Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
I
berishga qodir kuch-quwat va jasorat, shuningdek, saltanatni boshqarish uchun talab etilgan ilmu donish sohibi bo‘lish- larmi talab etardi. Amir Temur o‘z davrining ma’rifatli kishisi, o‘gmishning ma’naviy saboqlaridan yaxshi xabardor inson sifatida sogUomlik faqat jismoniy kuch-quwat emas, balki oliyjanob insoniy fazilatlar uygunligiga erishmoq ekanligini ham yaxshi anglagan. U barloslaming ulug‘ amirlaridan bo‘lmish padari buzrukvori, muarrix Sharofiddin Yazdiy ta’biri bilan aytgan da, «ulamo va sulaho va mutafakkirlaiga mushfiq va meh- ribon» Muhammad Tarag‘aydan olgan saboqlami bir umr 29 unutmadi. Muhammad Tarag‘ay o‘z farzandini mardlik va farosatlik, qattiqqo‘llik va mehr-oqibat ruhida voyaga yet- kazdi. Agar Amir Temur buyuk saltanatga asos solgan bo‘lsa, bu sharafga mana shu yuksak tarbiya oqibatida erishgan. Sohibqiron farzandlarida uch xislat mujassam bo‘lishini istardi. Eng awalo, insonparvarlik, so‘ng mushohadalik va nihoyat, oqibatlik — bosiqlik. Insonparvar odamgina saxiy bo‘lishi mumkin. Mushohadali, bosiq odamgina jangu jadalda xatoga yo‘l qo‘ymaslikka, ulkan saltanatni boshqa- rishga qodir. Kimki jasur bo‘lsa-yu, insonparvar bo‘lmasa, jismonan baquwat bo‘lsa-yu, mushoxadalik bo‘lmasa, dono bo‘lsa-yu, bosiqlik bo'lmasa, unday odam komil inson bo‘lolmaydi, unday odam boshqalami ham, o‘ziniyam halok etadi. Kimki raqibi bilan olishgandayam insonparvarlikni unutmasa, li albatta yengadi. «Siyosatda maslahaat, mulo- hazakorlik, o'ylab ish qilish kuchidan o‘n karra foy- daliroqdir», deb ta’kidlaydi ulug‘ Sohibqiron. Bobokalonimizning farzandlari va avlodining qanday fazilatlarga ega bo‘lish bilan bog‘liq istaklarini bilish uchun, awalo, «Temur tuzuklari»ni varaqlaylik. Uning dastlabki sahifalaridayoq shunday fikmi uqish mumkin: «Tajribamda ko‘rilgankim, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir». Bu hikmatda bobomizning sog‘lom va komil inson xususidagi tushunchasi, ya’ni yetuk insoniy fazilat va xususiyatlarga ega insongina mamlakat tayanchi bo‘la oladi, degan mushohadasi mujassamlashgan, deb o‘ylayman. Boshqa bir o‘rinda Sohibqiron qat’iylik, sabrchidamlilik, sog‘ligu sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat sohibi bo‘lgan inson har qanday mashaqqatli ishni amalga oshirishga qodir, deb ta’kidlaydi. 30 Sohibqiron bobomiz harbiy safarlarga farzandu nabira- larini birga olib ketardi. Bundan ko‘zlangan birinchi murodi avlodlari suyagini jangu jadallar, uzoq va mashaqqatli yo‘l- larda chiniqtirish bo‘lsa, ikkinchi maqsadi farzandu nabiralari o‘z avlodlari qo‘lida tarbiyalansa, erka va tantiq bo‘lib ulg‘ayadilar, degan fikrdan kelib chiqib, ulami onalarining ortiqcha mehru-muhabbatlaridan asrash edi. Zero, asalning ko‘pi zarar, me’yorda bo‘lsa, foydali ekanligi to‘g‘risida o'tmish donishmandlari ko‘p naql etganlar. «Mening farzandlarim tantiq bo‘lmasliklari kerak! — derdi Amir Temur. — Tantiqlik irodasizlikni paydo qilgay. Farzandlarimni erkalaydigan yer kurash maydoni bo‘lsin. Aig'umoq ila qilich ulaming jonajon do‘sti, mardlik ularga ustoz bo‘lsin!» Mana shu niyatda jahongir avlodlarining jismoniy tar- biyasini itoatidagi eng tajribali va taniqli pahlavonlarga ishongan bo'lsa, farzandlarining ruhiy dunyosiga sayqal berishni oqila malika — asli ismi Saroymulkxonim, xon avlodi bo‘lgan, murg'aklikdan hukmfarmonlik va bahodir- likdan saboq olgan — Bibixonimga ishongan edi. Qolaversa, malika har doim safardayam, jangu jadaldayam va dorul- saltanatdayam hukmdorga hamroh, bo‘lardi. Yetti iqlimdan yig‘ilgan san’at va adabiyot ahli tufayli dorulsaltanat Samarqand havosida she’r va musiqa nafasi hukmron edi. Mana shu muhit, malika rahbarligidagi mual- limlar sabog‘ini olgan shahzodalar she’r va san’atga yaqin kishilar bo‘lib voyaga yetdilar. Xazrat Navoiy o‘z asarida yigirma ikki temuriy shadzoda (Halil Sulton, Mirzo Ulug‘- bek, Boysunqormirzo, Abulqosim Bobur, Sulton Mas’ud Shoh Barib Mirzo, Abdullatif Mirzo, Xusayn Boyqaro va boshqalar) she’r va musiqaga oshno bo'lgani tilga olinadi. 31 0 ‘rta Osiyoda ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlar tarixini o‘rgangan har bir fuqaro o‘zining bilim saviyasi, dunyo- qarashini o‘stiribgina qolmasdan, balki o‘zligini anglashga, haqiqiy vatanparvar bo‘lib shakllanishga muyassar bo‘lishi tabiiydir. Mana hozir mahallalarga juda katta e’tibor berilyapti. Mahallada hamma bir-birini biladi, bir-biriga ko‘z-quloq, bo‘lib yashaydi: Keksa oqsoqollar, bama’ni odamlaming yoshlarga ta’siri hammamizga ma’lum. Har bir mahallada shunday odamlar borki, ularsiz na to‘y, na ma’raka o'tadi. Shunday voqealaming guvohi ham bo'lamiz. Hatto janjal- lashib yoki kelisholmay turgan qo‘ni-qo‘shnilar «falonchi aka kelyapti» yoki «falonchi akani chaqirib kelish kerak» deyilsa, o‘z-o‘zidan jimib qolishadi. Shu ma’noda oiladagi keksa ota- onaning fayzi beqiyos ekanligini ta’kidlash lozim. Bir necha oila bo‘lib, bir qozondan ovqatlanish, ota-ona izmidan borib kam bo'lmagan farzandlar sonsiz-sanoqsiz. Lekin oxirgi paytlarda bitta otasi yoki onasini chiqishtirmagan, ulaming «ortiqchaligi» sezilib qolayotgan oilalar uchramoqda, keksa ota yoki onaning ko‘zi tirikligida uyga ajoyib bir tarovat tarqatib turishini faqat ulardan judo bo‘lgandan keyingina his qilinadi. Yoshlar mustaqil turishni sevadilar. Ayniqsa, bu niyat kelinlarda kuchli bo‘ladi. O'zi beka bo‘Iib, eri topganiga bilganicha va istaganicha xo'jayinlik qilishni sevadilar. Goho xotinimng bunday nag‘malariga uchib, qulog‘im tinchisin degan ma’noda ajralib chiqib ketadigan, ota-onasidan xabar olmay qo‘yadigan yoshlar ham bor. Bunaqa ishlar nainki milliy urf-odatlarimiz, odobimiz, balki umuminsoniy qad- riyatlarga ham to‘g‘ri kelmaydi. Mehr ko‘zi ko‘r bo‘lgan insonning jamiyat va jamoa uchun ham qalbi berk bo'ladi. 32 Opa-singil o‘rtasidagi bir meros janjalini misol keltirmoq- chiman. Ota-ona tirik paytida chiqib ketgan opa ular olamdan o'tgach, singlisining boshiga ming g‘avg‘o solib meros talashib yuribdi. Kichik qiz eri bilan ota-ona uyiga ko'chib kelib ulami oq yuvib, oq taradi. Kasalligida boqdi, o'lganda ko‘mib, barcha ma’rakalami o‘tkazdi. Hovli-joyni odamshavanda qildi, yangi xonalar qo‘shdi, mahalla ahli va qarindosh-urug‘laming duosini oldi. Katta opa esa ona o‘limidan so‘ng hovlining yarmiga da’vogar boiib, singli- sining boshida yong‘oq chaqib yuribdi. Hatto, singlisining «opajon, oramizga sovuqchilik tushmasin, mayli, kuyovin- gizni ko‘ndirib, amal-taqal qilib biroz pul bera qolaylik, axir biz jigarmizku, ol-dingizda yolg'iz o‘g‘lingiz bor, vag‘ti kelib biz ham qarab turmasmiz» degan iltijolariga «yo‘q, men uyni sotib, yarim pulini olaman» deb oyog‘ini tirab olgan opaning axloqiy, insoniy qiyofasini qanday tasawur etish mumkin? Mol-dunyo deb, tekin meros deb mehr bulog‘i ko‘ziga zahar sochayotgan, o‘z jigarbandini qon-qaqshatishdan uyalmay- digan kimsalami ko‘rib nafra-tingiz oshmaydimi? Axir xalqimizda ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, qarindosh- dirug‘lar o‘rtasida shunday mulo-qotlar, samimiyatlar borki, ular hikoya qilinsa, boshqalar ishonmasligi mumkin. Na- hotki, ana shu hikmatlar, chin insoniy ezguliklar o‘mini qora yuraklar, pajmurda o‘pkalar bilan almashtirsak? Nahotki, yo‘ldan chiqqan egri niyat, bebosh fe’llarga bobolarimiz, samoviy momolarimiz ma’naviyatini qarshi qo‘ya olmasak? ha, qarshi qo‘ya olamiz. Bunga jamoa, mahalla, odamlar munosabati zarba bera oladi. Chunki jamoa la’natiga uchra- gan odamning hech qachon bog‘i ko‘karmagan. 0 ‘zbekona odob, o£zbekona insoniylikning qarzi ham ana shu jamoa va ko‘pchilik kayfiyati, munosabati bilan o‘lchanadi. 33 Mahallalar bilan bog‘liq, yana bir udum haqida gap yuritmoqchimiz. Bu kishilaming o‘z kasbi, tengqurligi yoki mahalladoshligiga qa'rab, «ran» o‘ynash odatidir. Bunday to‘planishlar ham o‘ziga xos milliy namoyishning bir ko‘- rinishi. Faqat u bir oyda yoki. ikki haftada biror xonadonda takrorlanadi. Bunday yig'inlaming farqi shundaki, unda davlat siyosatidan tortib bozor narx-navosiyu farzandlar tarbiyasi, mahalla ahli hayotidagi yangiligu mamlakat ahvoli xususida bahs, munozara, maslahat bo‘ladi. Bu «gap»lar milliy tarbiya maktabimizning yana bir go‘zal shakli sifatida davom etib kelmoqda. Qaerda bu «gap»lar manmanlik yoki mayxo‘rlik tomon burilsa, odamlar tezda tarqalib ketishyapti. «Gapdan maqsad o‘zaro fikr almashuv, birodarlik tuyg'usi, qoeni-qo‘shnichilik hosiyatini mustahkamlash ekan, bunday milliy an’analar avloddan-avlodga o‘tib, o‘zbekona fazilat- larimizning hayotiyligini ko‘rsataveradi. Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlami hamjihatlikka, birodarlikka va samimiyatga chorlaydi. Mustaqillikka erish- gunimizcha noto‘g‘ri mafkuraviy siyosat tufayli ko'pgina chin insoniy qadriyatlarimizga diniy tus berishga, ulami hayotdan siqib chiqarishga rosa harakat qilindi. Biroq bu narsa hech kimning qo‘lidan kelmadi. Asrlar davomida, avlodlar ongida shakllanib kelgan odatlar, udumlami bir zaib bilan yo‘qotib bo‘lmasligi tan olinmadi. Omma o‘rgangan udumni yo‘q qilish yo‘lida ularga nisbatan ilg‘orroq, tabiiyroq va zamo- naviy ma’naviy ehtiyojlami ifodalovchi rasm-rusmlar tarkib topmas ekan, har qanday harakat teskari natijalar beraveradi. Rasm-rusmlarimiz milliy taraqqiyot va ma’naviy yuksa- lish evaziga boyib va o‘zgarib bordi. Masalan, bayramlarda, turilgan kunlarda yoki quvonchli damlarda odamlar bir- birlariga gul va guldasta taqdim etish odat tusiga kirdi. 34 Umuman olganda, gul taqdim etish bizda tarixiy an’ana emas. Aksincha, bizda gul o'miga gul ko‘chati berishgan. Qabr ustiga gul qo‘yish ham bizda odat bo‘lmagan. Sharq poeziyasida gul va bulbulga qanchalik ko‘p she’r bitilgan bo'lsa ham uni faqat ramziy obrazlar tarzida idrok etilgan. Hayotda, odamlar oldida, oshkora ravishda sevishganlar gul emas, gulday iliq tabassum va ibolami bir-biriga tortiq etishgan. Hozir gul tortiq qilish ommaviy tus oldi. Lekin shu 0‘rinda ko‘r-ko‘rona taqlid ko‘zga tashlanmoqda. Biz o‘zbeklar gul tortiq qilishda tushunib-tushunmay guldasta- ning toq yoki jufi bo‘lishiga ahamiyat bermaymiz. Ruslarda o‘lim marosimlarida gullar juft sonda olib kelinadi. To‘y, yubiley, uchrashuvlarda esa toq sonli gullar beriladi. Bizda toq va juft sonlarga turlicha munosabat mavjud. Masalan, ma’rakaga yoki o'lgan odamni yo'qlab borishda non toq sonda olinsa, to‘yga va mehmondorchilikka borilganda nonlar soni juft bo‘ladi. Bunday odat qachon boshlangan va nima uchun shunday bo‘lib qolgan — aytish qiyin. Lekin unga xalqimiz amal qiladi. Ammo ruslardan o‘tgan gul tortiq qilishda toq sonda gul hadya etamiz. Gul tortiq etishni eng oliyjanob fazilat sifatida qabul qilib, uning toq yoki juft sonlariga ahamiyat bersak bo‘lmasmikan? Tug‘ilgan kun- larda, shodiyona damlarda juft sonli gullar berib, xalqimiz- ning eng porloq duosining ramzi bo‘lgan — hamma juft-juft bo‘lib, bekamu ko‘st va inoq yashashsin degan niyatini bajo keltirgan bo‘lmaymizmi? Bizning tasawurimizda juft son uyg‘unlik, birlik, ahillik, totuvlik, hamfikr va hamnafaslik ramzi, toq son esa ayriliq, judo, kelishmovchilik, nizo va firoq ifodasi emasmikan? har qalay gulga, guldastaga ana shunday munosabat milliy tuyg‘ularimiz, odob va hulq- atvorimizga mos kelsa kerak, deb o‘ylayman. Undagi toq 35 gullar qolgan tiriklar soni bittaga kamayganini, dunyo butun- ligi buzilganini, odamlar safi-tasbehi uzilganini anglatmay- dimi? Xotira kunlarida men marhumlar qabri ustida bahor chechaklari yal-yal yonib tiriklaming ko‘z yoshlari shabnam yanglig‘ gullaming barglarini yuvishini istayman. Ajdodlar xotirasini eslash avlodlar odobini mustahkamlaydigan ruhiyat gavharidir. Millatning joni uning axloqu odobida. Shuning uchun har bir millat o‘z urf-odatlari, insoniy fazilatlarining jon- kuyari, shu fazilatlar uchun o‘zini o‘tga ham, suvga ham urib, boringki, hayotning barcha achchiq-chuchuk qismat- lariga bardosh beradi. Millat boshiga eng og‘ir kulfat tush- ganda ham u o‘zining ma’naviyatini bozorga olib chiqmaydi, nomusini sotib, vijdonini poymol etib kun ko‘rmaydi. Tarix- ning barcha issiq-sovuq zaibalari, tabiatning barcha yorug‘, qora kunlariga millat o'zining axloqiy-ma’naviy boyligi ila bardosh beradi. Ana shunga ko‘ra biror kimsa orttirgan obro‘, biror inson erishgan yorlig4, biror odam keltirgan shuhrat ham, kimlamingdir qing‘ir ishlari, nobakoming fisqu fujuri, dilozoming tuxmat xanjari — hamma-hammasi el- yurt, millat yuragiga, ruhiga ta’sir qiladi. Oxirgi paytlarda keksalarimiz orasida «yoshlaming odobi buzilib ketdi» degan ta’nalami eshitadigan bo‘lib qoldik. Birovlaming molu mulkiga va joniga qasd qiladigan past nus- xalar ilondek izg‘ib qolganini ko‘rib, eshitib yuribmiz. Bir paytlar darvozasi qulf bo‘lmagan, bir necha oylab uy-joyini qo‘ni-qo‘shnilarga ishonib dala hovlilariga ko‘chib ketadigan o ‘zbegim bugun kelib eshik taqillasa awal derazadan * mo‘ralaydigan bo‘lib qoldi. Shunga o'xshash kasalliklaming ijtimoiy sabablari bo‘lsa-da, axloq-odob borasida yo‘l qo‘yil- gan kamchiliklar ham ularga sabab bo‘lmoqda. Bir paytlar 36 onalar yeikasiga ag‘darilgan «erkinlik» yuki ulaming oiladagi birinchi navbatdagi taibiyachi ekanliklarini chippakka chi- qardi. Onalar mamlakat iqtisodiy, moddiy boyligini ko‘pay- tirish uchun shunchalik dadil va keng jalb etildiki, piro- vardida ular ham jismonan, ham ma’naviy, ham ruhiy boy- ligidan judo boiib qoldilar. Bir necha bolani voyaga yetka- zish, tarbiyalash va oyoqqa turg‘azishning o‘zi ulkan ijtimoiy, milliy va umumbashariy boylik ekaniga ahamiyat berilmadi. Ayollaming o‘zlariga qarashga vaqti bo‘lmagach, bolalar tarbiyasiga vaqti bo‘larmidi? Ayrim yoshlardagi beandishalik, behayolik va bezoriliklaming ildizi ana shunda. Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi oila an’analari, shajarasi, kasb-kori, axloqiy-ma’naviy qadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoqat, o‘zaro mehr-muhab- bat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ulami oilaviy hayotga tayyorlash kutilgan natija beradi. Buning uchun ota- onalami tarbiya jarayoniga tayyorlash maqsadida ota-onalar universitetlari ishini tiklash va takomillashtirish, umumta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim mazmuniga «Yosh- lami oilaviy hayotga tayyorlash» kursini kiiitish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalarga oila tarbiyasida metodik yordam beruvchi «Oila kutubxonasi» seriyasidagi kitobchalar va maxsus «Oila» jumalini nashr qilishni yo‘lga qo‘yish, barcha yo'nalishlardagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga «Oila psixologiyasi va pedagogikasi» kursini joriy etish oilani namunali tarbiya maskaniga aylantirish vositasidir. Balog‘atga yetayotgan yigit-qizlarimiz o‘tkazilayotgan ta’lim, islohotlaridan mamnun bo‘lishi tabiiydir. Shuning uchun, respublikamizning barcha viloyatlari, tumanlari va qishloqlaridagi o‘quv dargohlari zamonaviy uslubda jihozla- nishi, ta’lim tizimiga esa yangicha ruh kiritilishi, Xalq 37 ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, umumta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim- tarbiya mazmunini, oila ta’limi va tarbiyasi bilan hamohang ravishda amalga oshirish zarur. Buning uchun esa: - ta’lim-tarbiya shakllan, usul va vositalarini jahon andozasi talablariga mos tarzda rivojlantirish; ta’lim, ma- daniy-ma’rifiy muassasalami yangi zamonaviy texnika va texnologiya asosida jihozlash; - o‘qituvchi-murabbiylaming, ota-onalaming ijodiy izla- nishlarini va mahoratlarini oshirishning samarali yo‘llarini topish; - qishloq yoshlari- uchun ta’lim-tarbiya muassasalarining ilg‘or modellarini hayotga keng joriy etish; - oila-mahalla-maktab tizimida ta’lim-tarbiya samarali mazmunini va usullari amaliyotga keng joriy etish; - yoshlaming bo‘sh vaqtlarini oila-maktab va jamoat- chilik hamkorligida qiziqarU, maqsadli tashkil etishga erishish zarur. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling