Oila pedagogikasi

bet57/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

hech 
shoshib 
qolmaydi, ro‘zg‘orida doim hamma narsa yetarli bo'ladi. 
Boshqa bir ayol buning mutlaqo teskarisi. Bu esa ayolning 
qizligida uyida olgan tarbiyasiga ham bog‘liq.
Ba’zi oilalar kayf-safoni, to'kin-sochin dasturxon atrofida 
mehmon kutishni, sovg‘a-salom bilan mehmonga borishni,
97


boshqalari sayohatni, yana ba’zilari kutubxonalari uchun 
kitob yig‘ishni sevadilar. Xarajat ham shunga qarab bo'ladi.
Ayrim bolalar ota-onalarining oylik daromadlari qancha 
ekanligini bilmagani uchun ba’zi qimmatbaho narsa olib be- 
rishni talab qilib turib oladi. Oylik daromadni bilganida u 
bunday qilmasdi. Shuning uchun Makarenko bolani oila 
xo'jaligini yuritish ishlaridan xabardor qilib turish kerakligini 
uqtirgan edi.
Agar oila yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, bu haqda bolaning 
o ‘rtoqlariga maqtanishiga yo‘l qo£ymaslik kerak. Oila o‘z 
ehtiyojlarini qiyinchilik bilan (ma’lum bir sabablarga ko‘ra) 
qoplayotgan bo‘Isa, shunday qilish kerakki, bola boshqalarga 
hasad bilan qaramas'in. Bola mehnatsiz keladigan daro- 
maddan ko‘ra, qiyinchilik bilan, mehnat bilan oila hayoti 
yaxshilanishidan faxrlansin.
Agar oilada pul mablag‘lari to‘g‘ri sarflansa, bu oiladagi 
bola bosiq, tejamkor, pulning qadrini biladigan bo‘lib 
ulg‘ayadi.
Shunaqa oilalar borki, oylik olishi bilan bolalarga shi- 
rinliklar, o‘yinchoqlar sovg‘a qilishadi-yu, keyin tang holga 
tushib qolishadi. Bunday oilalardagi bolalar pul va buyum- 
laming qadriga yetmaydi, borgan sari katta talablar qo‘ya 
boshlaydi. Ota-ona qiyinchilik bilan bo‘lsa-da bolaning 
xarxashasidan qutulish uchun aytgan narsasini olib beradi. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling