Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
mahalla, maktab
va jamoatchilik hamkorligini mustahkam - lash, oilada sog‘lom psixologik muhit yaratish zamirida oilada ba’zan uchraydigan jinoyatchilik, nikohning bekor qilinishi, giyohvandlik, nosog‘lom e’tiqod, maishiy nopoklik, axloqsizlikning turli ko‘rinishlarga y o i qo‘ymaslik kabi masalalar bugungi kunda oilalarni jamiyat talablari darajasida shakllanishi uchun zamindir. Mamlakatimizda adolatli, huquqiy, demokratik jamiyat qurish jarayoni shahdam qadamlar bilan borayotgan bir sha- roitda qonun ustuvorligini ta’minlash zamirida oila a’zola rining huquqiy madaniyatini shakllantirish oila manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ustuvor yo‘nalish- laridan biriga aylanib qoldi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinayotgan Qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mah- 19 kamasining Qarorlari, oila-nikoh munosabatlari, xotin-qizlar va bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyalar va deklaratsiyalar va boshqa huquqiy hujjatlaming mohiyatini chuqur anglash hamda o‘z faoliyatlari jarayonida amal qi- lishga erishish jamiyatning huquqiy savodxonligini oshirish- ning garovidir. Buning uchun oilaning turli qatlamli a’zolari huquqiy ongi va dunyoqarashi darajasini o‘stirish . mexa- nizmini yaratish va amaliyotga keng tatbiq etish zarur. Chunki, huquqiy madaniyat darajasi yuksak jamiyatda oila, ona, ota va bola huquq va burchlari hamma vaqt Kons- titutsiya bilan himoya qilinib, oila ajrimlariga, oilada uchraydigan sharqona axloq normalariga zid sodir etiladigan ba’zi xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu borada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar butun dunyo tinchliksevar xalqlaming diqqat-e’tiborini jalb qilmoqda. Jumladan, mustaqilligimizning qisqa davri ichida respublikamizda inson huquqlari bo‘yicha Milliy Markaz, Oliy Majlis huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari Monitoringi instituti, Adliya vazirligi qoshidagi huquqiy yordam ko‘rsatish Markazi, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili-Ombudsmanning tashkil etilganligi oila, ota, ona va bola huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim qadamlardir. Inson huquqlarini himoya qilish insti- tutlarining asosiy maqsadi oila deb atalmish kichik jamiyat ning huquqiy madaniyatini oshirishga, ulaming huquqiy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Mamlakatimizda oila huquqlari xalqaro huquq norma lariga mos ravishda muhofaza etilmoqda. Mustaqillik yilla- rida hukumatimiz tomonidan oila-nikoh munosabatlari, xotin-qizlar va bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va deklaratsiyalarining ratifikatsiya qilinishi buning yaqqol 20 namunasidir. Jumladan, Inson huquqlari umumiy deklara- tsiyasi (BMT Bosh Assambleyasining 1948-yil 10-dekabrdagi 217 ASH rezolutsiyasi), Xotin-qizlaming siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1952- yil 20-dekabrdagi 640-son rezolutsiyasi), bir xil qiymatdagi ish uchun erkaklar va xotin-qizlarga teng haq to‘lash to‘g‘- risidagi (1.00) Konvensiya (XMT Bosh Konferensiyasining 34-sessiyasida 1951-yil 29-iyunda qabul qilingan), onalikni himoya etishga qaratilgan (103} konvensiya (Jeneva, XMT tomonidan 1952-yil 28-iyunda qayta ko‘rib chiqilgan), bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya (BMT 43 Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda), fuqarolik huquqlari va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (BMT Bosh Assambleyasining 1966-yil 16-yanvardagi 2200- rezolutsiyasi), xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1979-yil 18-dekabrdagi 34, 180-son rezolu tsiyasi), bolalaming yashashini, himoyalanishini va rivojla- nishini ta’minlash to‘g‘risidagi umumjahon Deklarat-siyasi, boshqa mamlakatlaiga bolalami o‘g‘iriab ketishning fuqarolik jihatlari to‘g‘risidagi Gaaga Konvensiyasi (Gaaga 1980-yil 25-oktabr), 1995-yilda Pekinda 4-Butunjahon xotin-qizlar konferensiyasida qabul qilingan xotin-qizlaming ahvoli bo‘yi- cha asosiy harakatlar dasturi mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni xalqaro huquq normalariga mos holda muhofaza qilish borasidagi dastlabki muhim qadamlardir, maqsad har bir fuqaroning, har bir oila a’zosining huquq-larini himoya etilishini xalqaro huquq normalari doirasida yo‘lga qo‘yishga erishishdir. Oila a’zolarining huquqiy savodxonligi uning huquqiy himoya qilinishi huquqiy jamiyat barpo etishning negizidir. 21 Buning zamirida: г- aholi, shu jumladan, oila a’zolarining yosh tabaqa- larga mos huquqiy bilim berish dasturlarini yaratish, huquqiy ong va tafakkurini shakllantirishning samarali shakl va metodlarini aniqlash, bu borada noan’anaviy ta’lim-tarbiya usullaridan keng foydalanish; - o‘quv yurtlari, idora va tashkilotlarda huquqiy mavzuni yorituvchi burchaklar, xonalar tashkil etish, huquqiy bilim kunlari o‘tkazish, radio o'quvlari uyushtirish; - huquqiy mavzuga bag‘ishlangan ommabop risolalar, gazeta va jumal maqolalari, mutaxassis maslahatlarini chop etishni kuchaytirish, ruknlar rang-barangligiga erishish; - oila huquqi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish; - joylarda baxt va nikoh uylari qoshida bo£lajak kelin- kuyovlar uchun maxsus o‘quv kurslari, «Oila» klublari, «hu quqiy maslahat» telefonlari tashkil etish va targ‘ibot-tashviqot guruhlarini tayyorlash; - oilalarda huquqiy bilim berishni takomillashtirishga yordam beruvchi sotsiologik tadqiqot ishlari olib borish va uning natijalari asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga keng tatbiq etish, bu borada huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan boshqa mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini mustahkamlash kabi masala- larga alohida e’tibor berish yotadi. Jamiyatda yuz beradigan barcha o‘zgarishlar oilaga, oiladagi ma’naviy muhit, uning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy darajasi esa jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraq- qiyotiga ta’sir qiladi. Har bir davming o‘z dardi, talabi va ehtiyojlari bo‘ladi. Mustaqillik odamlar va jamiyat taqdiriga taalluqli juda ko‘p 22 jumboqlami yechib tashlash bilan barobar ma’naviyatimiz- ning qator muammolarini ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Ayniqsa, axloq-odob masalalari katta ahamiyat kasb etib qoldi. Buning sabablari ko‘p: bir tomondan, inson deb atalmish hayot gultojisiga bo'lgan munosabat o‘zgardi, uni azaliy va abadiy pok ma’naviyat yo'liga qaytarish rejalari tuzila boshlandi; katta yoki kichik, yaxshi yoki yomon, ilg‘or yoki johil millat bo‘lmasligi, yomonlikning millati-yu, yaxshilikning chega- rasi yo‘qligiga qanoat hosil qildik: Inson o‘z millati an’ana- lari va umumbashariy qadriyatlar asosidagina kamolotga erishishi qog'ozda emas, amalda tan olindi; ikkinchidan, soxta baynalmilalchilik, qog‘ozdagi xalqlar do‘stligi g‘oyalari odamlar orasida uzoq, zamonlardan buyon shakllanib, rivoj- lanib kelayotgan birodarlik tuyg‘ulariga rahna solib qo'ygani, odamlaming millat ajratmasligi uchun, bir-biriga mehrli- Of$>atli bo‘lishi uchun urush yoki qahatchilik, zilzila yoki tabiiy ofatlami boshidan kechirishlari shart emasligi, ijtimoiy adolat o‘matilgan joyda xalqlar va millatlaming chin insoniy fazilatlari gurkirab unishiga ishonch hosil qila boshladik. Ayrim odamlami aldash mumkin bo‘lsa ham millatlami uzoq aldab bo'lmasligiga endi hamma tushunib yetdi. Totalitar tuzum davrida respublikamizda sharqona qad Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling