Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
Mustaqil ish
Oila pedagogikasiga oid adabiyotlar ro‘yxatini tuzing! 16 I I bob. OILADA BOLA TARBIYASI DAVLAT SIYO SATIDAGI USTUVOR VAZIFALARDAN BIRI EKANLIGI Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma- daniy jabhalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jara- yonida oila masalasiga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Albatta, bu bejiz emas, chunki porloq ertamiznnng tamal toshlari oilada qo‘yiladi. Yurtboshimiz Islom Karimov aytganlaridek: «Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Axir oila ahil va totuv bo‘lsa jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va bar- qarorlik hukm suradi. Oila farovonligi-milliy farovonlik asosidir». Demak, mamlakatimizda oila farovonligini ta ’min- lash davlatimizning asl maqsadidir. Mamlakatimizda 1998-yilning «Oila yili» deb e’lon qili- nishi va shu munosabat bilan «Oila manfaatlarini ta’minlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigai chora-tadbirlar Davlat Dasturi»ning qabul qilinishi va amaliyotga tatbiq etilishi, Oliy Majlisning XI sessiyasida keng umumxalq muhokamasidan so‘ng «Oila Kodeksi»ning bir ovozdan qabul qilinishi, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-fevraldagi 54- sonli qaroriga binoan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy Mar- kazining tashkil etilganligi hukumatimiz tomonidan oila farovonligi, tinch-totuvligi va barqarorligini ta’minlashga bo‘lgan e ’tiboridan dalolatdir. Mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muho faza qilish davlatimiz siyosatining ustuvor o‘nalishlaridan bin ekan, u quyidagi asosiy yo‘nalishlami o‘z ichiga qamrab oladi: — oilaviy munosabatlaming huquqiy asoslarini takomil- lashtirish, oila manfaatlari huquqiy himoya qilinishini ta’- minlash, onalik va bolalik huquqlarini muhofaza qilish; — oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oila a’zolarining sog‘lig‘ini muho faza qilish va ta’llm darajasini oshirish uchun shart- sharoitlami yaxshilash; — oilaning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oilaning daromadlarini, oila a’zo larining ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, ro‘zg‘or yumushi va turmush sharoitlarini yaxshilash, kam ta’min- langan oilalami davlat tomonidan qo‘llab-quwatlash; — oilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini va madaniy manfaatlarini takomillashtirsh uchun shart-sharoitlar yara tish; — oilaning sog‘lom, aql-zakovatli yosh avlodni tarbiya- lashdagi rolini oshirish har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini takomillash- tirish; — oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiq, etish, oila, xotin-qizlar va bolalaming iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko‘rsatuvchi statisiika hisobotini to‘plash va takomillashtirish. Darhaqiqat, Vatanimiz mustaqilligining qisqa davri ichi- da oila, onalik va bolalikni huquqiy manfaatlarini qo-nuniy muhofaza qilish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshi rish, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, uy mehnati va madaniy-maishiy turmush sharoitini yaxshilash, 18 oilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini takomil-lashtirish, ko‘p bolali, kam ta’minlangan, nochor oilalarni, nogironlarni, qarovchisiz keksalar, yolg‘izIarni, yetim-yesirlarni ijtimoiy qo‘llab-quwatlash, oilada ma’naviy va jismoniy barkamol shaxsni shakllantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshiriladi. Darhaqiqat, oila a’zolarining huquqiy savodxonligi va ma’naviy madaniyatini shakllantirish, har tomonlama sog‘- lom turmush tarzini qaror toptirish, oilaning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorligi, farovonligiga erishish, cilada tadbirkor- likni keng yo‘lga qo‘yish, nogironlikning turli ko‘rinishlarini oldini olish chora-tadbirlarini belgilash, oilada komil insonni tarbiyalash, yoshlami umuminsoniy va milliy qadriyatlar mushtarakligida mustaqil hayotga tayyorlash tizimini yaratish va amalga oshirish zamirida oila masalalari bilan shug‘ul- lanuvchi mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari, oila, Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling