Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
Savollar
1. Oila ma’naviyati haqida nimalar bilasiz? 2. Oila ma’naviyatiga e’tibor qaratilgan qanday tarbiya- viy tadbirlar zarur deb hisoblaysiz? 3. Yoshlami ma’naviy axloqida qanday kemtikliklami borligini his etgansiz? 2.3. Oilada vatanparvarlik tarbiyasi Barkamol axlok va yaxshi xulq, birdaniga paydo bo‘l- maydi. Xalq, axloqiy mezonlari ko‘hna ona zamin bilan, Vatan deb atalmish mo‘jiza bir diyor bilan, uning jonli va jonsiz xilqati, quyoshi, havosi, bulog‘u daryolariga ruhiy rishtalar bilan bog‘langan. Bu rishtalar xuddi ona vujudidan hayot nurini oluvchi bola kindigi singari ona zaminga ulangan. Ana shuning uchun axloqiy tasawurlarimiz, adab maktabimiz pirovard natijada millat uchun, uning obro‘si va 48 istiqboli uchun xizmat qilsagina boshqalarda ehtirom va havas tuyg‘ularini o‘yg‘otadi; ana shundagina millat o‘z o‘tmishini, taqdirini, urf-odatlarini unutmaydi. Yaxshi fazilatlar, odatlar, an’analar va imonli kishilar siymosi avlodlar yulini shamchiroq, yanglig4 yoritib boradi. Dunyoda shunday bir kitob borki, u hech qachon o‘qib tugatilmaydi, shunday bir musiqa asari borki, uni oxirigacha ijro etib bo‘lmaydi. Bu xalq, millat hayoti, taqdiri, urf-odatlaridir. Mustaqillik tug‘ilgan tillami biyron qilib yubordi, egilgan bilaklarga kuch berdi, orzumand nigohlarga nur bag‘ishladi, tafakkur ufqini kengaytirdi, millat taqdiri va insoniy ideallar qismatini adolat va istiqbol tarozisi ustiga qo‘ydi. Har inson o‘z qo‘shig‘ini aytish bilan barobar zamon va millat kuyiga quloq, tutishi ham qarz, ham farz bo‘lib qoldi. Shu bois, ba’zi unutilgan yoki odatiy bir yo‘sindagi fazilatlarimiz, axloqu odob sohasidagi bebaho mulkimizni eslash qanchalik ko‘ngilni yashnatib yuborsa, zamona zayli bilan xalqimizga kirib qolgan yoki ta’bimizni xira qilayotgan jihatlar shunchalik dilimizga ozor beradi. Vatan-ostonadan boshlanadi. Demak, Vatan oila ostonasidan boshlanadi. Vatanparvarlik, milliy g‘urur, milliy o‘zlikni anglash shu oilada shakllanmog‘i zarur. Burch - ota-ona oldidagi farzand burchi, farzand oldidagi ota-ona burchi va vazifalari aynan oilada shakllanishiga erishish zarur. Bu o‘rinda oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini ta’minlash joiz. Vatanparvarlik hissini o‘z farzandi qalbiga singdirolgan ota-onaning, shunday ruh, bilan yashaydigan xalqning kela- jagi porloqdir. Yurtini sevgan, uning porloq, kelajagiga ishongan har bir fuqaro, har bir kishi uchun yurt taraq- qiyotiga ulush qo‘shish asosiy maqsadga aylanadi. 49 Darhaqiqat, mamlakatda mavjud 5 millionga yaqin oilalaming aksariyati, aholining 60 foizi qishloqda istiqomat qiladi. Yurtboshimizning Oliy Majlis X sessiyasida so‘zlagan nutqidan kelib chiqqan holda qishloq aholisiga, oilalarga maishiy va madaniy turmush sharoitini yaratish, qishloqda sanoatni, maishiy xizmat shoxobchalarini olib kirish, za- monaviy maktab, kasalxonalar, poliklinikalar barpo etish va ulami foydalanishga topshirish, aholining, shu jumladan, qishloq aholisining ishsiz qatlami uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, ulaming mehnat sharoitlarini yaxshilash - oila farovonligi, uning iqtisodiy manfaatlarini yuksak saviyaga ko‘tarish uchun zamindir. Oilada kichik oilaviy biznesni yo‘lga qo‘yish, oilaviy koixonalar, oila pudratini tashkil etish dehqon, fermerlik faoliyatini kuchaytirish oilada tadbirkorlikni, yo‘lga qo‘yish unda «Usta-shogird» an’anasi asosida oilaviy kasanachilik faoliyatidan keng foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari tashkil etish oilada to‘kinlik va farovonlikni ta’minlash uchun zamindir. Har tomonlama badastir oilada esa jismonan va ma’nan sog‘lom tadbirkor, ishbilarmon, mehnatsevar shaxs shakllanadi va voyaga yetadi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling