uddaburonlikka;
D) *barcha javoblar to‘g‘ri.
68. Quyidagilardan qaysilari zamonaviy oilalar rivojlanishining o‘ziga xosliklari bo‘la oladi: 1) moddiy ta’minlanganlik; 2) ko‘p bolalik; 3) tug‘ilishni oldini olish; 4) shahar va qishloq oilalarining ijtimoiy hayot tarzi; 5) ayollarning katta mavqega egaligi; 6)ota-onalarning doimiy ishda bo‘lishlari
A) 1, 2, 4, 6;
B) *1, 3, 4, 6;
C) 1, 3, 5, 6;
D) 1, 2, 5, 6.
69. Kim o‘zaro munosabatlar xarakteriga ko‘ra oilani ideal, o‘rta, salbiy turlarga bo‘ladi?
A) *Yu.Azarov;
B) M.Buyanov;
C) A.Munavvarov;
D) Fitrat.
70. Maktabning oila bilan olib boradigan ishlarini qanday shakllari mavjud?
A) ommaviy, guruhiy;
B) individual, zamonaviy;
C) *individual, jamoaviy;
D) to‘g‘ri javob yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |