Oila pedagogikasi


Oilada totuvlik muhitini yaratish omili

bet18/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Oilada totuvlik muhitini yaratish omili
Hozirgi ilmiy adabiyotlarda oilaning ma’naviy asosi 
masalasida, shaxsning kamol topishi bilan uzviy bog'liq 
bo‘lgan bilim, san’at, arxitektura, milliy, diniy, axloqiy, 
badiiy va boshqa qadriyat turlari, milliy istiqlol mafkurasi 
kabi talay ma’naviyat va ma’rifat xususida gapiriladi.
60


Bolaning ma’naviy taruiyasida oilaning ahamiyati muhimligi 
ta’kidlanadi.
Ota-onaning oiladagi moddiy, tashkiliy, tarbiyaviy va 
o‘zaro shaxsiy masalalar yuzasidan bir-biri bilan bo‘ladigan 
munosabatlari sof, samimiy, eming xotiniga, xotinning eriga 
nisbatan o‘zaro hurmati, iffati asosida qurilsagina, bunda u 
oilada musaffo ma’naviy muhit va hamjihatlik vujudga 
keladi. Ayniqsa, ota-ona munosabatidagi, ulaming bir-biriga 
mehribonligi, farzandlariga bir xil muomalada bo‘lishi, har 
ikki tomonning qarindosh-urug‘lariga bir xilda mehr-oqibat, 
hurmat bilan qarashi, bir so‘zligi, haqiqatni gapirish kabi 
ijobiy fazilatlarga ega bo‘lishi, 
shuningdek, sog'lom hayot 
kechirishi, chekish, yolg‘onchilik, maishiy buzuqliq, dimog‘- 
dorlik, manmanlik va boshqa shu kabi illatlardan holi bo‘lishi 
oilaviy munosabatlar madaniyatining sofligini ta’minlovchi 
xususiyatlardir.
Bunday ijobiy xususiyatlarga ega bo‘lish, serfarzand 
oilalarda ham, yoki faqat er va xotin yashaydigan oilalarda 
ham og‘ir kechadi. Chunki er-xotin turli sharoitda, muhitda 
tarbiyalangan, 
ulaming 
qarashlari, 
ma’lumoti, 
yoshi, 
ma’naviy saviyasi va boshqalarda nomuvofiqlik mavjud 
bo'lishi mumkin. Er-xotinning bir-biriga ko‘nikishi, o ‘zaro 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling