Oila pedagogikasi
Ota-onalar uchun tavsiya etiladigan milliy harakatli
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
Ota-onalar uchun tavsiya etiladigan milliy harakatli
o‘yinlar «Qopqon» О‘yin tavsifi. Barcha o‘yinchilar ikki guruhga bo‘lina- dilar. Birinchi guruhdagilar aylana bo‘lib tiziladilar, bu «Qopqon» bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchi guruhdagilar «Sich- qon»lar bo‘lib, aylana tashqarisida turadilar. «Qopqon» guruhidagi bolalar qo‘l ushlashib, quyidagi so‘zlami aytib, aylana bo'ylab yuradilar: Voy qurg‘urlar, bu sichqonlar, Ochofatlar jonga tegdi. 195 Q om i to ‘yar, to ‘ymas ko‘zi — Nima ko‘rsa — shuni yeydi. Shoshmang sizlar, badnafs zotlar, Qo‘lga tushmayin qolmassiz. Uyangizga qo‘ydik «qopqon», Hammangizni tez ushlarmiz! Ular she’ming so‘nggi satrini o‘qib bo‘lgach, turgan joylarida to‘xtaydilar bir-birlarining qo‘llarini qo‘yib yubor- magan holda uni yuqoriga ko‘taradilar. Paytdan foydalanib, «Sichqon»lar, «Qopqon» ichiga kirib chiqib, qocha boshlaydilar. Shu vaqt rahbaming «Qopqon yopildi» ishorasi bilan aylana hosil qilib turgan o ‘yinchiIar cho‘qqayib o‘tiradilar qo‘llarini pastga tushiradilar. Bu holat «Qopqon» yopilganini bildiradi. Shunda aylana ichidan chiqolmay qolgan «Sichqon»lar tutilgan hisoblanadilar. 0 ‘yin hamma «Sichqon»lar «Qopqon»ga tushgunicha davom etadi. So'ngra ikkala guruhdagilar o‘rin almashadilar va o‘yin takrorlanadi. 0 ‘yin qoidalari: 1. Ko‘tarilgan qo‘llarni faqat «Qopqon yopildi» ishorasidan keyin tushirish mumkin. 2. «Qopqon yopilgan»dan so‘ng, aylanani yorib chiqish yoki qo‘llar tagidan o‘tib ketish ham mumkin emas. Metodik ko'rsatmalar: Ota-ona «Qopqon yopildi» ishorasini o‘z vaqtida berish uchun «Sichqon»laming «Qopqon»dan qanday yugurib chiqayotganini diqqat bilan kuzatib turishi, shuningdek, «Qopqon»dan qochib chiqishga yuragi betlamayofgan «Sichqon»larga dalda berishi lozim. 0 ‘yinni qiziqarliroq o‘tkazish uchun aytiladigan so'zlarni o‘yinchilarga oldinroq yodlatib qo‘yish lozim. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling