Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
qiz
bolaning ko‘rkidir. Uning ko‘rkiga ko‘rk qo'shuvchi, odamiylik fazilatlarini zebo qilib boruvchi ota- onadir. Ota-onaning pand-nasihatlarini dillariga jo qilgan yigit-qizlar hayotda qoqilmaydilar, qiyinchiliklarga sabrli, bardoshli bo'ladilar. Ulaming kelgusi hayot yo‘llari ham porloq bo‘ladi. Bir kuni Luqmoni hakim o‘tib ketayotsalar, bir ona qiziga nasihat qilib, yaxshi odatlami o ‘rgatayotgan emish: «qizim sen ham balog‘at yoshiga yetib qolding. Ertaga birov- ning xasmiga borasan, menikiga esa mehmonga kelasan, xolos. Sen yaxshi hayot kechiraman, obro‘ e’tiborli bo'laman desang, qaynonangni hurmat qil. Hammadan erta tur! hammadan kech yot! qo'ling egri bo‘lmasin, boshinga qilich kelsa ham rost gapir, Yolg'onchi, chaqimchi, ikkiyuzlamachi, g'iybatchi bo‘lma, qo'lingdan keladigan xizmatingni ayama, kelgan mehmonni izzat-hurmatini joyga qo‘yib kuzat. Oila a’zolaringni birovga yomonlama, ziyrak, dono, aqlli bo‘l! Kuyovingni hurmatini joyga qo‘y, ko‘chadan kelganida kutib ol! Ketganida kuzatib qo‘y. Boriga shukur qil, sabr-toqatli chidamli bo‘l! Salomni kanda qilma. Shundagina baxt sening yo‘ldoshing, g‘am-tashvish esa kundoshing bo‘ladi» debdi. Shunda Luqmoni hakim «Ona ko‘rib qizolqirg‘oq ko‘rib bo‘z ol!» deganlari shu bo‘lsa kerak deb, yo'llarida davom etgan ekanlar. Xulosa qilib aytganda, farzand ko‘rib, ulami tarbiyalab, kishilarga, jamiyatga halol va fidoiylarcha xizmat qilishga qadar shaxslami shakllantirish har bir ota-onaning ijtimoiy, ma’naviy burchi sanaladi. 140 Oilada bolalami axloqiy tarbiyalashning usullarini xalq pedagogikasida manbalaridan o‘rganishimiz lozim. Jumladan, tushuntirish, namuna ko‘rsatish, odatlantirish, iltimos qilish, tilak-istak bildirish, yolvorish-iltijo qilish, maslahat berish, ko‘ndirish, undash, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, olqish, ta’na qilish, koyish, qarg‘ash, qo‘rqitish, uzr so‘rash, la’natlash, so'kish, urish, kaltaklash kabilar. Lekin insonni axloqiy tarbiyalashda eng kuchli tarbiyaviy vosita sifatida o‘git-nasihat, ibrat ko‘rsatish, ma’qullash va maqtash, muko- fotlash kabilardan foydalanish samarali natijalar berishi kuzatishlardan ma’lum. Xalq pedagogikasi materiallarida uchraydigan axloqiy tarbiya vositalari ichida: 1) bolalar o‘yinlari; 2) choyxo‘rlik — choyxona gurungi; 3) bolalar gapi — gap — gashtak; 4) bolalami kattalar bilan birgalikda. a) to‘y marosimlari — beshik to‘yi, sunnat to‘yi, nikoh to‘yi, hovli to‘yi; b) sayllar - dala sayli, gul sayli, qovun sayli; d) yig‘in tomosha, tug‘ilgan kunni nishonlash, yigit bazmi, qiz bazmi, kelin salom, uloq , poyga, kurash; e) aza ma’rakasi; f) safarga chiqish; Kabilar haqida bolalarga ma’lumot berish va ana shu vositalar asosida farzandlarimizni axloqiy tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Chunki bolaning ijobiy yoki salbiy xatti- harakati ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida namoyon boiadi va ular tomonidan baholanadi. Bir qancha ota-onalar ham o‘z o‘g‘il-qizlarini to‘y-hasham va ma’rakalarga aralasha boshla- ganidan keyingina ulardan salbiy yoki ijobiy sifatlarni pay- 141 qay boshlaydilar. Bunday hoi ota-onalarhing bolalariga sindirilgan tarbiyalariga xulosa yasashga yordam beradi. Oilada bolalami insonparvarlik ruhida tarbiyalashda qo‘l- laniladigan eng xarakterli usullardan biri, xalq donishmand- larining axloq va odob yuzasidan aytiladigan hikmatli so‘z- lari, maqollari, u yoki bu ertak orqali hal qilinishi kerak bo'lgan muammo sifatida ishlatilishidir. Aniqrog‘i axloq- odob masalalariga bag'ishlangan xalq maqollarining naqadar hayotiy ekanligini ma’lum ertak orqali aytib berilishidir. Ko‘pchilik ertak, dostonlarda ota-ona va keksalaming turmush tajribalarini ifodalash bilan biiga yoshlami unga bevosita amal qilishlariga undaydigan maslahat va pand- nasihatlar ham asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Masalan: «qarosoch pari» ertagida ona o‘z o‘g‘li Nodimi safaiga jo‘natishdan oldin shunday deydi: «Mening uch nasihatimni esingdan chiqarma, birichisi — birovga xiyonat qilma, ikkinchisi — birovning dilini og‘ritma, uchinchisi - qaysi shaharga borma, eng awallo, o‘sha shahaming qariyalari bilan suhbatlashib ish qil», mazmunida nasihat qiladi. Nihoyat ona nasihatiga amal qilgan farzand bir umrga murod-maqsadiga yetib yashaydi. Xalq og‘zaki ijodiyotining barcha janrlarida bolani atrofidagi kishilarga yordamlashish, hamdardlik qilish ruhida tarbiyalash g‘oyalari o‘rtaga tashlanganini ko‘ramiz. 0 ‘zbek xalqi o‘rtasida kundalik ehtiyojga aylangan amaliy san’at turlaridan o‘ymakorlik-yog‘och, ganch va mis o‘ymakorligi, zargarlik, zardo‘zlik, kashtado‘zlik, kulolchilik, milliy liboslami tikish kabilar o‘zbek oilalarida birinchidan, moddiy ehtiyojni qondirish bo‘lsa, ikkinchidan, farzandlami meh natga o‘rgatishda, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishni tarbiyalashda muhim tarbiya vositasi sifatida foydalanib 142 kelingan. Tajribadan ma’lumki, bolalami ma’naviy-axloqiy taibiyalashda milliy musiqa, qo‘shiqlar muhim o‘rinni egal laydi. Chunki barchaga ayonki, musiqa tarbiya manbayidir. Masalan: alia o‘zbek xalqining qadimiy, muhim tarbiyaviy xarakterga ega bo'lgan qo‘shiq turlaridan biridir. Ona alla- sidan bahramand bo‘lmagan bola qalbida ota-onaga, vatanga nisbatan mehr-muhabbat hissi bo‘lishi qiyin. Alla aytmagan yoki alia eshitib katta bo‘lmagan qiz bola bo‘lmasa kerak. Alla tinglab katta bo‘lgan boladan ota-onaga nisbatan o‘zgacha muhabbat, hurmat hissi shakllanadi. Keksalaming aytishicha, san’at insonlami yovuzlikdan saqlab qolar ekan. Ota-bobolarimizdan meros qolgan chiroyli va ramziy ma’noga ega bo‘lgan urf-odatlami bilish, bevosita ularda ishtirok etish va aynan ana shu urf odatlaming o‘tkazish tartibini bilish yoshlami ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bunday malaka va ko‘nikmalami yoshlarda tarkib top- tirish vazifasi, awalo, ota-onaga oilaga yuklatiladi. Oilada ota-onalar farzandlariga mehmonnavozlik malakalarini o‘rga- tish bilan birga, bevosita mehmonda o‘zini qanday tutish, ovqatlanish, so‘zlashuv odoblarini ham o‘rgatib boradilar. Ayniqsa, ovqatlanish odobini o‘rgatishlari juda muhimdirki, bu birinchidan, bolaning salomatligini ta’minlasa, ikkinchi- dan me’yorga qarab ovqatlanishga o‘rgatadi, uchinchidan badnafslikdan qaytaradi, to‘rtinchidan tejamkorlikga o‘rga- tadi. Shu bilan birga insonlami axloqiy jihatdan tarbiyalaydi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling